Egotsentrizm so`zi lotincha «ego» - men va «centrum» - doira markazi so`zlaridan
olingan. Ma`nosi - o`z fikr-o`ylari, manfaatlari doirasida qotib qolgan insonning atrof-muhit va
odamlarga oid o`z bilimlari va o`zgalarga munosabatini o`zgartira olmasligini bildiradi.
Psixologiyada egotsentrizmning bir qancha turlari - bilishga oid, axloqiy va kommunikativ
egotsentrizmlar farqlanadi. Oxirgisi - boshqalarga biror xil ma`lumot berish jarayonida ularning
fikri bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslikda namoyon bo`ladi. Nazarimizda, zamonaviy
informatsion xurujlarning mualliflarida aynan shu kabi egotsentrizm kuzatiladi va ular o`zlariga
o`xshash faqat o`z manfaatinigina ko`zlaydigan avlod ongini qamrab olishga harakat qiladi.
Shuning uchun ham shaxsga psixologik himoya zarur. Psixologik himoya bo`lishi uchun shaxsda
mustaqil fikr bo`lishi lozim. Keyingi yillarda milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishiga katta
e’tibor berilishi bu narsa hukumatimizning ustuvor siyosatga aylandi. Ko’plab diniy bayramlar
ommaviy nishonlanmoqda, televideniye va matbuot tomonidan xalq ehtiyojida bo’lgan diniy
masalalar tez-tez yoritila boshlandi. Fuqarolar o’rtasida diniy ilm va an’analarga o’rganish qiziqish
kuchaydi. Biroq bundan foydalangan ba’zi shaxslar o’z manfaatlari yo’lida chet ellik yurtimizga
suqulib kirmoqchi bo’lgan ekstremistik oqimlar «da’vatchi»lariga aylandilar. Ular xorijliklar
tomonidan istaganlaricha mablag’ va diniy adabiyotlar bilan ta’minlandilar. Bu harakatlar tezda
o’z natijasini berdi. Farg’ona vodiysi va Toshkent shahrida avj olgan «vahhobiychilik» harakati,
jumhuriyatimizning deyarli barcha shahar va qishloqlariga yetib borishga ulgurgan «Hizb at-tahrir
al-islomiy» kabi guruhlarning keyingi yillarda Vatanimizning turli joylarida uyushtirgan fitna-
fasod harakatlari shundan darak beradi. Modomiki, biz yoshlarimizni, Prezidentiz aytganidek
Imom Buxoriylar, Naqshbandiylar va Yasaviylar ta’limoti asosida tarbiyalar ekanmiz, biz ularni
turli islom niqobi ostidagi g’arazli guruhlar bilan buyuk ajdodlarimiz amal qilgan va bizlarga ham
tavsiya etgan musaffo islom o’rtasini ajrata oladigan darajada bilimli qilishimiz zarur bo’ladi.
|