• O’quvchilarni texnologiya faniga amaliy tayyorlash.
  • O’quvchilarni texnologiya




    Download 5,9 Mb.
    bet2/47
    Sana22.11.2023
    Hajmi5,9 Mb.
    #103055
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
    Bog'liq
    gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
    muazzam, 27638, Sobirjonova Durdona To‘lqinboy qizi, Toshkent tî‘qimachilik va yengil sanoat instituti, MS Umumiy pedagogikaaa 2 mustaqil topshiriq (1), Refleks va uning turlari, 0YifX8ca9fRfqjL4h7Rzbfd9lftaH50t (1), Generatorlarni-uyg‘otishni-avtomatik-rostlash-АРВ., last version, Укув дастури талаблари-09-06-2023, 1-amaliy Kompyuter tizimi administratori va uning imkoniyatlari bilan tanishish, 7-Amaliy mashg\'ulot, texnologiya va uni oʻqitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari, Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondashuv, Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi
    O’quvchilarni texnologiya fanini o’zlashtirishga psixologik tayyorlash. Ushbu jarayon murakkab, uzoq davom etuvchi va ko’p qirrali jarayon bo’lib, u butun texnologiya fani va tarbiyaga singib ketgandir. U garchi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsa-da, mehnatga axloqiy tayyorlashga juda yaqindir. Bolani mehnatga psixologik tayyorlash — bu unda mehnatga nisbatan uning yoshiga muvofiq keluvchi ongli va ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko’nikmalarni egallashga qiziqishni shakllantirish demakdir. Texnologiya fanini o’zlashtirishga psixologik tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirish va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular: sezib anglash, psixomotor, emostional-idrok, diqqat, xotira, tafakkur va shu kabi prosseslardir. Boshqacha qilib aytganda, ular mehnatning psixologik komponentlari deyiladi.
    O’quvchilarni texnologiya faniga amaliy tayyorlash. Amaliy tayyorlash texnologiya fanining muhim qismlaridan biri hisoblanadi. U o’zaro bog`langan bir necha elementlardan: oddiy asbob va moslamalardan foydalana bilish, kerakli operatsiyalarni to’g`ri va ratsional amalga oshira bilish, ya’ni u yoki bu materialga ma’lum izchillikda ishlov bera borish, yo’l qo’yilgan xatoni o`z vaqtida aniqlash va to’g`rilay olish kabilardan tarkib topadi.
    Jarayonga amaliy tayyorlash faqat kerakli bilimlar bazasidagina amalga oshishi mumkin. U boshlang`ich maktabda boshlang`ich politexnik bilimlarga asoslanadi. Texnologiya fanining mazmuniga muvofiq o’quvchilar mazkur yosh uchun qulay bo’lgan materiallarga ishlov berishda qo’llaniladigan oddiy asbob va moslamalarni ishlatishning amaliy malaka va ko’nikmalarini egallaydilar. Oddiy asbob moslamalar maxsus asbob va mashinalarning bosh asosi hisoblanadi.
    Amaliy malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish asosiy ishlab chiqarish operatsiyalarini o’rgatish ham demakdir. Boshlang`ich sinf o’quvchilari duch keladigan buyumlar texnologiyasi xilma-xildir, biroq bu masalani batafsil o’rganmasdanoq ish operatsiyalarining tipikligini sezib olish qiyin emas, ular: materialni o’lchash va belgilash; ularga egib, qirqib ishlov berish; qismlarini yelimlash, tikish, o’rish va bog`lash kabi yo’llar bilan birlashtirish va mustahkamlash; detallarni yig`ish va buyumni montaj qilishdir. Yakunlovchi operatsiya buyumni bezashdir. Boshlang`ich sinf o’quvchilarini mehnatga amaliy tayyorlashga grafik malakalarni shakllantirish ham taalluqlidir.
    O`quvchilardagi texnologiya fanining ma’lum turiga bo’lgan mayl va qiziqishni o’z vaqtida aniqlash va ularga mehnat malakalarini sevgan mashg`ulotlarida takomillashtirishlariga yordam berish juda muhimdir.



    Download 5,9 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




    Download 5,9 Mb.