• Qog‘oz va karton bilan ishlash uning turlari Darsning maqsadi. Ta`limiy
  • T.k.5
  • Darsning jihozi.
  • II. O‘tgan darsda berilgan uyga vazifani tekshirish va o‘quvchilarni baholash.
  • Gazeta
  • Yelimlangan qog’oz
  • Shagren naqshdor qog’ozi
  • Millimeter qog’oz
  • Sariq karton
  • IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
  • V. Dars jarayonida faol qatnashgan o‘quvchilarni rag’batlantirish va baholash .
  • V. Dars jarayonida faol qatnashgan o‘quvchilarni rag’batlantirish va baholash




    Download 6,77 Mb.
    bet10/23
    Sana31.12.2019
    Hajmi6,77 Mb.
    #6882
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23

    V. Dars jarayonida faol qatnashgan o‘quvchilarni rag’batlantirish va baholash. O'quvchilar baholab boriladi . Savollarga ijodiy yondashib javob bergan va yuqori baho olgan o'quvchilar rag'batlantiriladi.

    VI. Uyga vazifa. Urug‘lardan mozaika usulida moychechak shaklini yasash

    TASDIQLAYMAN: O‘TIBDO‘ ____________



    Sana__________

    13-Mavzu: Qog‘oz va karton bilan ishlash uning turlari

    Darsning maqsadi. Ta`limiy: DTS talablari asosida dars o‘tish . Qog‘ozni qirqish va buklash orqali dekorativ gullar tayyorlash (atirgul, nilufar va h.k.)ni o‘rgatish. T.k .1 buyum yasashda foydalangan texnologik xarita bilan ishlash bosqichlarini o‘rtoqlariga tushuntirib bera olish.

    Tarbiyaviy: O‘quvchilarni ilm olishga qiziqtirish. Mehnatga oid maqol va matallar orqali ilm olishning afzalligini tushuntirish. Mehnatsevarlik va halollikka o'rgatish. T.k.5 buyumlarni bezashda milliy naqsh elementlaridan foydalana olish.

    Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarni guruhda ishlash, yangi mavzuni guruhda munozara orqali anglab yetish ko‘nikmasini shakllantirish. F.k.1 rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;

    Darsning turi. Yangi bilim beruvchi,

    Darsning metodi. Amaliy, tushuntirish.

    Darsning jihozi. yelim, rangli yoki oq qogo‘z, qaychi ,qalam,sertkul, bo‘yoqlar, cho‘tkalar figuralar taglik qogo‘z, yoki klyonka, narsaning namunasi..

    Darsning borishi:

    I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.

    II. O‘tgan darsda berilgan uyga vazifani tekshirish va o‘quvchilarni baholash.

    III. Yangi mavzuning bayoni:

    Qog’ozlar yozuv qog’ozi,gazeta qog’ozi,karton,rasm qog’ozi va sovg’ani qadoqlaydigan qog’ozlarga bo‘linadi. Gazeta qogozi eng arzon va ko‘p tarqalgan qog’oz turidir. Sifatiga ko‘ra uncha pishiq emas, namlikni va yelimni yaxshi singdiradi.



    Yozuv qog’ozi –sathi silliq, yelim singdirilgan, namlikni kamroq singdiradi. Narsalarni konstruksiyalash, muqovalash, kartondan yasalgan narsalarniyelimlashda juda qulay.

    Chizmachilik qog’ozi – eng pishiq va qalin qog’oz. lattadan tayyorlanadi, uning oily navi qo‘lda quyiladi. Undan karnaval maskalari, lito va shu kabilarni yasashda foydalaniladi.

    Rasm qog’ozi – 2-nomerli bo‘lib, to‘liq sellulozadan tayyorlanadi, uning oily naviga 25%latta qo‘shiladi. Qo‘l mehnati darslarida, shuningdek chizmalar chizishda foydalaniladi.

    Rangli va jiloli qog’oz mehnat darslarida keng qo‘llanib, aplekatsiya, muqovalash ishlarida foydalaniladi turli naborlarda chiqariladi.



    Yelimlangan qog’oz – jilo berilgan qog’oz bo‘lib, bir tomoniga yelim surtilgan qo‘l mehnati darslari uchun juda qulay.

    Rangli jild qog’ozi—turli ranglarda bo‘yalgan, jilo berilgan rangli qog’ozning o‘rnini bosib, qo‘l mehnat darslarida keng qo‘llaniladi.

    Shagren naqshdor qog’ozi muqova sozlikda va tayyor narsalarning ustidan yopishtirishda , archa o‘yinchoqlarini yasashda foydalaniladi.

    Gulqog’ozning rangi va guli turlicha bo‘lib muqovalash, narsalarning ustinidan yelimlash, bezash ishlarida keng foydalaniladi.

    Kalka qog’oziga shaffoflik berish uchun mum va moy singdiriladi. Yaxshi, sifatli kalka qog’ozining hatto tozalangan joyida ham tush yoyilib ketmasligi kerak. Kalka qog’oz “fonus hayol” teatrida archa o‘yinchoqlari yasash, sahnani bezash, rasmlarni qayta tushirish ishlarida ishlatiladi.

    Millimeter qog’oz – sathi bosma to‘r shaklida tayyorlanadi.

    Filtr qog’oz – yelimlanmagan qog’ozdir.

    Karton qog’ozi deb 1kv.m 250 grammdan ortiq bo‘lgan qog’ozga aytiladi.

    Oq kartonuni qirqish oson, o‘zi unchalik pishiq emas, tez sinadi. Bu karton yelimni ko‘p shimadi, ko‘pincha yelimdan shishadi ham. Unda mayda narsalarni muqovalashda foydalanish mumkin.

    Sariq karton oq kartondan ko‘ra pishiqroq egiluvchan, yaxshi qirqiladi. Yelimdan shishmaydi. Turli ishlarda foydalaniladi.

    Kulrang karton—oq va sariq kartondan pishiqroq, qirqish qiyin. Pichoq karton massasidagi qumdan tez o‘tmaslashadi. Kartonning bu navidan o‘ta pishiqlikni talab qiluvchi narsalar tayyorlanadi.

    Rangli karton—yupqa egiluvchan, sathi turli rangda jilo berilgan, ishlov berish oson va ko‘rinishi chiroyli. Undan hajmi kichik narsalar, papkalar, muqovalar tayyorlash ma’qul. Uning ustidan boshqa narsa yopishtirishga hojat yo‘q.

    Qani bolalar qanday mehnat qurollarini bilasiz?Ulardan qanday foydalanasiz?



    O‘quvchilar javob beradilar. Oqituvchi bu javoblarni to‘ldiradi.

    Mehnat qurollarini birma- bir ko‘rsatib undan foydalanishda tehnika havfsizli giqoidalari haqida tushuncha berish.

    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

    O‘quvchilar bilan birgalikda qog‘ozni buklash usullarini bajarish.





    V. Dars jarayonida faol qatnashgan o‘quvchilarni rag’batlantirish va baholash. O'quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o'qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e'lon qilinadi va faol, bilimdon o'quvchilar rag'batlantiriladi.

    VI. Uyga vazifa. Qog‘ozni qirqish va buklash orqali shakl hosil qilish.

    TASDIQLAYMAN: O‘TIBDO‘ ____________


    Sana: _____________ Sinf: 1 - «D» Fan nomi: Texnologiya

    14-Mavzu: Kitob uchun xatcho‘p yasash.

    Maqsad:

    Ta’limiy: Kitob uchun xatcho‘p yasash haqida ma’lumot berish.

    Tarbiyaviy: O‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash,ish qurollaridan foydalanishda ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash

    Rivojlantiruvchi:O‘quvchilarning ijodiy tafakkur,tasavvur va fantaziyalarini rivojlantirish.


    Download 6,77 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




    Download 6,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V. Dars jarayonida faol qatnashgan o‘quvchilarni rag’batlantirish va baholash

    Download 6,77 Mb.