• Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
  • 6-MAVZU.TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIGA INTEGRATSION YONDASHUV
  • 1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish




    Download 5,9 Mb.
    bet9/47
    Sana22.11.2023
    Hajmi5,9 Mb.
    #103055
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
    Bog'liq
    gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
    muazzam, 27638, Sobirjonova Durdona To‘lqinboy qizi, Toshkent tî‘qimachilik va yengil sanoat instituti, MS Umumiy pedagogikaaa 2 mustaqil topshiriq (1), Refleks va uning turlari, 0YifX8ca9fRfqjL4h7Rzbfd9lftaH50t (1), Generatorlarni-uyg‘otishni-avtomatik-rostlash-АРВ., last version, Укув дастури талаблари-09-06-2023, 1-amaliy Kompyuter tizimi administratori va uning imkoniyatlari bilan tanishish, 7-Amaliy mashg\'ulot, texnologiya va uni oʻqitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari, Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondashuv, Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi
    Ekskursiyalar bilishga qiziqishni avj oldirishda, o’quvchilarga mustaqillik malakalarini singdirish va hayotni bilishda muhim o’rinni egallaydi. Agarda ekskursiyalarni o’tkazishda ishlab chiqarish vakillari ham qatnashsa, u yanada samaraliroq bo’ladi. Ekskursiya ja- rayonida o’quvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bilan yaqindan tanishadilar. Ekskursiyani o`tkazishdan oldin o’quvchilar oldiga aniq maqsadlar qo’yish, ekskursiyadan so’ng savol – javoblar o’tkazish lozim.

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:


      1. Boshlang`ich sinfda mehnatga o`rgatish metodlari qaysilar? 2.Metod va uning turlari haqida ma’lumot bering.

    1. O`quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodilari orasidagi bog`liqlikni izohlang.

    2. Ta’lim maqsadi va mazmunining o`zaro mutanosibligi ta’minlashda ta’lim vositalarining roli nimalardan iborat?

    3. Ta’lim vositalarining texnologiya fani maqsadi bilan aloqadorligini isbotlang.



    6-MAVZU.TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIGA INTEGRATSION YONDASHUV


    Reja:

    1.Integratsiyalashgan ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari. 2.Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida integratsiyalashgan


    ta’limdan foydalanishning metodik xususiyatlari.
    3.Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish omillari.
    Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Integratsiyalashgan ta’lim, integratsiyalashgan ta’limdan foydalanish, integratsiyalashgan darslar samaradorligi

    Ta'lim amaliyoti ko'rsatishicha, maktab ta'limida fanlararo aloqadorlikni yo'lga qo'yish fan va jamiyat hayotida bugungi kunda sodir bo'layotgan integratsion jarayonlarning yorqin ifodasidir. Ushbu aloqadorlik o'quvchilarning bilimlarni ongli o'zlashtirishi, dunyo haqidagi yaxlit tasavvurlarni rivojlantirish va amaliy, ilmiy-metodik tayyorgarligini oshirishda muhim o'rin egallaydi. Bunday tayyorgarlik umumiy o'rta ta'lim o'quvchilarini darsda va darsdan tashqari mashg'ulotlarda, ishlab chiqarishda va umuman har qanday faoliyatda o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini erkin qo’llash imkonini beradi. Hozirgi vaqtda pedagogik amaliyotda fanlararo bog’lanish asosida ta’lim jarayoni integratsiya yo’llarida izlanishlar davom etmoqda. Fanlararo bog’lanish, ya'ni integratsiya negizida o’quvchilarda fikrlash qobiliyatining har xil turlarini shakllantirish nazarda tutiladi, bu esa o’z navbatida bilim(anglash) jarayoni bilan chambarchas bo’g’liqdir. Professor R. Mavlonova fikriga ko’ra integratsiya(fanlararo bog’lanish):



    • tabiatda mavjud bo’lgan obyektlar orqali o’quvchilarning shaxsiyatini shakllantirish;

    • “tabiat - inson” tizimida aniq bilimlarga ega bo’lishi uchun fikrlash qobiliyatini shakllantirish;

    • materiallarni anglab yetish va didaktik moslashishni shakllantirish uchun o’rganuvchi materialni bilimning har xil tarmoqlaridan olish;

    • bilim, ko’nikma, malaka tizimini ishlab chiqish;

    • maktab o’quvchilarida har xil turdagi fikrlash qobiliyatini shakllantirish, buning uchun ruhiy mashqlardan foydalanish, materialni tez o’zlashtirishga yordam beradi, uni eslab qolish va hissiy anglash qobiliyatini shakllantiradi.

    Integratsiya ( lot. Integratio – tiklash,to'ldirish, integer – butun so'zidan ) – o'zida bir qancha ma'nolarni birlashtiruvchi so'z bo'lib, shu ma'nolardan biri " ikki va undan ortiq fanlarning yaqinlashishi va o'zaro aloqa jarayoni" dir. Fanlararo bog’lanish ko’rgazmali ta’lim tizimi bo’lib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko’rgazmali, mahoratni vujudga keltirish sirlarini o’rganadi. Ko’rgazmali ta’lim tizimi esa turli xildagi turlar, shakllar, usullar, ob’yektlar asosida quriladi. Boshlang’ich texnologiya fani integratsiyasi asosan, maktabda o’qitiladigan chegaradosh fanlararo tuziladi. Odobnoma, musiqa madaniyati, tasviriy san’at, mehnat, jismoniy tarbiya fanlari bir-biri bilan o’zaro bog’liq va bu fanlarning maqsadi axloqiy, estetik tarbiya berishdir. Bu fanlar bir-biriga yaqin chegaradosh fanlar hisoblanib ular takibiga kiritilgam materiallar bir- biriga juda yaqin. Masalan, tabiat manzaralari rang-barang tasvirlar, xilma-xil ko’rinishlar, o’lchamlarda ifodalangan. Bular kichik maktab yoshidagi bolalarga mos bo’lib bir tizimga tegishli bo’lgan tasavvurlarni boyitish imkonini hosil qiladi.
    Fanlararo bog'liqlikni o'z o'rnida tashkil etish bilan bir qatorda integratsion o'quv topshiriqlarni tuzish va o'quvchilarni bir jarayonga jalb etish ularning dunyoqarashi kengayishi, tafakkur olamining boyib borishida, bundan tashqari ta'limsamaradorligini oshirishda muhim omillardan biri bo'lib hisoblanadi. Boshlang’ich sinflardagi “Tevarak atrofimizdagi olam”, “Texnologiya fani”, “Tasviriy san’at” darslari insoniyat tomonidan foydalaniladigan mehnat vositalarini turli tomondan tabiiy materiallar sifatida, uning xossalari, amaliy ahamiyati jihatdan ochib beradi. Bu bilan texnologiya fanining nufuzi yanada oshadi va bolalarda iqtisodiy tafakkurni har tomonlama rivojlantirishga, uning ijobiy tomonlarga yo’nalganligini shakllantirishga imkon beradi. Fanlar aloqadorligida amalga oshiriladigan texnologiya fani va tarbiyasida har bir o’quv predmetining o’ziga xos xususiyatga ega ekanligini unutmaslik kerak. Masalan, jismoniy tarbiya darslari o’quvchilarning ijtimoiy foydali mehnat qilishda muhim bo’lgan sog’lig'ini yaxshilashga, ularning jismoniy va ruhiy kamchiligini bartaraf qilishga, chaqqonlik va ishchanligini oshirishga qaratilgan. Musiqa darslarida mehnat tarbiyasining muhim xususiyati, predmeti o’rganilibgina qolmay, balki mehnatga hissiy-ma’naviy tayyorgarlik ham ko’riladi.
    Ona tili, matematika, tevarak-atrofimizdagi olam, odobnoma darslarida mehnat tarbiyasi alohida ahamiyatga ega. O’quvchilar atrof -muhitni o’rganish asosida og’zaki nutqni o’stirish bilan birga maktab ishchi xodimlarining kundalik mehnati bilan tanishadilar, o’z oila a’zolarining mehnati haqida, uy o’simliklari, ekologiya va salomatlik haqida, oyoq kiyimi va ustki kiyimlarni tozalash haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Shuningdek, o’quvchilarga mehnat tarbiyasini singdirishda quyidagilar ham muhim ahamiyatga ega:

    • Alifbe, musiqa, tasviriy san’at kitoblarining rasmlariga qarab o’quvchilar turli kasblar haqida tasavvurga ega bo’ladilar, ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat shakllantiriladi;

    • o’qish darsida boshlang’ich sinf o’quvchilari ko’pgina kasblar haqida ma’lumotlar oladilar;

    • matematika darsida o’rgatiladigan hisob-kitob, o’lchovga oid bilimlar texnologiya fani darslarida buyumlar tayyorlash uchun zarur bo’lgan amaliy bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantiriladi;

    • odobnoma darsida o’quvchilar mehnat qilish, mehnatsevarlik va kasb-hunar tanlashga oid o’zbek va Sharq mutafakkirlarining fikrlari bilan tanishadilar.

    Download 5,9 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




    Download 5,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish

    Download 5,9 Mb.