SHaxsiy kompyuter negizidagi kontroller (RS)
Bu yo’nalish keyingi paytda tubdan rivojlandi, bu birinchi navbatda quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
-
RS ning ishonchlilikni oshirish;
-
odatdagi va sanoatda ishlab chiqarilgan shaxsiy kompyuterlarning ko’p modifikatsiyalari mavjudligi bilan;
-
ochiq arxitekturadan foydalanish;
-
uchinchi firmalar ishlab chiqarayotgan istagan kirish/chiqish (OAO’M modullari) bloklarini ulash osonligi;
-
ishlab tayyorlangan dasturiy ta’minotning keng nomenklaturasidan foydalanish mumkinligi (real vaqt operatsion tizimlari, ma’lumotlar bazasi, nazorat qilish va boshqarishning tatbiqiy dasturlari paketlari).
RS negizidagi kontrollerlar, odatda, sanoatda uncha katta bo’lmagan berk ob’ektlarni boshqarish uchun, tibbiyotda mahsus avtomatlashtirish tizimlarida, ilmiy laboratoriyalarda, kommunikatsiya vositalarida foydalaniladi.Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui. Bunday kontrollerning kirish-chiqishlari umumiy soni odatda bir necha o’nlikdan oshmaydi, vazifalari to’plami esa bir nechta boshqaruvchi ta’sirlarni hisobga olgan holda o’lchash axborotiga murakkab ishlov berishni ko’zda tutadi. RS negizidagi kontrollerlarning ratsional qo’llanish sohasini quyidagi shartlar bilan izohlash mumkin:
RS negizida kontroller bozorida O’zbekistonda quyidagi kompaniyalar ishlamoqda: Honeywell, Siemens, Emerson Elektric, ABB, Alien Bradley, Ge Fanuc va boshqalar.
Lokal dasturlanuvchi kontrollar (PLC)
Hozirgi paytda sanoatda lokal kontrollerlarni bir necha turlari foydalaniladi:
-
qurilma ichiga o’rnatiladigan va uning ajralmas qismi bo’lib hisoblangan. Bunday kontroller Sonli Dasturiy Boshqarish SDB li stanokni boshqarish, zamonaviy intellektual analitik asbobni, avtomashinasini va boshqa qurilmani boshqarish mumkin. U romda maxsus g’ilof (kojux) siz ishlab chiqariladi, chunki qurilmaning umumiy korpusiga montaj qilinadi.
-
avtonom (alohida), uncha katta bo’lmagan yetarlicha izolyatsiyalangan texnologik ob’ektni, masalan, tuman qozonxonalari, elektr nimstantsiyalarini nazorat va boshqarish vazifalarini amalga oshirish. Avtonom kontrollerlar atrof muhitning turli xil sharoitlarini mo’ljallangan himoyalangan korpusga joylashgan. Deyarli doim bu kontrollerlar «nuqta-nuqta» rejimida boshqa apparatura va interfeyslarga ulanish uchun portlarga ega bo’lib, ular tarmoq orqali ularni boshqa avtomatlashtirish vositalari bilan bog’lashi mumkin. Kontrollerlarga alfavit-raqamli displey va funktsional klavishalar to’plamidan iborat maxsus interfeys paneli operatori bilan o’rnatiladi yoki unga ulanadi.
Mazkur sinf kontrollerlari, odatda, uncha katta bo’lmagan yoki o’rtacha hisoblash quvvatiga ega. Quvvat protsessorning xonaliligiga va chastotasiga, shuningdek, operativ, doimiy hotirasi hajmiga bog’liq bo’lgan kompleks tavsifdan iborat.
Lokal kontrollerlar ko’pincha datchiklardan va ijrochi mexanizmlardan kelayotgan o’nlab kirish-chiqishlarga ega.
Kontrollerlar o’lchash axborotga ishlov berish, blokirovkalash, rostlash va dasturiy-mantiqiy boshqarish kabi eng oddiy umumiy vazifalarni amalga oshiradi. Ularning ko’pchiligida axborotni boshqa avtomatlashtirish tizimlariga uzatish uchun bitta yoki bir nechta tabiiy portlari bo’ladi.
Bu sinfda avariyaga qarshi himoyalash tizimi uchun mo’ljallangan lokal kontrollerlarning maxsus turini ajratib ko’rsatish lozim. Ular ayniqsa yuqori puxtaligi, to’liqligi va tez ishlashi bilan ajralib turadi. Ularda nosozliklarni alohida platalarga lokallashtirish bilan to’la joriy tashxis qilishning turli xil variantlari, ayrim komponentlarini ham, umuman butun qurilmani ham zaxiralash ko’zda tutiladi.
Zaxiralashning quyidagi usullari eng ko’p tarqalgan:
-
ayrim komponentlar va yoki umuman kontrollerlarni issiq zaxirasi (test ishchi kontrollerdan o’tmaganda boshqaruv ikkinchi kontrollerga o’tadi);
-
guruhni tashkil qiluvchi barcha kontrollerlarning signallarga ishlov berish natijalariga ko’ra, asosiy komponentlarning yoki umuman kontrollerning «ovoz berish» bilan o’lchanishi (chiqish signali uchun guruhdagi ko’pchilik kontrollerlar bergan signal qabul qilinadi, boshqacha natija bergan kontroller esa nosoz deb e’lon qilinadi);
-
«juft va zaxira» tamoyili bo’yicha ishlash. Bir juft kontroller natijalarga «ovoz berish» bilan parallel ishlaydi va xuddi shunga o’xshash juft qaynoq zaxirada turadi. Birinchi juftlikning ish natijalarini farq aniqlansa, boshqaruv ikkinchi juftga o’tadi; birinchi juft test sinovidan o’tkaziladi va yoki tasodifiy buzilish mavjudligi aniqlanadi va boshqaruv birinchi juftga qaytariladi, yoki nosozlik tashxis qilinadi (tekshiriladi) va boshqaruv ikkinchi juftlikda qoladi.
Kontrollerlarning tarmoq majmuasi (PLC, NETWORK)
Tarmoq DTM lari barcha sanoat tarmoqlaridan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish uchun juda keng miqyosida qo’llaniladi. Mazkur sinfdagi DTM ning minimal tarkibi quyidagi komponentlarning bo’lishini nazarda tutadi:
-
kontrollerlar to’plash;
-
bir nechta operatorlarning displeyli ishchi stantsiyalari;
-
kontrollerlarni bir-biri bilan va kontrollerlarni ishchi stantsiyalar bilan biriktiruvchi tizimli (sanoat) tarmog’i.
Har bir tarmoq majmuidagi kontrollerlar, odatda bir-biridan tez ishlashi, xotira hajmi, zaxiralash bo’yicha imkoniyatlari, atrof muhitning turli xil sharoitlarida ishlash qobiliyati, kirish-chiqish kanallari soni bilan farq qiluvchi bir qator modifikatsiyaga ega. Bu tarmoq majmuasidan turli xil texnologik ob’ektlar uchun foydalanishni yengillashtirishda, chunki kontrollerlarni avtomatlashtirilgan ob’ektning ayrim elementlariga va nazorat xamda boshqarishning turlari vazifalariga moslab yanada aniq tanlab olishga imkon beradi. Displeyli ishchi stantsiyalar (operator pultlari) sifatida deyarli har doim odatdagi yoki sanoatda ishlab chiqarilgan, ko’pincha ikki xildagi klaviaturalar (an’anaviy alfavitli-raqamli va maxsus vazifali) hamda katta ekpanga ega bo’lgan bir yoki bir nechta monitorlar bilan jixozlangan shaxsiy kompyuterlardan foydalaniladi.
Sanoat tarmog’i turli xil tuzilishga ega bo’lishi mumkin: umumiy shinali, xalqasmon, yulduzcha, u ko’pincha o’zaro takrorlagich va marshrutizatorlar bilan bog’langan segmentlarga bo’linadi. Xabarlarni uzatishga qat’iy talab qo’yiladi: ular kafolatlangan holda adresatga yetkazib berilishi, yuqori ustuvorlikdagi xabarlar uchun esa, masalan, avariyalar to’g’risida ogohlantiruvchi xabarlar uchun ham xabarlarni uzatishning ko’rsatilgan muddatini ta’minlash lozim. DTM ning bu sinfida fazoning katta sohasida taqsimlangan ob’ektlarni avtomatlashtirish uchun mo’jallangan kontrollerlarning tarmoq majmuasining telemexanik turi ajratib olinadi.
O’ziga xos tuzilmaga ega bo’lgan sanoat tarmog’i va alohida fizik (jismoniy) aloqa kanallari (radiokanallar, ajratilgan telefon simlari, tolali kabellar) bir biridan ko’plab o’nlab kilometr masofada turgan ob’ekt uzellarini integratsiyalashga (birlashtirishga) imkon beradi. Kontrollerlar tarmoq majmualarining qurilayotgan sinfi bajarayotgan vazifalarining murakkabligi bo’yicha ham (o’lchashlar, nazorat, hisobga olish, tartibga solish va blokirovka), avtomatlashtirilayotgan ob’ektning hajmi bo’yicha ham (o’lchanayotgan va nazorat qilinayotgan mingta kattalik doirasida) yuqoridan cheklashlarga ega. Ko’pincha tarmoq majmualari mashinasozlik zavodlari tsexlari, neftni qayta ishlovchi, neftkimyosi va kimyo sanoati agregatlari, shuningdek oziq-ovqat sanoati korxonalari tsexlari doirasida qo’llaniladi. Neft (turkcha neft, fors, neft), qoramoy - suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning , asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2-2,0 km chukurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan. Kontrollerlarning telemexanik tarmoq majmualari gaz va neft quvurlarini, elektr tarmoqlarini, transport tizimlarini boshqarish uchun foydalaniladi.
Taqsimlangan kichik masshtabli boshqarish tizimlari (DCS, SMOLLER, SCALE)
Mikroprotsessorni DTM larning bu sinfi bajarayotgan vazifalarning quvvati va murakkabligiga ko’ra kontrollerlarning ko’pchilik tarmoq majmualaridan ustun turadi. Umuman, bu sonda avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish hajmi bo’yicha (o’n minglab atrofida nazorat qilinadigan parametrlar) va amalga oshiradigan vazifalari to’plami bo’yicha bir qator cheklanishlarga ega. Oldingi sifatga nisbatan asosiy farqlari quydagilardan iborat: kontrollerlar modifikatsiyalarining ancha xilma-xilligi, kirish, chiqish bloklarining xilma- xilligi, markaziy protsessorlarning quvvati kattaligi, tarmoq tuzilmasi ko’proq rivojlangan va tarmoq tuzilmasi ancha egiluvchan. Odatda, bu sinfdagi DTM rivojlangan ko’p sathli tarmoqli tuzilmaga ega. Jumladan, pastki sath (daraja) kompakt joylashgan texnologik uzelning ishchi stantsiyasi va kontrollerlarning aloqasini bajarishi mumkin, yuqori sath esa bir necha uzellarning bir-biri bilan va ishlab chiqarishning butun avtomatlashtirilgan uchastkasi dispetcherining ishchi stantsiyasi bilan o’zaro aloqani qo’llab quvvatlash mumkin. Yuqori sathda (operatorlarning ishchi stantsiyalari darajasida) bu majmualar ko’p jihatdan yetarlicha rivojlangan axborot tarmog’iga ega.
Ayrim hollarda tarmoq tuzilmasini kengaytirish ayrim kontrollerlarni ulardan uzoqlashgan kiritish-chiqarish bloklari va intellektual asboblar bilan birlashtiruvchi standart raqamli tashqi hudud (polevoy) tarmoqlarini qo’llanish yo’nalishida bormoqda. Bunday oddiy va arzon tarmoq simlarning bir juft o’rami bo’yicha kontrollerlarni intellektual tashqi hudud asboblari to’plami bilan ulaydi, bu esa korxonada kabel tarmoqlari uzunligini keskin kamaytiradi va bo’lishi mumkin bo’ladigan holatlarini kamaytiradi, chunki millivoltli analog axborotni uzoq masofalarga uzatish istisno qilinadi. Bu vositalar sinfida qo’llaniladigan kontrollerlarning quvvatini nazorat qilish va boshqarishning umumiy vazifalariga qo’shimcha ravishda yanada murakkab va xajmdor boshqarish algoritmlarini (masalan, rostlash algoritmlarini o’zi sozlash, adaptiv boshqarish) amalga oshirish imkonini beradi. Kichik masshtabli taqsimlangan boshqarish tizimlari sanoatning uzluksiz tarmoqlarining ayrim o’rta va yirik texnologik ob’ektlarini, shuningdek diskret ishlab chiqarish tsexlari va uchastkalarini xamda qora va rangli metallurgiya zavodlari tsexlarini avtomatlashtirish uchun foydalaniladi. Metallurgiya (yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) - rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi.
To’la masshtabli taqsimlangan boshqarish tizimlari
(DCS, FULLSCALE)
Bu imkoniyatlar va ishlab chiqarishni qamrab olish bo’yicha, na ishlab chiqarishda bajariladigan vazifalari bo’yicha, na avtomatlashtiriluvchi ishlab chiqarish ob’ektlarining hajmi bo’yicha amalda chegara ega bo’lmaydigan kontroller vositalari sinfidir. Bitta shunday tizimdan butun bir yirik masshtabli korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini avtomatlashtirish uchun foydalanish mumkin. Tavsiflanayotgan DTM guruhi sanab o’tilgan kontroller vositalarining barcha xususiyatlarini o’z ichiga oladi va qo’shimcha ravishda ulardan foydalanish imkoniyatlariga ta’sir etuvchi bir qator hossalarga ega:
-
uch sathning: axborot, tizimli va dala sathining ajratilishiini ko’zda tutuvchi rivojlangan ko’p sathli tarmoq tuzilmasining mavjudligi, bunda alohida sathlarni tashkil etish uchun tarmoqlarni qurishning turlicha variantlari foydalanishi mumkin;
-
korxonaning korporativ tarmog’iga, biznes jarayonlarni boshqarish tizimiga, global internet tarmog’iga, shuningdek, intellektual asboblar darajasiga chiqish;
-
kirish-chiqishlar soni, tez ishlatilishi, turli xildagi xotira hajmi, zahiralash bo’yicha imkoniyatlari, analog va diskret signallarning barcha turlariga o’rnatilgan va uzoqlashtirilgan kirish-chiqish intellektual bloklarining mavjudligi bo’yicha farqlanuvchi, qo’llanilayotgan kontrollerlarning keng modellar qatori;
-
ishchi stantsiyalarining keng diapazoni;
-
tarkibiga quyidagilar kirgan kuchli zamonaviy dasturiy ta’minotning mavjudligi:
a) boshqalarning turli darajalarda qurishining har xil variantlarni ko’zda tutuvchi boshqarish tizimli operatorlar interfeyslari;
b) nazorat qilish vazifalarini hal qilish, mantiqiy boshqarish va tartibga solish uchun umumiy dasturiy modullarining hajmdor kutubxonalari bo’lgan texnologik tillar to’plami;
v) alohida agregatlarni boshqarishning umumiy vazifalarini, ishlab chiqarish uchastkalarini dispetcherlik boshqarishni, umuman ishlab chiqarishni texnik hisobga olinishi va rejalashtirishni amalga oshiruvchi universal amaliy dasturlar paketi;
g) avtomatlashtirish tizimi ishlab chiqish uchun avtomatlashtirilgan loyiha va konstruktorlik xujjatlari aylanmasi tizimlari.
Dasturiy-texnik majmualarning funktsional tarkibi
Hozirgi paytda sanoat avtomatlashtirishi bozorida ham mamlakatimiz, ham xorijiy ishlab chiqaruvchilarning bir necha yuzdan ortiq eng xilma-xil DTMlari mavjud. Ularning barchasi o’z tuzilishi, axborot quvvati, foydalanish tavsiflari (haroratlar, namlik oralig’i, portlash va yong’in chiqish havfi bo’lgan ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyati), qiymati va boshqalar bilan farqlanadi.
Mavjud DTMlarning xilma-xilligiga qaramay, ularning ko’pchiligiga xos bo’lgan bir qancha funktsional elementlarni ajratib ko’rsatishi mumkin:
-
sanoat tarmoqlari;
-
dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar yoki RS negizidagi kontrollerlar, ob’ektli intellektual aloqa qurilmalari;
-
turli xil vazifani bajaruvchi ishchi stantsiyalar va serverlar;
-
amaliy (tatbiqiy) dasturiy ta’minot.
DTM tuzilmasi birinchi navbatda majmuaning alohida komponentlari (kontrollerlar, operator pultlari), uzoqlashtirilgan kiritish-chiqarish bloklarining o’zaro aloqasi vositalari va tavsiflari bilan, ya’ni tarmoq imkoniyatlari bilan belgilanadi . DTM tuzilmalarining qulayligi va xilma-xilligi quyidagilarga bog’liq:
-
mavjud tarmoq sathlari soni;
-
tarmoqning har bir sathida imkon bo’lgan aloqa turlari (topologiyalar): umumiy shina, yulduzcha, halqasimon;
-
har bir sath parametrlari: kabel turlari, yo’l qo’yiladigan masofalar, har bir tarmoqka ulanuvchi uzellar (majmua komponentlari) ning maksimal miqdori, axborotni uzatish tezligi, komponentlarning tarmoqqa kirishi usullari (xabarlarni yetkazish vaqti bo’yicha tasodifiy, yoki ularni eltib berish vaqtini kafolatlovchi).
DTM ning ko’rsatib o’tilgan xossalari ishlab chiqarish tsexlarida apparaturalarni taqsimlash imkonini ifodalaydi, mazkur DTM da amalga oshirilgan avtomatlashtirish tizimi qamrab olishi mumkin bo’ladigan ishlab chiqarish hajmini kiritish-chiqarish bloklarini bevosita datchiklarga va ijrochi mexanizmlarga ko’chirish imkoniyatini ifodalaydi.
DTM tuzilmalarining eng oddiy va ommaviy turlaridan biri keltirilgan. Tizimning hamma funktsional imkoniyatlari ikkita sathga aniq bo’lingan. Birinchi sathni kontrollerlar, ikkinchisini-operator pulti tashkil etib, u ishchi stantsiya yoki sanoat kompyuteri bilan ifodalanishi mumkin.
Bunday tizimda kontrollerlar sathi boshqarish ob’ektida o’rnatilgan datchiklardan kelayotgan signallarni yig’ish (to’plash) ishini bajaradi, sinallarga dastlabki ishlov berish (filtrlash va masshtablash), boshqarish algoritmlarini amalga oshirish va boshqa ruvchi signallarni boshqarish ob’ektining ijrochi mexanizmlariga shakllantirish, sanoat tarmog’idan axborot qabul qilish va uzatish ishlarini bajaradi.
Operator pulti quyi sath kontrollerlariga tarmoq so’rovlarini shakllantiradi, ulardan texnologik jarayonning kechishi to’g’risidagi tezkor axborotni oladi, monitor ekpanida texnologik jarayonning kechishini operatorga qulay bo’lgan ko’rinishda aks ettiradi, jarayonning ketishi to’g’risidagi dinamik axborotni (arxivni yuritish) uzoq vaqt saqlashni amalga oshiradi, boshqarish algoritmlarining zaruriy parametrlarining va quyi sath kontrollerlarida regulyatorlar ustavkalarining korrektsiyasini amalga oshiradi.
15-rasm. DTM tuzilmasi.
Boshqarish ob’ektining axborot quvvatining (kiruvchi-chiquvchi o’zgaruvchilar miqdorining) ortishi, boshqarishning yuqori sathida hal etiladigan masalalar doirasining kengayishi, puxtalik ko’rsatkichlarining ortishi dasturiy-texnik majmualarning yanada murakkab tuzilmalarining paydo bo’lishiga olib keladi.
16-rasm. DTM tuzilishi
Microsoft firmasining Windows oilasidagi operatsion tizimlar (OT) ofis kompyuterlari bozorini deyarli to’liq egallab oldi va sanoat avtomatlashtirish darajasini faol o’zlashtirmokda. Ko’pchilik serverlar va ishchi stantsiyalar Windows NT/2000/XP OT boshqaruvi ostida ishlamokda. Micosoft ning ayrim texnologiyalari hozirga keliboq sanoat standarti bo’lib qoldi.
«Mijoz-server» arxitekturasidan foydalanish butun tizimning samaradorligini va ishlash tezligini oshirishga, serverlarni ishchi stantsiyalarni zaxiralash hisobiga, hal qilinayotgan masalalarni hududiy taqsimlash bilan tizimning puxtaligini va yashovchanligini oshirishga imkon beradi.
Serverlar, odatda, sanoat kompyuterlari negizida bajariladi va zaxiralanuvchi hisoblanadi. Turli xil DTM larda serverlarning nomi farqlanadi: real vaqt ma’lumotlari bazasi serveri, kiritish-chiqarish serveri va boshq. Asosiy vazifalari:
-
ob’ekt va kontroller bilan aloqa qurilmalaridan kelayotgan tezkor ma’lumotlarni to’plash, ishlov berish;
-
kontrollerlarga boshqarishning yuqori sathidan boshqarish buyruqlarni uzatish;
-
berilgan o’zgaruvchilar to’g’risidagi axborotni saqlash va aks ettirish;
-
talab qilinayotgan axborotni mijoz ishchi stantsiyalariga taqdim etish;
-
trendlar, bosma xujjatlari va voqealar bayonnomalarini arxivlashtirish.
Zamonaviy DTM lar, odatda, ofis ijrosidagi shaxsiy kompyuterlar negizida ishlangan injenerining stantsiyalarini o’z ichiga oladi. Ular yordamida kontrollerga injenerlik xizmat ko’rsatish amalga oshiriladi: dasturlash, sozlash, moslash. Ayrim DTM larda injenerining stantsiyalari, shuningdek, ishchi stantsiyalariga injenerlik xizmatlarini amalga oshirish imkonini beradi.
Zamonaviy DTM larning yana bir tomoni Internet- texnologiyalarining sanoat avtomatlashtirish darajasiga faol singib borish bilan bog’liq. Bugun ham xorijiy, ham mamlakatimizdagi texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari uchun instrumental dasturiy ta’minotni barcha yetakchi ishlab chiqaruvchilari o’z maxsulotlariga mazkur texnologiyalarni o’rnatmoqdalar.
Internet-texnologiyalarning TJABT da eng keng qo’lanilishiga Web-serverlarda TJ ning kechishi to’g’risidagi axborotning va boshqa har qanday hisobotlarning bosimini misol bo’ladi. Web-serverlar ma’lumotlar ba’zasi (MB) serverlar bilan o’zaro aloqa qilish imkoniga ega bo’lib, u jarayon to’g’risida zarur axborotni o’zida saqlaydi. (Internet-sharhlovchi) orqali ma’lumotlar bazasiga zarur so’rovlar berishga imkon beradi. Bunday yondashuv yana xarajatlarni kamaytiradi, chunki mijoz tomonida odatdagi dastur-brouzerlar (Internet Explorer, Netspace Naigator va boshqalar.) dan tashqari birorta qo’shimcha dasturiy ta’minotni o’rnatishni jalb etmaydi.
Sanoat tarmoqlari
Ko’p yillar davomida ma’lumotlar almashish tizimi an’anaviy markazlashgan sxema bo’yicha qurilib, unda kuchli hisoblash qurilmasi va juda ko’p miqdordagi kabellar mavjud bo’lib, ular yordamida datchiklar va ijrochi mexanizmlar ulanar edi. Bunday tuzilma elektron hisoblash texnikasining yuqori narxda bo’lishi va ishlab chiqarishning avtomatlashtirishi nisbatan past darajada bo’lishini taqozo etar edi. Bugungi kunga kelib bu yondashuvning tarafdorlari amalda qolmadi. Markazlashgan TJABT ning kabel tarmog’iga qilinadigan xarajatlar va qo’shimcha qurilma, montajning murakkabligi, puxtaligi pastligi va rekonfiguratsiyasining murakkabligi kabi kamchiliklari ularni ko’pchilik hollarda iqtisodiy jixatdan ham texnologik jihatdan ham mutlaqo qo’llanilmaydigan qilib qo’ydi.
Mikroprotsessorli qurilmalarni ishlab chiqarish jadal o’sayotgan sharoitda oralaridagi almashuv raqami usulda amalga oshiriladigan ko’pgina uzellar tuzilgan raqamli sanoat tarmoqlari (Fieldbus) muqobil yechim bo’lib qoladi. Bugungi kunga kelib bozorda avtomatlashtirish tizimida qo’llaniladigan sanoat tarmoqlari, protokollari va interfeyslarning taxminan yuzlab turli xillari mavjud; ular orasida Modbus, PROFIBUS, Interbus, Bitbus, CAN, LON, Foundation, Fieldbus, Ethernet va boshqalar.
Sanoat tarmog’idan foydalanish uzellari ya’ni ular sifatida ishtirok etayotgan kontrollerlarni va kiritish-chiqarish qurilmalarini chetki qurilmalarga (datchiklar va ijrochi mexanizmlarga) makmsimal yaqin joylashtirishga imkon beradi, shu tufayli analogli simlarni uzunligi qisqaradi. Sanoat tarmog’ining har bir uzeli bir nechta vazifani bajaradi:
-
Sanoat tarmog’ining boshqa uzellaridan buyruqlar va ma’lumotlar qabul qilib olish;
-
Ulangan datchiklardan ma’lumotlarni o’qib olish;
-
Olingan ma’lumotlarni raqamli shaklga almashtirish;
-
Dasturlashtirilgan texnologik algoritmni qayta ishlash;
-
Boshqa uzel buyrug’iga ko’ra yoki texnologik algoritm bo’yicha ulangan ijrochi mexanizmlarga boshqaruvchi ta’sirlarini chiqarish;
-
Yig’ilgan (to’plangan) axborotni boshqa tarmoq uzellariga uzatish.
Sanoat 1089 tarmoqlari negizidagi TJABT lari an’anaviy marazlashgan tizimlarga nisbatan bir qancha xususiyatlarga ega:
-
Kabel maxsulotini ancha tejash. Bir qancha kilometr uzunlikdagi qimmat kabellar o’rniga bir necha yuz metr arzon o’ralgan juft talab etiladi. SHuningdek, qo’shimcha qurilmalarga (kabel kanallari, klemmalar, shkaflar) xarajatlar qisqaradi.
-
Boshqarish tizimi puxtaligini oshirish. Puxtaligiga ko’ra ma’lumotlarni uzatishning raqamli uslubi analog usulidan ancha ustun turadi.Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Raqamli uzatish xalaqitlarga nisbatan sezgirlar kam va sanoat tarmoqlari protokollariga (nazariy summalari, ma’lumotlarning buzilgan paketlarini takrorlash) o’rnatilagn maxsus mexanizmlar tufayli axborotni yetkazib berishni kafolatlaydi. Sanoat tarmoqlari negizidagi TJABT larning faoliyat ko’rsatilishning puxtaligini va yashovchanligini oshirish shuningdek turli xil tarmoq uzellari bo’yicha nazorat qilish va boshqarish vazifalarining taqsimlanishi bilan bog’liq. Bir uzelning ishdan boshqa uzellardagi texnologik algoritmlar ishlashiga ta’sir etmaydi yoki arzimas darajada ta’sir ko’rsatadi. Kritik jihatdan muhim texnologik uchastkalar uchun aloqa liniyalarini takrorlash yoki axborot uzatishning muqobil yo’llari mavjud bo’lishi mumkin. Bu kabel tarmog’i shikastlanganda tizimning ishlash qobiliyatini saqlab qolishga imkon beradi.
-
Ixchamlik va shaklini o’zgartiruvchanligi. Ayrim kiritish-chiqarish nuqtalarini va xatto butun bir uzellarini qo’shish yoki olib tashlash kam miqdordagi montaj ishlarini talab etadi va avtomatlashtirish amalga oshirilishi mumkin. Tizimning konfiguratsiyasini o’zgartirish dasturiy ta’minot darajasida amalga oshiriladi va u ham juda oz vaqtni oladi.
-
Ochiq tizimlar, ochiq texnologiyalar printsiplaridan foydalanish turli xil ishlab chiqaruvchilardan olingan mahsulotlarni yagona tizimga muvaffaqiyatli birlashtirishga imkon beradi.
1978 yilda standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO) berk tarmoq tizimlariga qarama-qarshi va ochiq tizimlarning turli xil hisoblash qurilmalari hamda farq qilinuvchi protokollar standartlari bilan o’zaro ta’sirlashuvi muammosini hal etish maqsadida «Ochiq tizimlarning o’zaro aloqasining tavsifiy modeli» (OSI-model, ISO/OSI Model) taklif etilgan edi. ISO/OSI modeli tarmoq vazifalarini yettita sath bo’yicha taqsimlaydi (20.1-jadval).
Fizik sathda aloqa kanalining fizik tavsiflari va signallar parametrlari masalan, kodirovka turi, uzatish chastotasi, liniya uzunligi va turi, shtenerli raz’em turi va h.k. eng ko’p tarqalgan fieldbus 1-sath standarti-bu RS-485 interfeysidir.
Kanalli sath fizik sathning tarmoq uzellari tomonidan birgalikda foydalanish qoidalarini belgilaydi.
Tarmoq sathi optimal marshrut bo’yicha tekstni adreslash (manzillash) va eltib berish uchun javob beradi. Transport sathi paketdagi mavjud narsalarni aniqlaydi.
|