|
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o‘quvchilarni rag’batlantirish va baholash
|
bet | 9/23 | Sana | 31.12.2019 | Hajmi | 6,77 Mb. | | #6882 |
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o‘quvchilarni rag’batlantirish va baholash. O'quvchilar baholab boriladi . Savollarga ijodiy yondashib javob bergan va yuqori baho olgan o'quvchilar rag'batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa. Ijodiy ish (turli sabzavot va mevalarning urug‘lardan yo‘lsimon va kvadrat ichida naqshlar tuzish)
TASDIQLAYMAN: O‘TIBDO‘ ____________
Sana__________
12-Mavzu: Moychechak gulini yasash
Darsning maqsadi. Ta`limiy: DTS talablari asosida dars o‘tish . Urug‘lardan mozaika usulida kuzgi gullar shaklini yasashga o‘rgatish. T.k.1 mavzu yuzasidan berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olish. T.k.2darslik bilan ishlay olish.
Tarbiyaviy: O‘quvchilarni ilm olishga qiziqtirish. Mehnatsevarlik va halollikka o'rgatish. T.k.5 buyumlarni bezashda milliy naqsh elementlaridan foydalana olish.
Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarni guruhda ishlash, yangi mavzuni guruhda munozara orqali anglab yetish ko‘nikmasini shakllantirish. F.k.1 turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi,
rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;
Darsning turi. Yangi bilim beruvchi,
Darsning metodi. Amaliy, tushuntirish.
Darsning jihozi. yelim, cho‘tkalar har xil mevalarning urug‘lari, taglik qogo‘z, yoki klyonka, narsaning namunasi..
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.
II. O‘tgan darsda berilgan uyga vazifani tekshirish va o‘quvchilarni baholash.
III. Yangi mavzuning bayoni:
O‘qituvchi dars boshida o‘quvchilar tomonidan yasalgan bir nechtasini ko‘rsatadi. Bolalar diqqat bilan ko‘rib chiqishadi. O‘qituvchi bugungi dars mavzusini e`lon qiladi. `o‘quvchilar darsga tayyorlanib kelishgan bo‘ladi.
Ishni bajarish o‘qituvchining bosqichma bosqich tushuntirishi asosida olib boriladi. O‘qituvchi dars davomida o‘quvchiga yordam berib boradi.
Qog‘oz – bu bizga doimo kerak bo‘ladigan materialdir. Si qog‘ozdan ishlangan qanday buyumlarni bilasiz? Rasmga yaxshilab qarang. Bu buyumlar kimga va nima uchun kerak?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. O‘zingizni tekshiring:
1. Tabiiy materiallar bilan ishlahsda qanday asboblarni ishlatasiz.
2. Tabiiy bo‘lmagan materiallar nima?
3. Qaysi rasmda naqsh to‘g‘ri yasalgan/
|
| |