Darsning maqsadi :Ta’limiy: O‘tilgan mavzular yuasidan olgan bilimlarini tekshirish.
Tarbiyaviy: O‘quvchilarni tejamkorlik, ijodkorlik va badiiy-estetik ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va yangi mavzu bo‘yicha olgan bilimlarini mustahkamlash, ularning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish ;
O‘quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1: texnologiya faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish.TK 2; turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish. TK3:texnologiya faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakati motorikasini rivojlantirish.TK 4: o‘zining o‘quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish.TK 5:xalq hunarmandchilik sohalariga oid ma’lumotlar va kasb-hunarlarni haqida tushunchaga ega bo‘lish. TK 6:tabiiy va turli materiallardan foydalanishda tejamkorlikka rioya qilish. F.k.1 turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;
Dars tipi: amaliy
Dars turi: yangi bilimlar berish, bilimlarni mustahkamlash .
Dars usuli: suhbat, ko‘rgazmalilik
Dars jihozi: darslik, ko‘rgazmalar,tarqatma materiallar, mehnat ish qurollari,
Darsning texnik vositalari: Ekran, kompyuter, video proyektor, slaydlar, “Navro‘z”ga doir musiqalar diski
Ish jihozi: Karton qog’ozi, rangli qog’oz, yelim , qalam, qaychi va chizg’ich .
Darsning borishi :
I.Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlab jurnalga belgilash, o‘quvchilarning darsdagi tayyorgarligini va uyga vazifalarni tekshirish , guruhlarga bo‘lish.
II.Otilgan mavzuni mustahkamlash :
I guruh: o‘tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o‘tkazish, plakatda “Bahor” manzarasi tasvirlangan ,undagi daraxtda osilgan olmalarda savollar yozilgan. Guruhdan o‘quvchilar chiqib, olmalarni uzib savolarga og’zaki javob berishadi .
1.Bir yilda nechta fasllar mavjud va ular qaysilar ?
2.Bahorda tabiat qanday bo‘ladi ?
3.Bahorda qanday bayramlar nishonlanadi ?
4.Dalalarimizda qanday ishlar boshlanadi ?
5.Bolalar bahorda qaysi o‘yinlarni o‘ynashadi ?
6.Yil fasllari, bahor haqida kim she’r va topishmoq biladi ?
7.Mehnat darslarida biz qanday sanitariya – gigiyena talablari va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishimiz kerak ? II guruh: Bahorda
III.Yangi mavzu bayoni :
1-TEST
Tabriknoma yasashdan maqsad nima ?
Dars mavzusini yozish uchun
Rasm chizish uchun
Bayram yoki tug’ilgan kunlarda do‘stlarimizni tabriklash uchun
D. Bo‘yash uchun
2-TEST
Applikatsiya nima ?
Rangli qog’ozlar to‘plami
Rang-barang qog’oz va mato bo‘laklarini yopishtirish orqali hosil qilingan tasvir
Karton qog’ozi bilan ishlash
D. Qo‘g’oz parchalaridan biron bir tasvir yaratish
3-TEST
Qanday bayramlarda tabriknoma yasash mumkin ?
8-Mart bayramida yasash mumkin
9-May Xotira va qadrlash kuni bayramida yasash mumkin
21-Mart Navro‘z bayramida yasash mumkin
D. Barcha javoblar to‘g’ri
4-TEST
Tabriknoma yasashda ishlatiladigan ish qurollarini ayting?
Rangli qog’oz, qaychi , yelim, oq list , qalam
Gazlama, qaychi, dazmol
Ketmon, belkurak, xaskashak
D. Meva va sabzavot urug’lari, barglar , yong’oq
5-TEST
Mehnat darslarida qanday sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinadi ?
Ovqatlanish tartibiga amal qilish
Qaychi, pichoqni o‘ynamaslik
Toza-ozoda ishni bajarib, yelimni og’izga qilmaslik, iflos qo‘l bilan ovqat yemaslik
D. Shaxsiy gigiyenaga amal qilish.
6-TEST
Navro‘z qanday bayram?
A. Navro‘z- Yangi kun degan ma’nolarni bildiradi.
B. Hamma javoblar to‘g’ri
C. Yasharish va yangilanish bayrami
D. Mehnat, mehr-oqibat, go‘zallik, do‘stlik va nafosat bayrami.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: III guruh: “Gulchi” guruhi
“So‘zlarni toping” o‘yini
Quyidagi berilgan aylana ichida Navro‘z bayramiga tegishli yashiringan so‘zlarning bo‘g’inlari yozilgan. Mana shu bo‘g’inlarni qo‘shib so‘zlarni hosil qilish kerak bo‘ladi . Masalan: Su-ma-lak, qal-dir-g’och, may-sa, xo‘-roz, ha-lim, ko‘k- som-sa, qo‘ch-qor, bug’doy, boy-che-chak va hokazolar .
V.O‘quvchilarni baholash: o‘quvchilarning dars davomida bajarilgan ishlari tekshirilib chiqiladi va darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi
VI.Uyga vazifa: Rangli qog’oz va kartondan Navro‘z bayramiga tabriknoma yasashni davom ettirib kelish va she’rlar yodlab kelish.
TASDIQLAYMAN: O‘TIBDO‘ ____________
Sana: _____________ Sinf: 1 - «D» Fan nomi: Texnologiya
28 -Dars mavzusi:Geometrik shakldagi qog’ozdan har xil hayvonlar shaklinini yasash
Dars maqsadi:
ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga mavzuni to‘liq yetkazish,geometrik shakldagi qog’ozdan har xil hayvonlar yasashni o‘rgatish
b )tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni mehnatsevarlik, yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash, ularni mehnat qilishga bo‘lgan munosabatlarini tarkib toptirish
c) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarni mustaqil ishlash, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘quvchilаr ijоdkоrligini o‘stirish.
O‘quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1: texnologiya faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish.TK 2; turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish. TK3:texnologiya faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakati motorikasini rivojlantirish.TK 4: o‘zining o‘quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish.TK 5:xalq hunarmandchilik sohalariga oid ma’lumotlar va kasb-hunarlarni haqida tushunchaga ega bo‘lish. TK 6:tabiiy va turli materiallardan foydalanishda tejamkorlikka rioya qilish. F.k.1 turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;
Dars turi: Yangi bilim berish, amaliy yasash
Dars uslubi: amaliy, innovatsion texnologiyalardan foydalanish
Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, buklet, ko‘rgazma, tarqatma materiallar, durаdgоrlikdа ishlаtilаdigаn аsbоblаr, applikatsiyalar va ularning rasmlari
Hunarni asrabon netgumdir oxir,
Olib tufroqqamu ketgumdir, oxir.
Alisher Navoiy
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ishning mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
Darsni tashkil etish. O‘quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
|
Suhbat
|
2 minut
|
2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash
|
O‘quvchilarning ehtiyojlarini aniqlash. Uyga vazifani tekshirish. Tarqatma materiallarbilan ishlash.
|
Savol-javob
|
10 minut
|
3-bosqich Yangi mavzu bayoni
|
-O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
-Yangi mavzu ustida ishlash
- Ish qurollari bilan tanishtirish
- Geometrik shakldagi qog’ozdan har xil hayvonlar yasashni o‘rgatish
Dam olish daqiqasi
|
Tushuntirish, izlanish
Og’zaki savol-javob
|
10 minut
15 minut
|
4-bosqich Mustahkamlash
|
Har bir berilgan savol asosida mavzuni mustahkamlash
|
Ifodali o‘qish
|
6 minut
|
5-bosqich
Baholash
|
O‘quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib baholanadi
|
|
1minut
|
6-bosqich
Uyga vazifa
|
Mavzuni mukammal o‘rganish
|
tushuntirish
|
1 minut
|
D A R S N I N G B O R I S H I:
I. TASHKILIY QISM
O‘quvchilar bilan salomlashib, navbatchining axboroti tinglanadi.O‘quvchilarni dars mavzusi ,maqsadi, borishi bilan tanishtirilib, ular diqqati darsga jalb qilinadi.
Uyga vazifa tekshiriladi.
II. O‘TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
O‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Texnika –xavfsizlik qoidalarini o‘quvchilardan so‘raladi.
Testli kartochkalar tarqatib, javob olish. Tarqatma
materiallar bilan ishlash
1. Applikatsiya nima?
2. Pazandachilik asbob uskunalariga nimalar kiradi?
3.Qish manzarasini qanday tasvirladingiz ?
4. Yana qanaqa bezash uchun naqsh turlarini bilasiz?
III.YANGI MAVZUNI TUSHUNTIRISH
O‘quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Yangi mavzu e’lon qilinadi.
O‘quvchilarga geometrik shakldagi qog’ozdan har xil hayvonlar yasash haqida tushuncha beriladi. Shu mavzuda suhbat o‘tkaziladi.
Rangli qog’ozdan bir dona olib, uni kichik to‘g’ri tortburchak
shaklida, O‘quvchilar ham mustaqil o‘zlari tayyorlaydilar.
Ish qurollaridan foydalanish va ehtikoyotkorlik choralari aytib
o‘tiladi.
O‘quvchilar yasagan geometrik shakldagi qog’ozdan har xil hayvonlar o‘yinchog’i haqida gapirib beradilar. Ularning fikr-mulohazalarini so‘raladi
Baholash.
O‘quvchilar bajarayotgan ishlari doimo nazorat qilinadi, tozalikka katta e’tibor beriladi va faol qatnashganlar rag‘batlantiriladi.
Uyga vazifa. Mavzuni o‘rganish.
TASDIQLAYMAN: O‘TIBDO‘ ____________
Sana________________________
29-Mavzu: Geometrik shakllardagi qog’ozdan mashina qurish-yasash.Mehnatning mahsuli-mahsulot va uning turlari
Maqsad: Ta’limiy: Geometrik shakllardan foydalanib mashina qurish-yasash texnologiyasi haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, Tejamkorlikni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini ,karton va qog’oz bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.
O‘quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1: texnologiya faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish.TK 2; turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish. TK3:texnologiya faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakati motorikasini rivojlantirish.TK 4: o‘zining o‘quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish.TK 5:xalq hunarmandchilik sohalariga oid ma’lumotlar va kasb-hunarlarni haqida tushunchaga ega bo‘lish. TK 6:tabiiy va turli materiallardan foydalanishda tejamkorlikka rioya qilish. F.k.1 turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;
O‘tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko‘rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi:Kartonqog’oz ,kley,qaychi.tayyor yasalgan tabriknoma namunasi..
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O‘quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan ishlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni Rasmda qanday mashinalar tasvirlangan? Ushbu rasmlarga qarab o‘zingiz mashina shaklini mustaqil yasab ko‘ring.
1.O‘quvchilar bilan geometrik shakllar haqida suhbat o‘tkazish.
2.Mashina turlari haqida savol-javob o‘tkazish.
3.Mashinaning hayotimizdagi o‘rni haqida suhbat.
4.Sana:_________________va mavzuni doskaga yozish.
5.Tayyor yasalgan ish namunasini kuzatish.
6.Mashina yasash bosqichlarini ko‘rsatib berish.
5.Mashina yasashda qaysi geometrik shakllardan foydalanilganini aytib berish.
6.O‘quvchilar mustaqil yasaydilar.
7.Yasash vaqtida o‘quvchilar ishi kuzatib boriladi.
8 .Qaychidan foydalnishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerakliklarini eslatish
9.Shaxsiy gigiyena qoidalaini ham eslatish.
10.Darsda o‘quvchilarni tejamkorlikka o‘rgatib borish
|