• 1-laboratoriya mashg‘uloti. Abiotik omillarning tirik organizmlarga ta’sirini o‘rganish. Laboratoriya mashg‘ulotining maqsadi
  • Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/176
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #149833
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   176
    Bog'liq
    Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: antropogen omillar, kim-
    yo viy, fizik, biologik, ijtimoiy; insonning bevosita va bilvosita ta’siri. 
    Bilimlaringizni qo‘llang. 
    1. Nima uchun tirik organizmlarda antropogen omillarga nisbatan moslanishlar 
    kamdan kam hosil bo‘ladi? 
    2. Yashash joyingizda uchraydigan antropogen omillarning ta’siri natijasida 
    vujudga keladigan o‘zgarishlariga misol keltiring. 


    79
    3. Ekin ekiladigan dalalarda mineral o‘g‘itlar va zararkunandalarga qarshi 
    zaharli kimyoviy moddalarning qo‘llanilishi qanday oqibatlarga olib kelishi 
    mumkin? 
    4. Insonning tabiatga bevosita va bilvosita ta’siriga misollar keltiring. 
    O‘
    z fikringizni bayon eting.
    1. Dehqonchilik va chorvachilik insoniyatning jadal taraqqiyotini belgilab ber-
    gan omil sanalsa-da, nima uchun bugungi kunda ularga tabiat muvo zanatini 
    buzuvchi omil sifatida qaralmoqda? 
    2. Nima uchun hozirgi kunda ekolog olimlar nafaqat tabiatni muhofaza qilish
    balki tabiatdan ratsional foydalanish zarurligini ta’kidlamoqdalar? «Tabiatni 
    muhofaza qilish» va «tabiatdan ratsional foydalanish» tushunchalari o‘rtasida 
    qanday farq borligini tushuntiring. 
    1-laboratoriya mashg‘uloti.
    Abiotik omillarning tirik organizmlarga ta’sirini o‘rganish.
    Laboratoriya mashg‘ulotining maqsadi:
    muhit omillari: yorug‘lik, nam lik, 
    tuproq tarkibining tirik organizmlarga ta’sir qilishini aniqlash, tirik organizmlarga 
    abiotik omil larning ta’sirlarini tahlil qilish. 
    Kerakli jihozlar: 
    yorongul yoki koleus o‘simliklarining (yoki boshqa xona 
    o‘simliklari) novdalari, gultuvaklar. 
    Ishning borishi:
    1. Ushbu tajriba biologiya xonasida laboratoriya mashg‘uloti o‘tkaziladigan 
    kundan bir yarim oy avval qo‘yiladi va o‘quvchilarning kuzatishi tashkil etiladi.
    2. Bir tup xona o‘simligidan bir xil ko‘lamdagi to‘rt dona uchtadan bo‘g‘imi 
    bo‘lgan yon novdalarini kesib oling. Yuqori bo‘g‘imdagi bargni qoldirib, pastki 
    bo‘g‘imlardagi barglarni kesib tashlang. Novdalarni ildiz chiqarguncha suvga 
    solib qo‘ying. Ildizlar 2 sm ga yetgach, 1- va 2-novdalarni oddiy tuproq solingan 
    gultuvaklarga, 3- va 4-novdalarni esa chirindiga boy tuproq solingan gultuvaklarga 
    eking. 1- va 3-gultuvaklardagi o‘simliklarni janubga qaragan derazalarga qo‘ying.
    2- va 4-gultuvaklardagi o‘simliklarni derazadan 3–4 metr uzoqqa joylashtiring. 
    Birinchi uch kunlikda barcha o‘simliklarni ko‘p miqdorda sug‘oring. Keyinchalik 1- va
    3-gultuvaklardagi o‘simliklar yetarli miqdorda sug‘oring, 2- va 4-gultuvaklardagi 
    o‘simliklarni normadan kamroq sug‘oring. 
    3. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi ustida kuzatish olib boring. Kuzatish 
    natijalarini har hafta jadvalga yozib boring. 
    Jadval. Abiotik omillarning o‘simlik o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri. 


    80

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   176




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling

    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish