• Tarbiyaviy
  • O‘quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1
  • Qozonlarda sumalak, Yoziq dasturxon. Navro‘z bayram muborak, Ey, Ozbekiston !
  • Navro‘z ” so‘zini klaster usulida tarmoqlash
  • 26-Dars mavzusi
  • Hunarni asrabon netgumdir oxir, Olib tufroqqamu ketgumdir, oxir. Alisher Navoiy
  • 1-sinf “Tehnologiya” fanidan taqvim mavzuiy reja




    Download 6,77 Mb.
    bet19/23
    Sana31.12.2019
    Hajmi6,77 Mb.
    #6882
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23

    Maqsad: Ta’limiy: Bayram haqida tushuncha. Dizayner kasbi haqida tushuncha. Rang xususiyatlari, mosligi va shakllarni to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish. 21-mart bayramiga bayram uchun tabriknoma tayyorlash bosqichlari haqida tushuncha berish.

    Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, Tejamkorlikni tarbiyalash.

    Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini, karton va qog’oz bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.

    Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, tejamkorlikni tarbiyalash.

    Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini

    rivojlantirish,Karton va qog’oz bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.

    O‘quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1: texnologiya faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish.TK 2; turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish. TK3:texnologiya faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakati motorikasini rivojlantirish.TK 4: o‘zining o‘quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish.TK 5:xalq hunarmandchilik sohalariga oid ma’lumotlar va kasb-hunarlarni haqida tushunchaga ega bo‘lish. TK 6:tabiiy va turli materiallardan foydalanishda tejamkorlikka rioya qilish. F.k.1 turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;

    O‘tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko‘rsatmalilik, amaliy.

    Dars jihozi:Kartonqog’oz ,kley,qaychi.tayyor yasalgan tabriknoma namunasi..

    Darsning borishi:

    I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

    2. Davomatni aniqlash.

    3. O‘quvchilarni darsga tayyorlash.

    II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan ishlarni tekshirish.

    III. Yangi mavzu bayoni; Qozonlarda sumalak,

    Yoziq dasturxon.

    Navro‘z bayram muborak,

    Ey, Ozbekiston !

    Navro‘z bayrami fors-tojik va turkey xalqlarning qadimiy bayramlaridan biridir. Bu bayram 21-mart kuni nishonlanib, aynan kun va tun teng bo‘lgan paytga mos keladi. Navro‘z- yasharish va yangilanish bayrami. Ota-bobolarimiz , buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman udum va marosimlarni o‘tkazishgan. Dalalarda bahorgi ekin ishlari boshlanadi. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko‘pgina o‘zbek oilalar sumalak, halim, ko‘k somsa , palib kabi milliy taomlarni tayyorlaydilar . Mazkur taomlar odam organizmiga foydali bo‘lgan juda ko‘p vitaminlarga boydir.

    Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va an’analari kuchga kirdi, jumladan, Navro‘z bayramini nishonlash o‘ziga xos tusga ega bo‘ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do‘stlik va birlik ramziga ega bo‘lgan umumxalq bayramdir. Hozir O‘zbekistonda ham Navroz umumxalq bayramlaridan biri sifatida nishonlanadi, 21-mart dam olish kuni deb e’lon qilingan.

    Navro‘zda xalq o‘yinlari oynaladi va bahor qo‘shiqlari ijro etiladi. Navro‘zda ko‘pkari-uloq, kurash oyinlari, xo‘roz, qo‘chqor urushtirish, masxarabozlik, askiya –aytishuvlar, dor o‘yinlari, turli xil xalq tomoshalari o‘tkazilgan.

    Navro‘z- mehnat, mehr-oqibat, insonparvarlik bayramidir. Bu kun marhumlarning qabrlari ziyorat qilinadi. Keksa yoshdagilar, nogironlar, yolg’iz qariyalar va ota-onalar yo‘qlanadi. Kishilar bir-birlariga sovg’a- salomlar ulashib, shirinliklar hadya etishadi.

    Navro‘z- do‘stlik, birodarlik bayramidir. Navro‘z bayrami munosabati bilan nikoh va sun’at to‘ylari o‘tkazilgan. Yangi tushgan kelin qo‘lidan choy ichish maqsadida kelin salimlar o‘tkazilgan .

    Mana bugun siz darsimizdan Navro‘z bayramining o‘tkazilishi, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimiz haqida barcha ma’lumotlarni bilib oldingiz.

    Navro‘z ” so‘zini klaster usulida tarmoqlash :











    Bugun biz mehnat darsimizda “ Navro‘z ”bayramiga tabriknoma yasashni o‘rganamiz. Buning uchun bizga quyidagi ish jihozlari kerak bo‘ladi: karton qog’ozi, rangli qog’oz, yelim, qalam, qaychi va chizg’ich .



    IV. Darsni mustahkamlash:

    1.O‘quvchilar bilan geometrik shakllar haqida suhbat o‘tkazish.

    2.Tabriknoma turlari haqida savol-javob o‘tkazish.

    3.Bayramlrning hayotimizdagi ro‘li haqida suhbat.

    4.Sana:_________________va mavzuni doskaga yozish.

    5.Tayyor yasalgan ish namunasini kuzatish.

    6.Tabriknoma yasash bosqichlarini ko‘rsatib berish.

    5.Tabriknomalarni yasashda qaysi geometrik shakllardan foydalanilganini aytib berish.

    6.O‘quvchilar mustaqil yasaydilar.

    7.Yasash vaqtida o‘quvchilar ishi kuzatib boriladi.



    8 .Qaychidan foydlnishda texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish kerakliklarini eslatish

    9.Shaxsiy gigiyena qoidalaini ham eslatish.

    10.Dasda o‘quvchilarni tejamkorlikka o‘rgatib borish

    V.O‘quvchilarni rag‘batlantirish. O‘quvchilar ishini baholayman.

    VI . Uyga vazifa :Darsda ulgurmagan ishlarini tugatib kelish.

    TASDIQLAYMAN: O‘TIBDO‘ ____________



    Sana: _____________ Sinf: 1 - «D» Fan nomi: Texnologiya

    26-Dars mavzusi: Geometrik shakldagi qog‘ozlarni qirqish usullari

    Dars maqsadi:

    1. ta’limiy maqsad: Qog‘ozdan geometrik shakllarni qirqish bosqichlarini ko‘rsatish, geometrik shakllar asosida har xil hayvonlar shaklini yasash bosqichlarini yasashni o‘rgatish

    b )tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni mehnatsevarlik, yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash, ularni mehnat qilishga bo‘lgan munosabatlarini tarkib toptirish

    c) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarni mustaqil ishlash, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘quvchilаr ijоdkоrligini o‘stirish.

    O‘quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1: texnologiya faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish.TK 2; turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish. TK3:texnologiya faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakati motorikasini rivojlantirish.TK 4: o‘zining o‘quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish.TK 5:xalq hunarmandchilik sohalariga oid ma’lumotlar va kasb-hunarlarni haqida tushunchaga ega bo‘lish. TK 6:tabiiy va turli materiallardan foydalanishda tejamkorlikka rioya qilish. F.k.1 turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;

    Dars turi: Yangi bilim berish, amaliy yasash

    Dars uslubi: amaliy, innovatsion texnologiyalardan foydalanish

    Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, buklet, ko‘rgazma, tarqatma materiallar, durаdgоrlikdа ishlаtilаdigаn аsbоblаr, applikatsiyalar va ularning rasmlari

    Hunarni asrabon netgumdir oxir,

    Olib tufroqqamu ketgumdir, oxir.

    Alisher Navoiy

    Dars jarayoni va texnologiyasi

    Ishning nomi

    Bajariladigan ishning mazmuni

    Metod

    Vaqt

    1-bosqich

    Tashkiliy qism

    Darsni tashkil etish. O‘quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

    Suhbat

    2 minut

    2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash

    O‘quvchilarning ehtiyojlarini aniqlash. Uyga vazifani tekshirish. Tarqatma materiallarbilan ishlash.

    Savol-javob

    10 minut

    3-bosqich Yangi mavzu bayoni

    -O‘tilgan mavzuni mustahkamlash

    -Yangi mavzu ustida ishlash

    - Ish qurollari bilan tanishtirish

    - Geometrik shakldagi qog’ozdan har xil hayvonlar yasashni o‘rgatish

    Dam olish daqiqasi

    Tushuntirish, izlanish

    Og’zaki savol-javob

    10 minut
    15 minut

    4-bosqich Mustahkamlash

    Har bir berilgan savol asosida mavzuni mustahkamlash

    Ifodali o‘qish

    6 minut

    5-bosqich

    Baholash

    O‘quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib baholanadi




    1minut

    6-bosqich

    Uyga vazifa

    Mavzuni mukammal o‘rganish

    tushuntirish

    1 minut



    D A R S N I N G B O R I S H I:

    I. TASHKILIY QISM

    O‘quvchilar bilan salomlashib, navbatchining axboroti tinglanadi.O‘quvchilarni dars mavzusi ,maqsadi, borishi bilan tanishtirilib, ular diqqati darsga jalb qilinadi.

    Uyga vazifa tekshiriladi.

    II. O‘TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH

    O‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.

    Texnika –xavfsizlik qoidalarini o‘quvchilardan so‘raladi.

    Testli kartochkalar tarqatib, javob olish.

    Tarqatma materiallar bilan ishlash

    1. Applikatsiya nima?

    2. Pazandachilik asbob uskunalariga nimalar kiradi?

    3.Qish manzarasini qanday tasvirladingiz ?

    4. Yana qanaqa bezash uchun naqsh turlarini bilasiz?
    III.YANGI MAVZUNI TUSHUNTIRISH

    O‘quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Yangi mavzu e’lon qilinadi.

    O‘quvchilarga geometrik shakldagi qog’ozdan har xil hayvonlar yasash haqida tushuncha beriladi. Shu mavzuda suhbat o‘tkaziladi.

    Rangli qog’ozdan bir dona olib, uni kichik to‘g’ri tortburchak

    shaklida, O‘quvchilar ham mustaqil o‘zlari tayyorlaydilar.

    Ish qurollaridan foydalanish va ehtikoyotkorlik choralari aytib

    o‘tiladi.

    O‘quvchilar yasagan geometrik shakldagi qog’ozdan har xil hayvonlar o‘yinchog’i haqida gapirib beradilar. Ularning fikr-mulohazalarini so‘raladi



    Baholash.

    O‘quvchilar bajarayotgan ishlari doimo nazorat qilinadi, tozalikka katta e’tibor beriladi va faol qatnashganlar rag‘batlantiriladi.

    Uyga vazifa. Mavzuni o‘rganish.
    TASDIQLAYMAN: O‘TIBDO‘ ____________

    Sana: _____________ Sinf: 1 - «D» Fan nomi: Texnologiya

    27-Mavzu: Nazorat ishi - 1



    Download 6,77 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 6,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-sinf “Tehnologiya” fanidan taqvim mavzuiy reja

    Download 6,77 Mb.