• O‘quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1
  • Sana: _____________ Sinf: 1 - «D» Fan nomi: Texnologiya 17-Mavzu: Bayramlar uchun niqoblar tayyorlash Maqsad: Ta’limiy
  • Tarbiyaviy
  • Sana: _____________ Sinf: 1 - «D» Fan nomi: Texnologiya




    Download 6,77 Mb.
    bet12/23
    Sana31.12.2019
    Hajmi6,77 Mb.
    #6882
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23

    TASDIQLAYMAN: O‘TIBDO‘ ____________


    Sana: _____________ Sinf: 1 - «D» Fan nomi: Texnologiya

    16-Mavzu: Archa o‘yinchoqlarini yasash.

    Maqsad: Ta’limiy: Archafga osiladigan o‘yinchoqlar yasash haqida tushuncha berish.

    Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, tejamkorlikni,mehnatsevarlikni, ozodalilikni tarbiyalash.

    Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini ,rangli qog’oz bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.

    O‘quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1: texnologiya faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish.TK 2; turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish. TK3:texnologiya faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakati motorikasini rivojlantirish.TK 4: o‘zining o‘quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish.TK 5:xalq hunarmandchilik sohalariga oid ma’lumotlar va kasb-hunarlarni haqida tushunchaga ega bo‘lish. TK 6:tabiiy va turli materiallardan foydalanishda tejamkorlikka rioya qilish. F.k.1 turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;

    O‘tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko‘rsatmalilik, amaliy.

    Dars jihozi:rangli qog’oz,kley,qaychi,ip, tayyor yasalgan archa bezaklari.

    Darsning borishi:

    I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

    2. Davomatni aniqlash.

    3. O‘quvchilarni darsga tayyorlash.

    II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan ishlarni tekshirish.

    III. Yangi mavzu bayoni

    1.O‘quvchilar bilan yangi yil bayrami , archa bezaklari haqida suhbat o‘tkazish.

    2.Bayramni qanday kutib olishlari haqida savol-javob o‘tkazish.

    3Bayramlarning hayotimizdagi roli haqida suhbat.

    4.Yangi yil bayramini yer yuzida qanday kutib olinishi haqida suhbat.

    5.Arca bezaklari grlandlarni yasash bosqichlarini ko‘rsatib berish.

    5.O‘quvchilar mustaqil yasaydilar.

    6.Yasash vaqtida o‘quvchilar ishi kuzatib boriladi.



    7.Qaychi, foydlnishda texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish kerakliklarini eslatish

    8.Shaxsiy gigiyena qoidalaini ham eslatish.

    9.Dasda o‘quvchilarni tejamkorlikka o‘rgatib borish.

    Archa.

    Archaman,yashil archa, Toj kiydirib boshimga,

    Meni sevadi barcha. Davra quib qoshimda

    Hamisha yam –yashilman, O‘ynab -kulishar rosa,

    Zumraddek zo‘r, asilman. Quvnab ketishar toza.

    Bolalar kulib quvnoq, Men ham bo‘laman xursand,

    Menga osar o‘yinchoq. Ruhim bo‘ladi baland.

    Oltin sharlar osishar, Yonib turaman yal-yal,

    Zar kokillar osishar. Uyalinqirab sal-pal.

    IV. Darsni mustahkamlash: Rangli qog‘ozlardan tasmalar tayyorlab oling. Rasmga qarab yopishtiring.



    Archa o‘yinchog‘ining yasalish ketma-ketligini ko‘rib chiqing. Qanday qirqilishi va yopishtirilishiga e’tibor bering.



    1.Yasab bo‘lgan o‘quvchilar ishini baholash uchun savol-javob o‘tkazaman.

    2Qaysi bayram sizga yoqadi, nima uchun?

    3.Yasagan ishingizni ta’rif lang.

    4.Qishin,yozin bir xil kiyimda .Topishmoqni javobini toping.

    V.O‘quvchilar ishini baholayman.

    VI. Uyga vazifa: Darsda ulgurmagan ishlarni tugatib kelish.

    TASDIQLAYMAN: O‘TIBDO‘ ____________

    Sana: _____________ Sinf: 1 - «D» Fan nomi: Texnologiya

    17-Mavzu: Bayramlar uchun niqoblar tayyorlash

    Maqsad: Ta’limiy: Niqoblarni andaza asosida belgilab olish. Tulki, ayiq, quyon va hokozo niqoblarni karton qog‘ozga chizish, qirqish, qoshi, ko‘zi, tumshug‘ini qalamda chizish va bo‘yash yo‘llarini o‘rgatish.

    Tarbiyaviy: O‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash,ish qurollaridan foydalanishda ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash .

    Rivojlantiruvchi:O‘quvchilarning ijodiy tafakkur,tasavvur va fantaziyalarini rivojlantirish.

    O‘quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1: texnologiya faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish.TK 2; turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish. TK3:texnologiya faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakati motorikasini rivojlantirish.TK 4: o‘zining o‘quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish.TK 5:xalq hunarmandchilik sohalariga oid ma’lumotlar va kasb-hunarlarni haqida tushunchaga ega bo‘lish. TK 6:tabiiy va turli materiallardan foydalanishda tejamkorlikka rioya qilish. F.k.1 turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;

    O‘tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko‘rsatmalilik, amaliy.

    Dars jihozi:tabiiy materiallar, qog’oz,qaychi,yelim,albom varog’i.Tayyor yasalgan applekatsiya namunalari.

    .

    Darsning borishi


    I.Darsni tashkil qilish. 1.Salomlashish.

    2.Davomatni aniqlash.

    3.Darsga hozirlikni tekshirish.

    II.Uy vazifasini so‘rash.

    Tayyorlab kelingan ishlar ko‘rib chiqiladi.

    Baholanib tahlil qilindi.

    Ballar kundaliklarga qo‘yiladi.

    III.Yangi mavzu bayoni.

    1. O‘quvchilar bilan niqoblar nima uchun kerakligi ,asosan qaysi bayramlarda niqoblar taqilishi haqida savol-javob o‘tkaziladi.

    2. O‘quvchilar bugungi darsimizda biz sizlar bilan qog‘ozdan turli bayramlar uchun niqoblar yasaymiz.



    3Doskaga Sana:_________________va mavzu yoziladi. Quyon niqobini yasash


    4.Buning uchun bizlarga rangli qog‘oz, yelim, qaychi kerak bo‘ladi.

    5.Qaychidan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalarini eslatish.

    6.Tayyor yasalgan ish namunalarini ko‘rsatish.

    7.O‘quvchilar yasalgan niqoblarga qarab , kerakli ranglarni tanlab oladilar .

    8.O‘qituvchi niqoblar yasash uchun kerak bo‘ladigan detallar andozasidan detallarni kesib oladilar.

    9.O‘quvchilar bilan bayramlar haqida she`r o‘qish .

    10.O‘quvchilar mustaqil yasaydilar.

    IV.Mavzuni mustahkamlash. Ayiq niqobini yasash:



    Qog‘oni ikkiga buklab, andaza asosida ayiqning bosh qismini chizib oling. Chiziq bo‘ylab qirqing. Orasini oching qalamda qoshlari va tumshug‘ini chizing v abo‘yang.

    O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkazilib, mavzu mustahkamlanadi.

    V. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag’batlantiriladi.

    VI.Uyga vazifa. Sinfda boshlagan ishlarini tugatmagan o‘quvchilar uyda yasab kelishadi.

    TASDIQLAYMAN: O‘TIBDO‘ ____________


    Download 6,77 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




    Download 6,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sana: _____________ Sinf: 1 - «D» Fan nomi: Texnologiya

    Download 6,77 Mb.