• 1. Matematika, ehtimollar nazariyasi
  • 2. Sanoat usulida o’zlashtirish
  • 4. Moddalarning kompleks fizikaviy-kimyoviy xossalari
  • Globallashuvning ijobiy natijalari




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/12
    Sana20.02.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #159498
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    5-Seminar

    Globallashuvning ijobiy natijalari - XX asrdagi zamonaviy ilm-fan yutuqlari odamlar 
    tasavvurini keskin o’zgartirib yubordi. Respub-likamiz intellektual salohiyati XX1 asrga kelib 
    jahondagi ko’pgina rivoj-lanayotgan mamlakatlardan ilgarilab ketdi. Olimlarimiz buyuk 
    bobolarimiz-ning o’zlashtirib, tarixiy merosimizni chuqur o’rganib, dolzarb muammolarni tadqiq 
    qilishga dadil kirishib, o’z mehnatlari bilan Respublikamiz ijtimoiy-iqtisoidiy rivojiga hissa 
    qo’shmoqdalar. Respublikamizda quyi-dagi yo’nalishlar bo’yicha jahon darajasidagi ilmiy 
    maktablar yaratilgan: 
    1. Matematika, ehtimollar nazariyasi, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellash, 
    informatika va hisoblash texnikasi. Astranomiya sohasida qadim zamonlardayoq kashfiyotlar 
    yaratilgan (Ahmad Farg’oniy, Beruniy, Ulug’beklarning kashfiyotlari).
    2. Sanoat usulida o’zlashtirish uchun yaroqli mineral xom ashyo zahiralarining hosil 
    bo’lishiga olib keladigan geologik jarayonlarning qonuniyatlarini o’rganish bilan bog’liq 
    tadqiqotlar.
    3. Molekulyar genetika, gen-hujayra injeneriyasi, biotexnologiya sohasidagi tadqiqotlar. 
    Bular mikrobiologiya sanoatida, atrof-muhitni muhofaza qilishda fan-texnika taraqqiyotini 
    ta’minlashning zarur omilidir. Respublikada organik va noorganik kimyo, o’simlik moddalari 
    kimyosi, biologiya va genetika, biotexnologiyalarni yaratish sohasida ilmiy maktablar shakllandi 
    va rivojlandi. O’zbek seleksiyalari yutuqlarini alohida ta’kidlash lozim. Keyingi yillarda 
    g’o’zaning 30 dan ortiq istiqbolli navlari yaratildi.
    4. Moddalarning kompleks fizikaviy-kimyoviy xossalarini o’rga-nish bilan bog’liq tadqiqotlar 
    yo’lga qo’yilgan. O’zbekiston radiotsion materialshunoslik va geliomaterialshunoslik kabi 
    yo’nalishlarda butun dunyoda e’tirof etilgan ustunlikka ega. O’zbekistonda yuqori energiyalar 
    fizikasi sohasida ilmiy maktab vujudga keldi.

    Download 0,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish