V.O‘quvchilarni rag‘batlantirish. O‘quvchilar ishini baholayman.
VI. Uyga vazifa: Darsda ulgurmagan ishlarni tugatib kelish.
TASDIQLAYMAN: O‘TIBDO‘ ____________
Sana: _____________ Sinf: 1 - «D» Fan nomi: Texnologiya
19-Mavzu: Qish manzarasini applikatsiya usulida yasash.
Maqsad: Ta’limiy: Andaza (qolip) haqida tushuncha berish. Belgilash, chizish, qirqish. Andzalar va ulardan foydalanish haqida tushuncha. Andaza asosida “Qish” manzarasini applikatsiya usulida yasash haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, Tejamkorlikni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini ,Karton va qog’oz bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.
O‘quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1: texnologiya faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish.TK 2; turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish. TK3:texnologiya faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakati motorikasini rivojlantirish.TK 4: o‘zining o‘quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish.TK 5:xalq hunarmandchilik sohalariga oid ma’lumotlar va kasb-hunarlarni haqida tushunchaga ega bo‘lish. TK 6:tabiiy va turli materiallardan foydalanishda tejamkorlikka rioya qilish. F.k.1 turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;
O‘tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko‘rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi:Kartonqog’oz ,kley,qaychi.tayyor yasalgan manzara namunasi..
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O‘quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish; Oldingi mavzu yuzasidan ishlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni;
1.O‘quvchilar bilan fasllar haqida suhbat o‘tkazish.
2.Qishda tabiatdagi o‘zgarishlar haqida savol-javob o‘tkazish.
3.Qishning yaxshi va yomon tomonlari haqida suhbat.
4.Tengdoshlari yasagan ish namunalarini ko‘rsatish,muhokama qilish.
5..Manzara yasash bosqichlarini ko‘rsatib berish.
6.Yasaladigan detal andozalaridan foydalanishni ko‘rsatib berish.
7.O‘quvchilar mustaqil yasaydilar.
8.Yasash vaqtida o‘quvchilar ishi kuzatib boriladi.
9.Qaychidan foydlnishda texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish kerakliklarini eslatish
10.Shaxsiy gigiyena qoidalaini ham eslatish.
11.Dasda o‘quvchilarni tejamkorlikka o‘rgatib borish.
QISH QO‘SHIG‘I.
Oq kongilli faslman, Oynalarga gul solib,
Shuning uchun to‘nim oq. Muzlataman har yoqni.
To‘nimni qoqsam obdon, Ehtiyot bo‘ling mendan,
Oppoq bo‘lar hamma yoq. Shamollatmang tomoqni.
Bir puflasam suvlarni, Archajon bayramiga
Yaxmalak tayyor bo‘lar. Taklif etamiz sizni.
Ko‘chalarga bir pasda Bayramga chaqirganmiz
Sho‘x bolakaylar to‘lar. Qorbobo ham Qorqizni.
IV. Darsni mustahkamlash:
.Yasab bo‘lgan o‘quvchilar ishini baholash uchun savol-javob o‘tkazaman.
2.Qaysi faslni yoqtirasiz ?
3.Bezaklar nima uchun kerak?
4.Applikatsiya deb nimaga aytiladi?
V.O‘quvchilar ishini baholayman.
VI. Uyga vazifa.Darsda ulgurmagan ishlarini tugatib kelish.
TASDIQLAYMAN: O‘TIBDO‘ ____________
Sana: _____________ Sinf: 1 - «D» Fan nomi: Texnologiya
20-Mavzu: Rangli qog‘ozdan jonivorlar shaklini qurish-yasash.
Maqsad: Ta’limiy: Rangli qog‘ozdan “Baliq”o‘yinchog‘ini qurish – yasashni o‘rgatish.
Tarbiyaviy: O‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash,ish qurollaridan foydalanishda ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:O‘quvchilarning ijodiy tafakkur,tasavvur va fantaziyalarini rivojlantirish.
O‘quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1: texnologiya faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish.TK 2; turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish. TK3:texnologiya faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakati motorikasini rivojlantirish.TK 4: o‘zining o‘quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish.TK 5:xalq hunarmandchilik sohalariga oid ma’lumotlar va kasb-hunarlarni haqida tushunchaga ega bo‘lish. TK 6:tabiiy va turli materiallardan foydalanishda tejamkorlikka rioya qilish. F.k.1 turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;
O‘tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko‘rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi:Kartonqog’oz ,kley,qaychi.tayyor yasalgan manzara namunasi..
Darsning borishi.
I.Darsni tashkil qilish. 1.Salomlashish.
2.Davomatni aniqlash.
3.Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so‘rash.
Tayyorlab kelingan ishlar ko‘rib chiqiladi.Baholanib tahlil qilinadi.Ballar kundaliklarga qo‘yiladi.
III.Yangi mavzu bayoni.
O‘quvchilarga qo‘g‘zni buklash usuli ya`ni arigami usuli va shu usulda hayvonlar yasash mumkinligi haqida ma`lumot beriladi.Bu o‘rinda “1000 ta turnalar” haqidagi ertakni aytib beriladi. Bolalar bugungi darsimizda qog‘ozni buklash usulida baliq yasashni o‘rganamiz.Doskaga Sana:_________________va mavzu yoziladi.
Baliq turlari, ularni qayerlarda uchratish mumkinligi haqida savol- javob o‘tkazildi.Baliqning qanday organlari borligi,rangi tuzilish haqida ma’lumot beriladi.Ish qurollaridan foydalanishda texnika xavfsizligiga rioya qilish kerakligi eslab o‘tildi.Tayyorlanish ketma-ketligi tushuntirilib berildi.
Qaychi,yelimdan foydalanishda qanday texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerakligi eslab o‘tildi.O‘quvchilar mustaqil yasay boshladilar.Yasash vaqtida qiynalgan o‘quvchilarga yoramlashib turiladi.
|