77
ularning hayotiy jarayonlari o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Antropogen omillar
ta’sirida iqlim,
atmosfera, tuproq strukturasi, suv havzalarining fizik holati
va kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. Antropogen omillarning quyidagi turlari
mavjud:
kimyoviy omillar, fizik omillar, biologik omillar, ijtimoiy omillar.
E
kin maydonlariga ishlov berish maqsadida mineral o‘g‘itlardan
foydalanish, hosildorlikni oshirish, zararkunanda hasharotlarga
qarshi zaharli
kimyoviy moddalarni qo‘llash, Yerning geologik qobiqlari – atmosfera,
gidrosfera, litosferaning transport va sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi
kabilar
kimyoviy antropogen omillarga kiradi.
Fizik antropogen omillarga
yadro energiyasidan foydalanish, inson faoliyati tufayli, masalan, transport
vositalarining ortib borishi oqibatida shovqin
kuchining ortishi kabilar
misol bo‘ladi.
Biologik antropogen omillarga oziq-ovqat mahsulotlari,
odam organizmi yashash muhiti va oziq manbayi bo‘lishi mumkin bo‘lgan
bakteriyalar, parazit hayvonlar kiradi.
Ijtimoiy antropogen omillar odamlar
jamoasi hamda ularning o‘zaro munosabatlari bilan belgilanadi.
Antropogen omillar deyilganda insonning atrof-muhitga, ya’ni tirik
organizmlar, biogeotsenozlar, biosferaga har qanday (bevosita va bilvosita)
ta’siri tushuniladi.
Antropogen omillar insonning faoliyati
natijasida kelib chiqadigan
omillardir. Antropogen ta’sir natijasida tirik organizmlarning yashash muhiti
o‘zgaradi, bu esa o‘z navbatida, ekotizimlarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi
bog‘lanishlarning buzilishiga olib keladi.
Inson o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib tabiatga ta’sir ko‘rsatishi oqibatida
o‘simliklar, hayvonlarning yashash muhitlari ham o‘zgaradi. Insonning
tabiatga ta’siri
bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin.