• 1) Birinchi sababi
  • 3) Uchinchi sabab
  • L. Mamford yozishicha: «Bunday iqtisodiyot har qanday
  • Globallashuvning salbiy oqibatlariga




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/12
    Sana20.02.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #159498
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    5-Seminar

    Globallashuvning salbiy oqibatlariga albatta o’z vaqtida kurash olib borish lozim. Yoshlarda 
    dunyodagi mafkuraviy manzarasini va globallashuv ja-rayonlarini teran anglash va bu borada 
    zarur ko’nikmalar hosil qilib bormoq lozim. Buning uchun biz yuqorida bayon etganimizdek, 
    islom ekstremizmi va aqidaparastligiga keskin kurash olib bormoq uchun siyosiy, huquqiy, 
    ma’naviy bilimlarimizni chuqurlashtirishimiz lozim. Diniy ekstremizm va aqidaparastlikning 
    keltirib chiqarayotgan sabablarini o’rganmoq kerak.
    1) Birinchi sababi - mustamlakachilik va yangi mustamlakachilik, buyuk davlatchilik 
    shovinizmi.
    2) Xalqaro munosabatlarda musulmonlarga qarshi zo’rovonlik, musulmon davlatlarining 
    Farb mamlakatlaridan kuchayib ketmasligiga erishish niyati, «parchalab tashla va hukmronlik qil» 
    degan ko’p sinalgan siyosatni davom ettirish.
    3) Uchinchi sabab - iqtisodiy kamsitishlar, kalondimog’lik. Boshqa madaniyat, boshqa 
    sivilizatsiyaning, xususan, ko’p asrlik ildizlariga ega SHarq falsafasining bir qismi bo’lgan islom 
    sivilizatsiyasining fazilatlarini, umuman, islomning o’zini yaxshi bilmaslik, tushunmaslik hollari 
    kabi sabablarni ham ko’rsatib o’tish mumkin.
    2. Texnodeterministik konsepsiya texnikani xar doim insonga ijobiy ta’sir ko`rsatishini ishonchli 
    asoslaydi. Ilmiy taraqqiyot va texnika yutuqlari insonga ko`plab sirlarni ochib, uni ulkan miqdorda 
    moddiy boylik bilan ta’minlaydi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan bog`liq barcha muammo va 
    qarama-qarshiliklar, ya’ni texnik vositalarning biosferani xalokatga yaqinlashtiruvchi ta’siri 
    axborot aloqa davri deb ataluvchi insoniyat taraqqiyotining keyingi bosqichida ijobiy bartaraf 
    qilinishini ta’kidlaydilar. Texnikani optimistik baxolashda texnokratik nazariya katta axamiyatga 
    ega. Texnokratiya- jamiyatdagi shunday kuchki, u jamiyatning texnik-texnologiya taraqqiyoti 
    istiqboli xususidagi ilmiy bashoratida nufuzli ilmiy xulosalarga tayanadi. 
    Yevropada XVIII-asr oxirlaridanoq texnikaning xalokatli ta’siri xaqida xabarlar tarqala boshladi. 
    Turli falsafa maktabining vakillari texnika sivilizatsiyasi, uning qattiq, «temir sur’ati», beshafqat 
    va axloqsizligini ta’kidlab, xayot, tabiat, insonga xurmatsizligini qattiq tanqid qila boshladilar. 
    Ular jamiyatda texnikaga sig`inish, uni iloxiylashtirish xolati sodir bo`layotganiga, texnika 
    zamonaviy sivilizatsiyaning ofati bo`lajagiga o`z e’tiborlarini qaratdilar. Texnikaning nazoratsiz 
    taraqqiy etishi ekologik muammolarni tug`dirdi, xarbiy sanoat komplekslarining keng 
    rivojlanishiga sabab bo`lib, oqibatda insonni texnikaning ijro qismiga aylantirib qo`yadi. Agar 
    nazariyotchilarning bir qismi texnikaga pessimistik nazar bilan qarab, an’anaviy jamiyatga 
    qaytishni yagona yo`l deb qarashayotgan bo`lsalar, boshqalari esa texnikaning agressivligi va 
    murosasizligini ta’kidlab, inson bunday sharoitda faqat bitta iloji bo`lgan usul bilan qarshi turishi 
    mumkin, ya’ni kuchi yetganicha texnomadaniyatning parchalanishiga yordam berishi kerak, deb 
    xisoblaydilar. 
    Biroq, barcha muammo texnikaga emas, balki insonning o`ziga bog`liq. Texnika axloqiy jixatdan 
    mustaqil olam emas, uning majmui xususiyatida jamiyatning qadriyat tuzilmasi namoyon bo`ladi. 
    «Texnika-inson» ziddiyatlarining bartaraf qilinishi yangi tipdagi insonnning shakllanishiga bog`liq 
    bo`lib, bu madaniyatdagi biosferik tamoyillarini xisobga oluvchi, tabiat va inson munosabatlarini 
    uyg`unlashtirishga xarakat qiluvchi madaniyatning bosh muammolarni oqilona xal qilishni 
    ta’minlovchi sifatga ega bo`lgan yangi insondir. 
    Biosferik tamoyilning asoschilari V.I. Vernadskiy, K.E. sialkovskiy, A.L. Chijevskiy bo`lib, bu 
    nazariya D. j. Forrestr, D. Medouz, M.V. Mesarovich, E. Pestele, A. Pechchen kabi Rim klubi 
    olimlarining asarlarida takomillashtirildi. Biosferik tamoyil yerning evolyutsiyasini umumiy 
    geologik, biogenik, ijtimoiy va madaniy jarayon sifatida qaraydi, planetaning koevolyutsiya 
    asosida tabiiy va sun’iy xamkorlikda rivojlanishi zarurligini ko`rsatadi. Buning uchun omma 
    ongida «Hayotga etikaning tan berishi» ni singdirish lozim (A. Shveyser), bunga O. Leopold 
    tomonidan ishlab chiqilgan «aksiologik uchlik» tushunchasi asos bo`lishi mumkin; ya’ni, 
    1
    Irisov B. Din, aqidaparastlik va tahdid. Toshkent: «Ma’naviyat», 2000, 4,7-8- betlar.


    insonning artof-muxit bilan o`zaro munosabatini quyidagi qadriyat mezonlari belgilashi lozim: 
    butunlik, barqarorlik va go`zal olam. 
    Insoniyat bu qadriyatlarga amal qilib, sifatli yangi iqtisodiy tip-«Hayot iqtisodini» yaratishga 
    qodir bo`ladi. «Hayot iqtisodi» ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini inkor etmagan xolda na ishlab 
    chiqarishda eng yuqori miqdoriy manfaatni, na biror kerakli joyda zarur miqdordagi va zarur 
    sifatdagi boylikni ko`zlab ish tutadi. L. Mamford yozishicha: «Bunday iqtisodiyot har qanday 

    Download 0,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish