• Globallashuvning ijobiy tomoni shundan iboratki
  • 1. T. Livetning “Garverd biznes revyu” maqolasi haqida. Olomoncha madaniyat oqibatlari




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/12
    Sana20.02.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #159498
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    5-Seminar

    1. Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon. 
    2. Globallashuv - jahonning gomogenlashuvi (bir jinsli) va universallashuvi jarayoni. 
    3. Globallashuv - milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni. 
    Rossiyalik A.Parshev globallashuvga quyidagicha ta’rif beradi: «Aslida, globallashuvning 
    asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo’shimcha qiymatini, 
    dunyodagi asosiy zahiralarini o’zlashtirishdan iborat».
    Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma’naviyatiga o’tkazishi mumkin bo’lgan 
    ijobiy va salbiy ta’siri xususida Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining 
    quyidagi so’zlarida yaxshi ifodalangan: «Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam 
    berkitib o’tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. SHu bilan birga, ochilgan 


    eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo’lib uyimni ag’dar-to’ntar qilib tashlashi, 
    o’zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman». 
    SHuning uchun ham milliy istiqlol g’oyasi bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, 
    hayotimizni toza havo bilan ta’minlab, ayni paytda, «dovullar»dan saqlash omili ekanligini 
    anglash mumkin. 
    Globallashuvning ijobiy tomoni shundan iboratki, u xalqlarning, davlatlarning, milliy 
    madaniyat va iqtisodiyotlarning yaqinlashishini tezlashtiradi, ularning rivojlanish uchun yangi 
    imkoniyatlar ochadi. 
    Globallashuvning salbiy tomoni shundan iboratki, ko’p ming-ming mayda, qoloq etnik 
    guruhlar va millatlarning madaniyati, tili, rasm-rusmlari jahon bo’ylab kuchayib borayotgan 
    globallashuv jarayonlarida kata millatlar, yirik milliy madaniyatlar, boy tillar bilan raqobatlasha 
    olmay, o’z-o’zidan faol ijtimoiy-iqtisodiy, lisoniy-zaboniy hayotdan chetga chiqib qolmoqda. 
    Bunday sharoitda har bir ongli fuqaroning vazifasi – o’z millatining raqobatbardoshligini 
    ko’tarish, buning uchun uning faol siyosati, tadbirkor iqtisodiyoti, madaniyatida salmoqli yutuqlari 
    uchun kurashishdir. Buning uchun mustaqil O’zbekistonning har bir fuqarosi 4 ta sifatga ega 
    bo’lishi kerak: 1) zamonaviy mutaxassis bo’lishi; 2) o’zbek davlat tili, rus tili, ingliz tillarini 
    mukammal bilishi; 3) doim o’z bilim doirasini yangilab borishi va 4) tadbirkor-tashabbuskor 
    bo’lishi kerak

    Download 0,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. T. Livetning “Garverd biznes revyu” maqolasi haqida. Olomoncha madaniyat oqibatlari

    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish