• O‘z fikringizni bayon eting.
  • Organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/176
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #149833
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   176
    Bog'liq
    Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

    Organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar
    Shartli belgi
    O‘simlik urug‘lari chumolilar tomonidan tarqaladi
    Epifit o‘simliklar daraxt po‘stlog‘ida o‘sadi
    Yopishqoq baliq so‘rg‘ichlari bilan akulalar terisiga yopishib oladi
    O‘rmonda yashovchi bug‘u va olmaxon munosabati
    Termitlar ichagida bir hujayrali xivchinlilar yashaydi
    Mayda baliqlar meduzalar soyaboni ostiga yashirinadilar
    O‘simliklar asalarilar tomonidan changlanadi
    Sirtlonlar she’rlar ovqati qoldiqlari bilan oziqlanadi
    «Zohid» qisqichbaqasi aktiniyalarning tarqalishini ta’minlaydi
    Askarida va odam o‘rtasidagi munosabat
    Qalpoqchali zamburug‘larning gifalari daraxt ildizlarini o‘rab oladi 
    Gorchak balig‘i molluskalar mantiya bo‘shlig‘iga tuxum qo‘yadi 


    76
    Lishayniklardagi suvo‘ti va zamburug‘ning munosabati
    Daraxtlar ostida o‘sadigan yorug‘sevar o‘t o‘simlikka yorug‘lik yetishmaydi
    Bo‘ri va tulki munosabati
    Azot fiksatsiyalovchi bakteriya va dukkakli o‘simlik munosabati
    Zarpechak boshqa o‘simliklar poyasini o‘rab olib o‘sadi
    Chumolilar va shira bitlari o‘rtasidagi munosabat
    O‘z fikringizni bayon eting. 
    1. Yirtqich qushlarning yoppasiga qirilishi qur va kuropatka kabi qushlarning 
    kamayishiga olib keladi; bo‘rilarning ovchilar tomonidan ko‘plab qirib 
    yuborilishi bug‘ular sonining kamayishiga sabab bo‘ladi; chumchuqlarning 
    ko‘plab qirilishi natijasida donli ekinlarning hosildorligi kamayadi. Yuqorida 
    keltirilgan ma’lumotlarga izoh bering. 
    2. Botanika, zoologiya o‘quv fanlaridan olgan bilimlaringiz asosida «yirtqich – 
    o‘lja» munosabatlariga misollar keltiring. «Yirtqich – o‘lja» munosabatlari 
    evolutsiya jarayonida qanday o‘rin tutadi?
    3. Yirtqich sutemizuvchilarda ov vaqtida yordam beradigan ko‘plab moslanishlar 
    bor. Lekin tabiatda yirtqichlar va ularning o‘ljalari soni deyarli o‘zgarmaydi. 
    Buning sababini tushuntiring. 
    4. Tabiatdagi ayrim turlar zararli, ayrim turlar foydali degan fikr to‘g‘rimi? 
    Javobingizni misollar bilan tushuntiring. 

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   176




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish