• Tabiat yodgorliklari
  • Hisor davlat qo‘riqxonasi.
  • Zomin davlat qo‘riqxonasi.
  • Botanika va zoologiya bog‘lari




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet143/179
    Sana18.06.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #264228
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   179
    Bog'liq
    Biologiya 11 sinf

    Botanika va zoologiya bog‘lari.
    Hayvonlarning va o‘simliklarning noyob 
    turlari sonini saqlash va tiklash ishida botanika va zoologiya bog‘lari muhim 
    ahamiyatga ega. Ular tabiatda yo‘q bo‘lib ketayotgan alohida organizm 
    turlarini qutqarish va shu bilan biosfera tirik moddalari genofondini, uning 
    bioxilma-xilligini saqlash imkonini beradi.
    Tabiat yodgorliklari
    – ilmiy, madaniy – o‘quv yoki estetik jihatdan 
    ahamiyatga ega. Davlat tomonidan qo‘riqlanadigan tabiat obyektlari: 
    daraxtzorlar, ko‘llar, sharsharalar, qadimiy bog‘lar, alohida daraxtlar, qadimgi 
    turlar.
    Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sifatida O‘zbekistonda davlat 
    qo‘riq xonalari, milliy bog‘, ekomarkaz, davlat buyurtma qo‘riqxonalari, 
    tabiat yodgorliklari hududlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu hududlarda «Qizil 
    kitob»ga kiritilgan, yo‘qolish ehtimoli bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlari 
    davlat muhofazasiga olingan. O‘zbekistonda tashkil etilgan qo‘riqxonalarning 
    ayrimlari bilan tanishamiz. 
    Hisor davlat qo‘riqxonasi.
    Qo‘riqxona hududida 250 dan ortiq turdagi
    umurtqali, 900 ga yaqin umurtqasiz hayvonlarni uchratish mumkin. Bu 
    yerda O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan sutemizuvchi 


    180
    hayvonlardan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i, O‘rta Osiyo qunduzi, qor qoploni
    Turkiston silovsini, kichik taqaburun va katta taqaburun ko‘rshapalaklari, 
    qushlardan – boltayutar, burgut, qora laylak va lochin uchraydi. Qo‘riq-
    xonaning o‘simliklar dunyosi ham juda boy va xilma-xildir. Ulardan oq 
    lola, sarg‘ish lola, Chimyon lolasi, Bobrov astragali, norshirach, oq parpi, 
    Oshanin piyozi, sunbul, kavrak, O‘zbekiston chinniguli O‘zbekiston «Qizil 
    kitob»iga kiritilgan (54-rasm). 
    Zomin davlat qo‘riqxonasi. 
    Zomin qo‘riqxonasida 700 ga yaqin turdagi 
    o‘simliklar o‘sadi. Dorivor o‘simliklarning parpi, oqsovrinjon, qumloq 
    bo‘znochi, valeriana, yalpiz kabi turlari uchraydi. Qo‘riqxonaning hayvonot 
    dunyosi xilma-xil bo‘lib, Turkiston agamasi, qumloq va tuproq yerlarda 
    chipor ilon, sariq ilon, cho‘l kaltakesagi, dehqon chumchuqlar, qorayaloq, 
    archa boltatumshug‘i, Turkiston ukkisi, kaklik va Turkiston maynasi, 

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   179




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish