• 14-§. TURNING POPULATSION STRUKTURASI Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
  • 1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/176
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #149833
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   176
    Bog'liq
    Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

    Kuzatilgan natijalar
    Tajriba variantlari
    1-novda
    2-novda
    3-novda
    4-novda
    O‘simlik o‘sgan muhit 
    sharoiti
    O‘simlikning 
    bo‘yi
    1-hafta 
    2-hafta 
    Barglar soni
    1-hafta 
    2-hafta 
    Barglarning 
    o‘lchami
    1-hafta 
    2-hafta 
    Barglarning 
    rangi
    1-hafta 
    2-hafta 
    4. Besh haftadan so‘ng o‘tkazilgan tajriba yuzasidan xulosa chiqaring. 
    5. Quyidagi savollarga javob bering. 
    1) Muhit sharoiti qanday abiotik omillar bilan farqlanadi? 
    2) Tuproq, relyef, shamol kabi omillar namlik va haroratning taqsimlanishiga 
    qanday ta’sir ko‘rsatadi? Misollar keltiring.
    3) Tuproqning sho‘rlanishi, kislorodga boyligi ekosistemaning holatiga qanday 
    ta’sir ko‘rsatadi? 
    4) Quyidagi omillarni uch toifaga – abiotik, biotik, antropogen omillarga 
    ajrating: yirtqichlilik, o‘rmonni kesish, havoning namligi, havo harorati, parazitizm, 
    yorug‘lik, binolar qurish, atmosfera bosimi, zavodlardan karbonat angidrid gazining 
    havoga chiqarilishi, suvning sho‘rligi. 
    5) Qulay mikroiqlim yaratish orqali inson turli harorat sharoitlarida, Antark-
    tidaning sovuq qish sharoitida, kosmosning qahraton sovug‘ida ham yashab, ishlay 
    oladi. Harorat inson uchun cheklovchi omil bo‘la olmaydi degan xulosa chiqarish 
    mumkinmi? 
    6) Berilgan ekologik omillarni klasterda ifodalang. 
    1. Tuproq omillari. 2. Bakteriyalar. 3. Iqlim omillari. 4. Insonning biogeotse-
    nozga bevosita ta’siri. 5. Zamburug‘lar. 6. Topografik omillar. 7. O‘simliklar.
    8. Insonning biogeotsenozga bilvosita ta’siri. 9. Fizik omillar. 10. Hayvonlar. 
    EKOLOGIK OMILLAR
    Abiotik omillar
    Biotik omillar
    Antropogen omillar


    81
    14-§. TURNING POPULATSION STRUKTURASI
    Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
    . Turning ta’rifini eslang. Ta’rifda 
    turning o‘ziga xos qaysi jihatlari aks etadi? Hayotning tur darajasiga 
    ta’rif bering. Turning populatsiyalardan tuzilganligi tur uchun qanday 
    ahamiyatga ega? 
    Tabiatda har bir biologik tur bir-biridan nisbatan alohidalashgan popu-
    latsiyalardan tashkil topadi. 
    Populatsiya kelib chiqishi umumiy bo‘lgan, o‘zaro erkin chatishib, nasl-
    dor avlod beradigan arealning ma’lum qismida uzoq muddat mavjud bo‘l gan, 
    shu turning boshqa populatsiyalaridan nisbatan alohidalashgan indi vidlarning 
    yig‘indisidir. «Populatsiya» so‘zi lotincha «populus» so‘zi dan olingan bo‘lib 
    «xalq», «aholi» degan ma’noni anglatadi.
    Populatsiyalar nisbatan turg‘un biologik sistemalar bo‘lib, quyidagi ko‘r-
    satkichlar: 
    – populatsiya individlari o‘rtasida o‘zaro chatishish natijasida doimiy 
    ravishda sodir bo‘ladigan genlar almashinuvi natijasi – genofondi; 
    – turli to‘siqlar va tarqalish imkoniyatining cheklanganligi bilan bog‘liq 
    holda boshqa populatsiyalardan alohidalashganligi; 
    – ko‘payish jarayonida ishtirok etadigan yosh individlarning soni
    – genlar dreyfi, mutatsiyalar kabi evolutsiya omillari ta’sirida genlarning 
    yangi kombinatsiyalarining yuzaga kelishi bilan tafsiv lanadi. 
    Populatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri o‘z-o‘zini boshqarishi, ya’ni 
    uzoq muddat individlar sonini bir xilda saqlab turishidir. Bu xususiyat 
    populatsiya gomeostazi (yunoncha «homoios» – o‘xshash, «stasis» – turg‘in)
    deyiladi.
    Populatsiya guruhli uyushma bo‘lib, alohida olingan individlarga ega 
    bo‘lmagan xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Bu xususiyatlar insonlarga popu-
    latsiyalarning kelajakdagi rivojlanishini oldindan bilish hamda populatsiya lar 
    bilan o‘zaro ongli munosabatlarni tashkil etishda muhim ahamiyat ga ega. 
    Quyida populatsiyaning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. 
    Aksariyat hollarda populatsiyadagi individlarning umumiy sonini aniq-
    lashning imkoni bo‘lmaydi. Bunda populatsiyadagi individlar soni muayyan 
    muhitdagi zichlikni aniqlash orqali topiladi.


    82

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   176




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish