• Urug‘lardan naqsh yasash Darsning maqsadi. Ta`limiy
  • T.k.5
  • F,k,2
  • II. O‘tgan darsda berilgan uyga vazifani tekshirish va o‘quvchilarni baholash.
  • IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. O‘zingiz yasab ko‘ring
  • V. Dars jarayonida faol qatnashgan o‘quvchilarni rag’batlantirish va baholash




    Download 6,77 Mb.
    bet7/23
    Sana31.12.2019
    Hajmi6,77 Mb.
    #6882
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23

    V. Dars jarayonida faol qatnashgan o‘quvchilarni rag’batlantirish va baholash. O'quvchilar baholab boriladi . Savollarga ijodiy yondashib javob bergan va yuqori baho olgan o'quvchilar rag'batlantiriladi.

    VI. Uyga vazifa. Urug‘lardan mozaika usulida qo‘qongul shaklini yasash
    TASDIQLAYMAN: O‘TIBDO‘ ____________


    Sana__________

    10-Mavzu: Urug‘lardan naqsh yasash

    Darsning maqsadi. Ta`limiy: DTS talablari asosida dars o‘tish . Turli sabzavot va mevalarning urug‘lardan yo‘lsimon va kvadrat ichida naqshlar tuzish bo‘yicha tayyorlagan Ijodiy ishlar namunalarini nazorat qilish va baholash. T.k.5 buyumlarni bezashda milliy naqsh elementlaridan foydalana olish.

    Tarbiyaviy: O‘quvchilarni ilm olishga qiziqtirish. Ertak matni, ilmga oid maqol va matallar orqali ilm olishning afzalligini tushuntirish. Mehnatsevarlik va halollikka o'rgatish. T.k.3 har bir bo‘lim yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirib, ularni hayotda qo‘llay olishni qulay usullarini o‘rganish.

    Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarni guruhda ishlash, yangi mavzuni guruhda munozara orqali anglab yetish ko‘nikmasini shakllantirish. F,k,2 mehnatsevarlikka oid asosiy tushunchalarga rioya eta oladi.

    Darsning turi. Yangi bilim beruvchi,

    Darsning metodi. Bilimlarni nazorat qilish.

    Darsning jihozi. Bajarilgan amaliy ishlar.

    Darsning borishi:

    I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.

    II. O‘tgan darsda berilgan uyga vazifani tekshirish va o‘quvchilarni baholash.

    III. Yangi mavzuning bayoni: 0‘qituvchi tomonidan turli naqsh namunalari darslikdagi va darslikda berilmagan qo‘shimcha materiallar yordamida ko'rsatiladi. Naqshlarning yo‘lsimon, kvadrat, to'rtburchak va doiraviy turlari borligi va ularning bir-biridan farqi aytib o‘tiladi. Yo‘lsimon naqsh namunalariga alohida urg'u hamda uni chizish va bo‘yalishi yuzasidan ko‘rsatmalar beriladi.

    Yuqoridagi naqshlar yo'lsimon naqshlarga misol bo'la oladi. Ularning ko‘rinishi uzun yo'lga o'xshaydi. Shu sababli ular yo‘lsimon naqshlar deb ataladi.



    Rangli kartondan eni 3 sm, bo‘yi 9 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklini qirqib olib, qalam bilan teng bo‘laklarga bo‘lib chiqing. Uning ichiga naqsh chizib oling, so‘ngra yelim yoki plastilin bilan urug‘larni naqsh ustiga yopishtirib chiqing.






    O'quvchilarning avvalgi darslarda olgan naqsh haqidagi tushunchalari ularning yodiga tushiriladi. Naqshlar ganchkorlik, kandakorlik, kashtado‘zlik, zardo'zlik, gilam to'qish, yog'och o'ymakorligi va boshqa bezak san’ati turlarida qo'llanilishi aytib o'tiladi. Naqshlar o'simliksimon, geometrik, qush, hayvon va boshqa narsalar tasviridan tashkil topishi xususida ham so'z yuritiladi. O'simliksimon naqshlar barg, daraxt, gul va boshqa narsalar shaklini naqqosh tomonidan soddalashtirilib yoki murakkablashtirilib ma’lum qonuniyatlar (stilizatsiyalash) asosida takrorlanishidan hosil qilinishi haqida gapiriladi. Mazkur darsda kvadrat shaklidagi naqshlarga urg'u beriladi. Kvadrat shaklidagi naqshlardan namunalar ko'rsatiladi. Bunda oqituvchi shu viloyatning o'ziga xos so'zana, do'ppi, belbog', gilamlari asosida suhbat uyushtirishi mumkin. O'qituvchi kvadrat naqsh tasvirlangan san’at asarlarining reproduksiyalari slaydlaridan keng foydalanishi tavsiya etiladi. Suhbat jarayonida o'quvchilar e'tibori so'zana, gilamlar, ro'mollar, do'ppilarda ishlatiladigan naqsh elementlari, ularning o'ziga xos xususiyatlari, naqsh ustalari va ular haqida ma’lumot berishga qaratiladi.

    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. O‘zingiz yasab ko‘ring:



    Ish yakunida o‘quvchilar yasagan ishlar yig‘ishtirib olinadi. Ularning ishlari muhokama qilinadi va rag‘batlantiriladi.

    Download 6,77 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




    Download 6,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V. Dars jarayonida faol qatnashgan o‘quvchilarni rag’batlantirish va baholash

    Download 6,77 Mb.