• Yelim bilan ishlaganda ehtiyot choralari
  • Igna bilan ishlash qoidalari
  • “Oltin kuz” manzarasini yasash Iqtisod alifbosi Mehnat.Ishlab chiqarish
  • O‘quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1
  • Barglardan naqsh kompozitsiyasini yaratish.
  • Qaychi bilan ishlaganda ehtiyot choralari




    Download 6,77 Mb.
    bet2/23
    Sana31.12.2019
    Hajmi6,77 Mb.
    #6882
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

    Qaychi bilan ishlaganda ehtiyot choralari

    • Qaychidan foydalanganda uyda ota onangiz, maktabda ustozingiz ko‘magiga tayaning.

    • Qaychining o'tkir tig'li tomonini yuqoriga qaratib ushlash mumkin emas.

    • Qaychini uzatayotganda halqali tomoni bilan berish kerak.

    • Qaychining og'zini ochiq qoldirish mumkin emas.


    • J

      Qaychini aniq bir joyda saqlash kerak.

    • Qaychini ishatayotganda kesishning yo‘nalishi hamda materialning ushlab turgan chap qo‘l barmoqlarini kuzatib turing

    Yelim bilan ishlaganda ehtiyot choralari:

    • Yelim bilan ishlayotganda ehtiyot bo'lish, doimo cho'tkacha bilan ishlash kerak.

    • Yelim qo'l terisiga, ko'zga, yuz terisiga tegib ketmasligiga e'tibor qilish kerak.

    • Ish tugagandan so'ng yelimning qopqog'ini yaxshilab berkitish kerak.

    • Yelim idishni aniq bir joyda saqlash kerak.

    Igna bilan ishlash qoidalari:

    • Igna bilan ishlash jarayonida ustozingiz yordamidan foydalaning.

    • Ignani ishlatib bo‘lgach, uni maxsus yostiqchaga sanchib qo‘ying.

    • Ignani ishlatayotganingizda qo‘lingizga kirib ketishidan ehtiyo‘t bo‘ling.

    • Ignani hech qachon og‘zingizga solmang.

    • Ortiqcha ignalarni ignadonda quruq holatda saqlang

    • Ishdan oldin va ishdan keyin ignalarni sanab ko‘ring.

    • Qog‘oz va kartondan narsalarni yasashda albatta begiz bilan teshib oling.

    O‘quvchilarning ish namunalarini ko‘rsatib ,ular ham xuddi shunday narsalar yasay olishlari mumkinligini aytish.

    Bu yilda qilinadigan ish rejasi bilan tanishtiriladi.

    III.Mavzuni mustahkamlash.

    O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkazilib, mavzu mustahkamlanadi.Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag’batlantiriladi.

    V.Uyga vazifa.Ish qurollari rasmini chizib yoki applikatsiyasini yasab kelish.

    TASDIQLAYMAN: O‘TIBDO‘ ____________

    Sana: _____________ Sinf: 1 - «D» Fan nomi: Texnologiya

    2-Mavzu: “Oltin kuz” manzarasini yasash

    Iqtisod alifbosi Mehnat.Ishlab chiqarish

    Maqsad:

    Ta’limiy: Tabiiy materiallar haqida ma’lumot berish.

    Tarbiyaviy: O‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash,ish qurollaridan foydalanishda ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash

    Rivojlantiruvchi:O‘quvchilarning ijodiy tafakkur,tasavvur va fantaziyalarini rivojlantirish.

    O‘quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1: texnologiya faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish.TK 2; turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish. TK3:texnologiya faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakati motorikasini rivojlantirish.TK 4: o‘zining o‘quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish.TK 5:xalq hunarmandchilik sohalariga oid ma’lumotlar va kasb-hunarlarni haqida tushunchaga ega bo‘lish. TK 6:tabiiy va turli materiallardan foydalanishda tejamkorlikka rioya qilish. F.k.1 turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;

    Darsning borishi



    Dars bosqichlari

    I

    II

    III

    IV

    V

    VI

    Ajratilgan vaqt

    2

    7

    20

    10

    3

    3

    I.Darsni tashkil qilish. 1.Salomlashish.

    2.Davomatni aniqlash.

    3.Darsga hozirlikni tekshirish.

    II.Uy vazifasini so‘rash.

    Tayyorlab kelingan ishlar ko‘rib chiqiladi.Baholanib tahlil qilinadi.O‘quvchilar rag’batlantiriladi

    III.Yangi mavzu bayoni.

    O‘quvchilar bilan o‘simliklar haqida suhbatlashiladi.

    O‘simliklar turlari ularni qayerlarda o‘sishi haqida savol- javob o‘tkazildi



    -Bolalar bugun biz sizlar bilan gerbariy tayyorlash haqida ma`lumot .To‘plangan o‘simliklar turli yo‘llar bilan quritiladi.Bunda o‘simlik yumshoq qog‘oz yoki gazeta orqasiga solib qo‘yiladi. Har bir o‘simlik o‘rtasiga bir necha qavat qog‘oz yoki gazeta orasiga solib qo‘yiladi, chunku quritilayotgan o‘simlik o‘zidan namlik chiqaradi,chuqatotgan namlikni qog‘oz shimib olishi mumkin.Bugungi

    mavzu va Sana:_________________doskaga yoziladi.O‘quvchilar oldindan terib kelgan barglari saralanadi.”Oltin kuz” mavzusida gerbariy tayyorlaydilar.Bu ishni kim qanday bajarishi o‘ziga havola va o‘z fantaziyalariga tayanib ish ko‘radilar.O‘qituvchi faqat namuna ko‘rsatadi halos. Gerbariyni ko‘zadagi guldasta ko‘rinishida qilishlari mumkin,bunda qaychi,yelimdan foydalanadilar.Qaychi,yelimdan foydalanishda qanday texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerakligi eslab o‘tildi.O‘quvchilar mustaqil yasay boshladilar. Yasash vaqtida qiynalgan o‘quvchilarga yoramlashib turiladi.



    IV.Mavzuni mustahkamlash. Barglar yordamida kuz manzarasini yaratish.









    O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkazilib, mavzu mustahkamlanadi.Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag’batlantiriladi.

    1.Gerbariy tayyorlashning qanday turlari bor?

    2.Qaysi mehnat qurollarini ishlatayotganda texnika xavfsizligiga rioya qilish kerak?

    V.Uyga vazifa.Sinfda boshlagan ishlarini tugatmagan o‘quvchilar uyda yasab kelishadi

    TASDIQLAYMAN: O‘TIBDO‘ ____________

    Sana: _____________ Sinf: 1 - «D» Fan nomi: Texnologiya

    3-Mavzu: Barglardan naqsh kompozitsiyasini yaratish.

    Maqsad: Ta’limiy:Tabiiy materiallardan naqsh kompozitsiyasini qurish-yasash, o‘yinchoqlarning qismlarini tayyorlash va briktirish usullarini o‘rganish.

    Tarbiyaviy: Oquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini va texnik malakalarini o‘stirish. Tejamkorlikni tarbiyalash.

    Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini Qog’oz va qaychi,tabiiy materiallar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.


    Download 6,77 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 6,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qaychi bilan ishlaganda ehtiyot choralari

    Download 6,77 Mb.