• Kommensalizm
  • 1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/176
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #149833
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   176
    Bog'liq
    Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

    Protokooperatsiya – (yunoncha – «protos» – dastlabki, «cooperatio» –
    hamkorlik) har ikki populatsiya hayot faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, 
    ikki tomon ham manfaatdor, lekin majburiy bo‘lmagan, ya’ni har bir 


    70
    populatsiya alohida faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘zaro munosabat 
    turi. Tabiatda shunday baliq turlari borki, ular yirik baliqlar terisini, jabra va 
    og‘iz bo‘shlig‘ini parazitlardan tozalab beradi. Asalarilar gulli o‘simliklardan 
    o‘ziga oziq (chang, nektar) olish davomida o‘simliklarni changlantiradi. 
    Kommensalizm
    (fransuzcha «commensal» – hamtovoq) – birgalikda 
    yashaydigan organizmning biri ushbu munosabatdan foyda oladi, ikkinchisi 
    hech qanday naf yoki zarar ko‘rmaydigan o‘zaro munosabatning bir turi 
    sanaladi. O‘z navbatida kommensalizm: hamsoyalik, hamtovoqlik, hamxo‘rak-
    lik kabi turlarga ajratiladi (17-rasm). 
    Bir tur ikkinchisidan yashash joyi sifatida foydalanadigan va bu 
    munosabatda o‘z «yashash joyi»ga zarar ham, foyda ham yetkazmaydigan 
    o‘zaro munosabat turi sinoykiya (yunoncha «syn» – birga, «oikos» – uy) – 
    hamsoyalik deb yuritiladi. Masalan, daraxtlarning tanasi va shoxlarida epifit 
    o‘simliklar (orxideya, yo‘sinlar) va lishayniklar joylashib oladi. Qushlar, 
    kemiruvchi hayvonlarning uyalarida turli o‘rgimchaksimonlar va hasharotlar 
    yashaydi. Ayrim baliqlar meduzalar va aktiniyalarning paypaslagichlari 
    orasiga yashirinib oladi. Boshqa bir baliq turi esa ikki pallali molluskalarning 
    mantiya bo‘shlig‘iga tuxum qo‘yadi. Baliq tuxumlari molluskaga hech 
    qanday zarar ham, foyda ham keltirmagan holda chig‘anoqlar himoyasida 
    bo‘ladi.
    Hamtovoqlik
    – bitta oziq manbayining turli qismlarini iste’mol qilishda 
    ifodalanadi. Masalan, tuproqda yashovchi saprofit bakteriyalar va o‘simliklar 
    o‘rtasidagi munosabat chirituvchi bakteriyalarning o‘simlik qoldiqlari bilan 
    oziqlanib, ularni mineral moddalargacha parchalashi va o‘simliklarning shu 
    mineral moddalarni o‘zlashtirishida aks etadi. 
    Kommensalizmning yana bir shakli hamxo‘raklik bo‘lib, bu munosabat 
    oziq orqali bog‘lanishlarga asoslangan. Bir tur boshqa turning oziq qoldiqlari 
    bilan oziqlanishi hamxo‘raklik deyiladi. Masalan, ayrim qushlar timsoh va 
    sirtlonning, tasqara esa sherning ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi. Odamning 
    yo‘g‘on ichagida yashovchi bakteriyalar odamga ziyon yoki foyda yetkazmagan 
    holda hazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi. Yopishqoq baliq esa 
    maxsus so‘rg‘ichlari bilan akulalar terisiga yopishib olib akula bilan birgalikda 
    harakat qiladi va uning ovqatlari qoldiqlari bilan oziqlanadi. 
    Kommensalizm tabiatda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir hududda 
    ko‘plab turlarning yashashi va yashash muhitidan hamda resurslardan 
    to‘liqroq foydalanishga imkon beradi.

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   176




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish