jahannamga elitadi. Har doimdagiday, g`urur erga urilganda eng yaramas illat yuzaga
chiqadi. Insoniyatning jinslarga bo`linishi koinotning tabiat qonunlariga kura
qutblanishi tajassumidir. erkaklar va ayollar qo`shimcha ilk sabablardir. Jinsiyat
ularning ilohiy va nasl qoldirish bo`yicha o`zaro kelishuvidir. Shuning uchun ham bir
jinsga mansub kishilarning oila qurishi tabiiy tartib buzilishining eng dahshatli
ko`rinishidir».
G`arbning o`zida ham sog`lom ma’naviyatli odamlar allaqachon bunday illatarni qoralab
kelgan: Insonda u yoki bu sifatlarning shakllanishi uning ma’naviy qiyofasining qay darajada
ekanligiga bog`liq. Bugun insoniyat tafakkuri taraqqiyotini kuzatsak, odamzod bir tamondan aql
bovar qilmas ixtirolarni ijod etayotgan bo`lsa, ikkinchi tamondan odamzod hatto hayvondan-da
battar ahvolda, chirkin tabanliklar botqog`iga botgan, ba’zi kimsalar o`z nopok illatlari bilan faqat
o`zinigina emas, o`zgalar hayotini ham zaharlamoqda, hatto kelajak avlod hayotini ham xarob
etmoqda. Insoniyat ma’naviy tanazzul girdobiga uchragan. Xushsurat axloqning o`rnini badsifat
xislatlar egallagan, olijanob maqsadli hayot tarzi bema’ni axloq va illatlar bilan bulg`angan,
inson ma’naviyati tubanlikka yuz tutgan. Buyuk tabiatning mo`’jaz xilqati o`z aqlu tafakkuri
bilan tabiatning barcha tirikligi orasida tengsizligi bo`laturib, shu aqlu tafakkurini o`z qo`li
bilan xiralashtirib, o`zini ma’naviy tubanliklar girdobiga otmoqdaki, bu har qanday aqli raso
kishini hayratlantirmay iloji yo`q. Masalan, ma’lumotlarga ko`ra, Buyuk Britaniyada mashhur
qo`shiqchi Elton Jon bir xil jins vakillarining nikohdan o`tib, oila qurishini erkinlik na’munasi
sifatida butun dunyoga ko`z – ko`z qilmoqda. Eng yomoni shundaki, bunday odamlarning yoshlar
o`rtasida ming – minglab muxlislari bor va ularning bu kabi jirkanch ishlari ana shu yoshlar
ongini zaharlamasdan qolmaydi albatta.
Bugun insoniyat taraqqiyoti turli tahdidlar ta`sirida
kechmoqda. Insoniyatning xavfsizlik va barqarorligiga rahna solishga, hatto uning hayotini
izdan chiqarishga qaratilgan tahdidlar kundan – kunga kuchayib bormoqda. Ushbu tahdidlar
dunyoning turli buzg`unchi kuchlari tamonidan shunday ustakorlik bilan tarqatilmoqdaki, u
o`zining jozibali ta’sir kuchi orqali ko`plab insonlarni kundan – kunga o`z domiga tortib
bormoqda. Sh. Faxrutdinov o`zining “Tahdid tushunchasi: nazariya va amaliyot“ risolasida
tahdidlarni shartli ravishda bir necha turlarga ajratib ko`rsatadi: iqtisodiy, sotsial, siyosiy, harbiy,
tabiiy – iqlimiy. Uning fikricha, “ tahdid” deganda inson hayotiy faoliyati, umuman, yashashni
chigallashtiruvchi hamda aniq tarixiy davr davomida aniq maqsad uchun yo`naltirilgan ijtimoiy
strukturani, to`g`rirog`i, davlatning siyosiy asosini zaiflashtiruvchi, qolaversa, emirishga
qaratilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va nihoyat, umumsayyoraviy salbiy omillarning “ kirib
kelishi “ tufayli yuz beruvchi makon va zamonda muayyan salbiy siyosiy, ijtimoiy va tarixiy
vaziyatni tushunish mumkin.
Hozirgi paytda insoniyat hayotiga katta xavf tug`dirayotgan xalqaro terrorizm, diniy
ekstrimizm, narkoagressiya va SPID singari ofatlar ham odamlar hayotiga real ofat ekanligi
hammamizga ma’lum. Lekin bugungi kunda hamma ham bilavermaydigan, oshkora ko`zga
tashlanmaydigan, ma’naviy hayotimizni izdan chiqarishga qaratilgan jiddiy xatarlar ham borki,
ular insonni o`zligidan ayirishga, ma’naviy dunyosini tubanlik, jaholat illatlari bilan to`ldirishga,
hatto inson hayotini izdan chiqarib yuborishi bilan xavflidir. Inson ma’naviyatini o`z izmiga
solishga qaratilgan turli tahdid, xavf – xatarlar yalpi globallashuv jarayonlari ta’sirida, axborot
olamidagi yangiliklar bilan niqoblangan holda jamiyat hayotiga shu qadar shiddat va katta kuch
bilan kirib kelmoqdaki, ularning tuzatib bo`lmaydigan zararini hamma ham anglayolmaydi, buni
faqat keng fikrlaydigan, bu buzg`unchi, xavfli ofatning mohiyatini anglayoladigan odamlargina
tushunib etadilar.
Bugun insoniyatga bo`layotgan tahdidlarning eng xatarlisi harbiy yoki iqtisodiy tahdidlar
emas, balki ma’naviy – mafkuraviy tahdidlardir. Zero, inson ma’naviyatini egallashga qaratilgan
har qanday mafkura insonni bemalol o`z ta’siriga bo`ysundiraoladi. Buni biz uzoqdan emas, yaqin
kunlarda mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligiga qilingan turli tahdidlar misolida ham
ko`rishimiz mumkin. eng so`nggi tahdid sifatida Andijon voqialarini oladigan bo`lsak,
buzg`unchi kuchlar turli tuhmat, bo`hton va uydirmalar orqali xalqning fikrini chalg`itishga, ayrim
odamlar ma’naviyatini egallab, mamlakatda to`s – to`palon uyushtirish, osoyishta yashayotgan
butun bir xalq hayotini izdan chiqarishga harakat qilishdi.
Glaballashuv jarayonlari jadallashib borayotgan bugungi kunda mafkuraviy, g`oyaviy,
ma`naviy tahdidlar mamlakatimiz kelajagi uchun eng katta xavf-xatarlardan biri bo`lib qolmoqda.
Ilm-fan, texnika yutuqlari rivojlanib borayotgan bugungi kunda bunday tahdidlar yanada
xavfliroq bo`lib bormoqda. Mafkuraviy, g`oyaviy, ma`naviy taxdidlarni o`z vaqtida seza olmaslik
yoki unga e`tiborsizlik tuzatish qiyin bo`lgan holatlarga olib kelishi mumkin.
Tabiatda bo`shliq bo`lmagani singari jamiyatning ma`naviy hayotida ham bo`shliq
bo`lmasligi kerak, qaramlik yillarida bosqinchilarning milliy ma`naviyatimizni yo`qotishga
qaratilgan siyosati oqibatida yuzaga kelgan bo`shliqni insoniy fazilatlarning o`rniga qabixlik,
buzuqlik, vahshiylik singari illatlar to`ldirgan edi.
Atrofga nazar tashlar ekanmiz bunday taxdidlar oqibatida dunyoning ayrim xududlarida
ma`naviy yo`qotishlar sodir bo`layotganligini, butun boshliq millatlarning asrlar mobaynida
to`plab kelgan ma`naviy meroslari yo`qolib borayotganligini, ularning turmush tarzlari, milliy
mentalitetlari izdan chiqayotganligini ko`rish mumkin.
Mafkuraviy, g`oyaviy, ma`naviy taxdidlarning eng xavfli tomoni shundan iboratki u jamiyat
a`zolarini eng avvalambor, yoshlarni o`z vataniga, xalqiga, millatiga bo`lgan muxabbatini
so`ndiradi, ulardagi millatparvarlik, vatanparvarlik g`oyalaridan chalg`itib, ularni befarq
kishilarga aylantiradi. I.A.Karimov milliy-ma`naviy tiklanish yo`lidagi tahdid to`g`risida gapirib
shunday deydi “Ma`naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e`tiqodan qat`i nazar, har qaysi
odamning tom ma`nodagi erkin inson bo`lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy
dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko`zda tutadigan mafkuraviy, g`oyaiy va informatsion
xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o`ylayman”.
Ma’naviyatga bo`layotgan tahdidlarning xavfli tamoni shundaki, buzg`unchi kuchlar o`zlariga
nishon qilib, avvalombor, barchamizning eng aziz, eng katta boyligimiz, ko`zimiz qorasi bo`lmish
yoshlarimizni tanlashmoqda, turli niqoblar, birinchi galda so`z va fikr erkinligi, inson va jamiyat
erkinligi deb atalgan niqoblar bilan ularning fikrini chalg`itishga, zamonaviy usul va vositalar
orqali ularning hali murg`ak qalblarini egallashga intilmoqdalar. Bu holatlarni oldini olishning
eng asosiy vazifalaridan biri “...hurmatli domlalarimiz va professor o`qituvchilarning eng muhim
vazifasi- yosh avlodga puxta ta`lim berish, ularni jismoniy va ma`naviy yetuk insonlar qilib
tarbiyalashdan iboratdir” Ular iloji boricha, yoshlar ongida asrlar davomida shakllanib kelgan
milliy qadriyatlarga nisbatan bepisandlik, hurmatsizlik kayfiyatini uyg`otib, o`z mafkurasi va
g`oyasini singdirishga intilmoqdalar.
Xalqaro maydonda yuz berayotgan ijtimoiy – siyosiy jarayonga nazar tashlasak, turli siyosiy
kuchlar o`zlarining strategik maksadlariga intilib, «erkinlik» va «demokratiya» niqobi ostida
faol harakatda. Bu buzg`unchi kuchlar o`z fa’oliyatlarini hamon ustalik, silliqlik bilan, bejirim
bezaklar bilan olib bormokdaki, har kanday kishini manfur niyatlari girdobiga tortish imkoniga
ega. Bu kuchlar o`z niyatlari yulida millionlab mablag`larni ayayotganlari yo`k, ular er
yuzining istagan nuktasida, istagan xalqni o`zligidan ayirish va o`z ta’sir doirasiga olishni
niyat qilib, buning ortidan millionlab foyda, daromadni ko`zlab ish yuritmoqdalar.
Insoniyat tarixi davomida har bir xalk shakllanishi asnosida uning milliy ma’naviyati,
madaniyati ham o`z shakl -shamoyilini topib bordi. Ma’naviyat bobida sharqona va g`arbona
qarashlar vujudga keldi. Har bir qutb ma’naviyatining o`ziga xos tamonlari bo`lib, ularning
o`zaro nomutanosib tamonlari ham mavjud. Sharq ma’naviyati kabi g`arb ma’naviyatining ham
boy imkoniyatlari, fazilatlari bugungi g`arb dunyosi ma’naviy olamini boyitib kelmokda.
Bugun g`arb ma’naviyati bilan bog`lik qarashlar sifatida taraqqiyotning so`nggi davriga xos
shunday tushunchalar paydo bo`ldiki, afsuski, ularning ba’zilari hatto bugun g`arb
dunyosinidagi sog`lom ma’naviyatli insonlar qalbini larzaga solgani holda, sharqona
ma’naviyatga nisbatan g`oyaviy tahdid, tajavvuz sifatida namoyon bo`lmokda. Hatto g`arbning
o`zi ham bugun o`zini ojiz sezayotgan buzg`unchi kuchlar dunyoga shunday illatlarni targ`ib
– tashviq etmokdalarki, bu tashviqotlar zamirida inson ma’naviyati, axloqi, millat manfaati
bilan bog`lik g`oyalar yotibdiki, butun bir xalq, millat taqdiri, kelajak avlod hayoti xavf ostida.
Katta imkoniyatga ega bu kuchlar o`z mafkurasini singdirishga, ming yillik azaliy va muqaddas
qadriyatlarimizdan G`arb qadriyatlarini ustun qo`yishga urinadi. Ular bu qadriyatlarining tarixini,
mazmun – mohiyatini hech qachon xolis tushuntirmaydi, aksincha, ularning ma’nosi va falsafasini
o`z g`arazli maqsadlariga moslab, soxtalashtirib joriy etishga harakat qiladi. Ular o`z g`arazli
maqsadlarini “erkinlik“, “ demokratiya “ singari chiroyli so`zlar bilan bezab, o`rab – chirmab,
dunyo xalqlari turmush tarziga kiritishga zo`r berib urinmoqdalar.
Hozirgi kunda G`arb dunyosida erkinlikni niqob qilib olgan ayrim kimsalar nafaqat bizning milliy
an’analarimiz, balki barcha xalqlar uchun qadrli bo`lgan insoniylik aqidalariga to`g`ri
kelmaydigan turli buzg`unchiliklarni ommaviy axborot vositalari orqali ochiqdan – ochiq targ`ib
etayotganini ko`rib turibmiz. Natijada bugun odamlarni, xususan, yoshlarni buzg`unchi illatlar
ta’siridan himoya qilish masalasi davrimizning dolzarb muommosiga aylangan. Afsuski, bugun
jamiyatimzda ba’zan bu ta’sirlar girdobiga tushib qolib, o`z hayotini izdan chiqargan, jaholat,
buzg`unchiliklar tuzog`iga tushib qolgan kimsalarning paydo bo`layotgani sir emas.
Insoniyat tarixida ezgulik va bunyodkor g`oyalar bilan yovuzlik va buzg`unchilik g`oyalar
o`rtasida hamisha kurash bo`lganligini bilamiz. Insoniyatning, jumladan, O`zbekistonning bir
necha yuz yillik tarixida ham turli bosqinchiliklar oqibatida zulm, zo`ravonlik, kulfat urug`larini
sochish va qon to`kilishiga sabab bo`lgan buzg`unchi g`oyalar va mafkuralarning halokatli ta`siri
bilan bog`liq qayg`uli sahifalar juda ko`p. Bu g`oyalar o`zlarida siyosiy bosqinchilik va
mustabidlik intilshlarini goh yashirin, goh oshkora ifodalagan holda diniy, milliy, sifiy shiorlarni
bayroq qilib chiqqan.
Jumladan, bol’shevizm bilan bir qatorda, XX asrning boshida mustabid g`oya va
mafkuraning boshqa shakli-fashizm paydo bo`ldi.
Bol’shevizm mafkurasi bo`lgan kommunistik ta`limot xalqlarning milliy-etnik o`ziga
xosliklarini yo`qotish, «proletar baynalminalligi» shiori bilan maydonga chiqqan bo`lsa, fashizm
bir hukmron millatning «irqiy-etnik sofligi» ni mutloqlashtirshni targ`ib-tashviq etdi. U
irqchilikning xomiysi hisoblanadi.
|