«Rasizm» so`zi «rasa» (irq) atamasidan kelib chiqqan




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana20.02.2024
Hajmi0,62 Mb.
#159498
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5-Seminar

«Rasizm» so`zi «rasa» (irq) atamasidan kelib chiqqan. Bu atama XVII asrdan boshlab 
Yevropada «insoniyat nasli» ni turli irqiy guruhlar, jumladan, «oq» va «sariq» irqqa ajratish uchun 
qo`llana boshladi. 
Irqchilik ta`limoti «oq tanli» larning afzalligi, ularning azaldan «oliy irq» etib tanlangani, 
boshqa irqlarning esa «oq» larga qaraganda nomukammal yaratilganligi va hamisha taraqqiyotning 
quyi pog`onalarida turishini asoslab beradi. Uning asosiy g`oyasi o`zining «ilohiy» tabiatiga ko`ra 
«oq» irqlarni «quyi» irqlar ustidan hukmron qilishga da`vat etishga qaratilgan edi. Irqchilik milliy 
mansubligi va terisining rangiga ko`ra turuvchi kishilarga tazyiq o`tkazish, ularni haqoratlash, 
urish va o`ldirish kabi harakat hodisalarda yaqqol namoyon bo`ldi.
Irqchilik-ko`p qiyofali 
Masalan o`zini oliy irq hisoblagan ingliz, ispan, frantsuz bosqinchilari o`rta asrlar va ayniqsa, 
XVIII-XIX asrlarda Amerika, Avstriya, Afrika va Osiyoda erli xalqlarni ko`plab qirib tashladilar.
Yana bir yovuz g`oya-terrorizm bugungi kunda ham insoniyatga katta tahdid solmoqda. 
Insoniyata doimiy qo`rquv, fitna, g`alamislik muhitini vujudga keltirish, zo`ravonlik yo`li bilan 
jamiyat barqarorligini buzish, gunohsiz kishilar, jumladan, bolalarning halok bo`lishiga olib 
keladigan siyosiy maqsaddagi o`ldirish va portlashlar bu mudhish g`oyaning asl mohiyatini tashkil 
etadi. (Beslan fojiasi) 2004 yil 1 sentabr, Beslan shahridagi barcha maktablarda bayramona 
kayfiyat hukmron. O‘quvchilar qo‘llarida gul tutib «Bilimlar kuni» munosabati bilan 
o‘tkaziladigan bayramga oshiqishyapti. Shu jumladan, shahardagi 1-sonli maktab o‘quvchilari 
ham. O‘sha kuni ertalab soat 9:00da shahardagi 1-sonli maktabda ham yangi o‘quv yilining 
ochilishi munosabati bilan bayram tadbiri boshlanadi. Tadbirda maktab o‘quvchilaridan tashqari 
ularning ota-onalari va boshqa mehmonlar ham qatnashayotgandi. Shu payt bir guruh qora niyatli 
shaxslar maktabga kirib keladi. Ularning bir qismi maktab hovlisining orqa tomoniga o‘tadi. Bir 
qismi esa to‘g‘ri maktab hovlisiga bostirib kirib, qurollardan havoga o‘q uzib, barchani maktab 
sportzaliga haydashadi. O‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari shok holatiga 
tushadi va maktabga terrorchilar hujum qilganini anglashadi. Oradan 10 daqiqa o‘tib 
Pravoberejniy tuman ichki ishlar bo‘limiga taxminan 20 nafardan oshiq qurollangan shaxs 
Beslandagi 1-sonli maktabda odamlarni garovga olgani haqida xabar kelib tushadi. Bu paytda 
terrorchilar garovga olinganlarni maktab sportzaliga qamab, hamma joyga bomba o‘rnata 
boshlaydi va garovdagilardan uyali telefonlar, fotoapparatlar hamda sumkalarni tortib olishadi. 
Ular o‘zlariga qarshi chiqqan uch kishidan ikki nafarini otib o‘ldirishadi, uchinchisi og‘ir 
jarohatlanadi. Shundan so‘ng terrorchilar garovga olinganlar orasidagi erkaklar va yuqori sinflarda 
o‘qiydigan o‘g‘il bolalarni alohida ajatib sportzaldagi xonalardan biriga qamab qo‘yishadi. 
Ayollar va bolalarning bir qismini tirik nishon sifatida derazalar oldiga tik turg‘izib qo‘yishadi, 
qolganlar sportzal sahniga joylashadi. Terrorchilar Moskvadagi «Nord-ost» teatridagi ish bu yerda 


ham qaytarilmasligi uchun derazalarning oynasini sindirib chiqishadi (2002 yilda bir guruh 
terrorchilar Moskvadagi «Nord-ost» teatrida tomoshabinlar va teatr jamoasini garovga olganda 
ularni zaharli gaz bilan zaharlab so‘ng bino shturm qilingan edi). Bu orada Beslandagi hodisadan 
Shimoliy Osetiya ichki ishlar vaziri Kazbek Dzantiyev va respublika rahbari Aleksandr Dzasoxov 
xabar topadi. Shundan so‘ng butun respublika bo‘ylab huquqni himoya qilish organlari oyoqqa 
turadi. Maktabni Pravoberejniy tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari o‘rab oladi. Terrorchilar 
maktabni egallaganidan yarim soat o‘tib bu hodisa haqida Moskvaga, Federal xavfsizlik xizmati 
bosh idorasiga xabar beriladi. FXXda zudlik bilan «Qo‘lga olish» rejasi ishlab chiqiladi va maxsus 
guruh Beslanga jo‘natiladi. Bu paytga kelib maktab atrofiga yong‘in xavfsizligi va favqulodda 
vaziyatlar vazirligi xodimlari ham maxsus texnikalar bilan yetib keladi. Beslandagi hodisadan 
xabar topgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochida ta'tilda bo‘lishiga qaramay Moskvaga 
qaytadi.Shundan so‘ng Beslanga Shimoliy Osetiya rahbari Aleksandr Dzasoxov, respublika 
parlamenti raisi Taymuraz Mamsurov, FXXning Shimoliy Osetiya bo‘yicha rahbari Valeriy 
Andreyev, Shimoliy Kavkazdagi 58-armiya qo‘mondoni V. Sobolev va boshqa ko‘plab 
mutasaddilar yetib kelishadi. Soat 11:00da terrorchilar bilan muzokara o‘tkazish uchun 
V.Zanginov va Shimoliy Osetiya muftiysi Ruslan Valgasov oq bayroq ko‘targan holda maktab 
binosi tomon harakatlana boshlaydi. Biroq terrorchilar o‘q uzib ularni binoga 
yaqinlashtirmaydi.Oradan biroz o‘tib terrorchilar garovga olingan ayollardan birini xat bilan 
tashqariga chiqarishadi. Xatda ular o‘zlari bilan muzokara o‘tkazish uchun Shimoliy Osetiya 
rahbari Aleksandr Dzasoxov, Ingushetiya respublikasi rahbari Murat Zyazikov, Rossiya prezidenti 
maslahatchisi Aslanbek Aslaxanov va bolalar shifokori Leonid Roshal (Yana bir versiyaga ko‘ra 
Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi, general-polkovnik Vladimir Rushaylo) maktab ichkarisiga 
kirishi lozimligini talab qilishgan edi.Terrorchilar ularning har biri uchun 150 nafardan bolani 
qo‘yib yuborishga va'da berishadi. Bundan tashqari, terrorchilar, agar huquqni himoya qilish 
organlari tomonidan maktabga qurolli hujum qilinadigan bo‘lsa, har bir halok bo‘lgan terrorchi 
uchun garovdagilardan 50 nafarini, har bir yaralangan terrorchi uchun esa garovdagilardan 20 
nafari o‘ldirilishini ma'lum qilishadi. Terrorchilar hech qanday muzokaraga ko‘nishmaydi va 
dastlab talab qilgan shartlarida turib olishadi. Ular bilan rasmiylar orasida Leonid Roshal aloqachi 
bo‘lib turadi. Bolalar shifokori bo‘lgan bu shaxs 2002 yilda «Nord-ost» teatrida bo‘lib o‘tgan 
hodisada ham mutasaddilar va terrorchilar o‘rtasida vositachilik qilgan edi. Vladimir Putin 
Turkiyaga rejalashtirilgan tashrifni bekor qiladi. 2 sentabr kuni kechki payt u televideniye orqali 
rossiyaliklarga qilgan murojatida hukumat rasmiylari uchun birlamchi maqsad garovdagilarni 
terrorchilar qo‘lidan sog‘-omon qutqarib olish bo‘layotganini bildiradi. Tushdan keyin 
Ingushetiyaning birinchi prezidenti Ruslan Aushev maktab binosiga kirib boradi va terrorchilar 
bilan yuzma-yuz muzokara o‘tkazadi. Aushev terrorchilar bilan kelisha olmaydi, ammo bu 
harakati ortidan ular yosh bolasi bor 26 nafar ayolni garovdan ozod qilishadi. Beslan fojiasi 
oqibatida jami 333 nafar inson halok bo‘ladi. Ulardan 186 nafari bolalar edi. Diniy ekstremizm - 
ma`lum syosiy maqsadlar yo`lida va din niqobi ostida mutaassiblar yoki ularning irodasiga ko`ra 
ish ko`ruvchi guruhlar tomonidan olib boriladigan o`ta ashaddiy harakatlar va qarashlar majmuini 
anglatadi. Diniy aqidaparstlik - esa siyosiy mavjud ijtimoiy muammolarni ilk, ya`ni mazkur din 
paydo bo`lgan paytdagi arkonlar asosida hal etmoq niyatidagi harakat va qarashlardan iborat. 
Dunyoning ba`zi mamlakatlarida bugungi kunda ham mavjud hukmlar dindan boshqa dinni targ`ib 
qilganlar jazolanadi. Jumladan, Afg`onistonda «Tolibon» harakati hukmronligi davrida ularning 
boshlig`i Mulla Muhammad Umarning ko`rsatmasiga binoan Afg`onistondagi buddizm diniga 
mansub madaniy yodgorliklar ham yo`q qilinishiga fatvo berildi. Natijada XV asr ilgari bunyod 
etilgan Bamiyon shahrida dunyodagi eng yirik va balandligi 53 metrlik 2 ta budda yodgorliklari 
o`qqa tutilib buzib tashlandi. Bu hatti-harakatlar islom dinining boshqa dinlarga bag`rikenglik 
asosidagi munosabatlariga zid bo`lganligi uchun barcha taraqqiyparvar kuchlar tomonidan 


qoralandi. U insonni bir mute, qul, taqdirning o`yinchog`i deb qaraydi, inson qalbi, ma`naviy 
ehtiyojlari bilan mutlaqo hisoblashmaydi. Islom dinining tasavuf ta`limoti ahli tarixda hayotga, 
jamiyat va inson masalalariga keng qaraganlar. Bu chin ma`nosi bilan insonparvarlik ta`limotidir. 
Chunki sufiylar, garchi chin musulmon sifatida shuhrat qozonib, islom dini tozaligi uchun 
kurashgan bo`lsalarda, ammo hech qachon o`zga dinlarni kamsitmaganlar. Shu sababli tasavvufni 
diniy bag`rikenglik ta`limoti, inson kamolotiga yo`l qidirgan hamda jaholatga qarshi kurashib 
kelgan ma`rifiy ta`limot, deb tushunamiz. Hozirgi kunda bizning turmush tarzimizga, 
ruhiyatimizga nisbatan qilinayotgan ma`naviy-ma`rifiy hurujlarning usullari tobora noziklashib 
borayapti. Zararli g`oyalar turli kinofilmlar, televedenie ko`rsatuvlari va radio eshittirishlari 
shaklida, gazeta-juurnallar, internet tarmog`i va boshqa yo`nalishlarda uzluksiz ravishda 
tiqishtirilib, bizning milliy tushunchalarimizni barbod etishga, mafkuraviy immunitetimizni 
susaytirishga, yoshlarimizni durugaylashtirishga muntazam harakatlari sezilib turibdi. Bugungi 
kunda inson qalbini egallash uchun butun dunyoda to`xtovsiz kurash ketayapti. Bu zararli 
g`oyalarga qarshi xalqimizning or-nomusi, diniy va dunyoviy e`tiqodi, ma`naviy qadriyati, 
mafkuraviy immunitet vazifasini o`tashi zarur. Alohida bir odamning ruhiyati jamoa ruhiyatiga 
teng emas, albatta. eng qizig`i shundaki, jamoa ruhiyatida ongsizlik darajasi balandroq. Ommaviy 
taassurotda Ommaviy Axborot Vositalari tomonidan aytilgan gaplarga birdan ishonish, vahimaga 
tushish, salbiy informatsiyaga ko`proq berilish kayfiyatlari ancha kuchli. Buni Karl Yung 
«jamoaviy ongsizlik» deb ta`riflagan va bugungi kunda ushbu psixologik kategoriyani topib, uni 
isbotlab berilgani Yungning buyuk kashfiyoti deb hisoblanadi. Karl Yung ta`limotining ahamiyati 
shundaki, mazkur «jamoaviy ongsizlik» holatining jamiyatda paydo bo`lishi mafkuraviy 
immunitetni shakllantirish ishiga salbiy ta`sir qiladi. Yaqinda «Internet» sahifalari amerikalik 
siyosatshunos olim Patrik B’yukenenning «Smert Zapada» nomli kitobi paydo bo`ldi. e`tiborga 
molik jihat shuki, katta hajmdagi bir kitobning so`z boshisidayoq, muallif yaxlit bir millatlar va 
xalqlar taqdiriga aloqador bo`lgan voqealarni, G`arbning «taqdiri»ni jamiyat ma`naviyatidagi 
inqirozlarga, jumladan, oila va nikoh, tug`ilish va aholining tabiiy o`sishi borasidagi inqirozlar 
tahliliga bag`ishlagan. Ming taassuf va afsus bilan u «Yevropa «amerikacha» madaniyatni qabul 
qilib, bugun uning hayot tarziga singib ketganligiga qarshilik ko`rsatishga qodir emasligini e`tirof 
etadi. B’yukenenning fikricha, sanoati va yuqori texnologiyalari rivoj topgan jamiyatda 
odamlarning birdan boyib ketish, to`kin hayotga erishishga bo`lgan egoistik intilishi ularning asl 
qadriyatlarga, jumladan, oila va nikohga, yoshlar tarbiyasiga bo`lgan munosabatlarida keskin 
inqirozni keltirib chiqardi. Bu holatni u gedonistik psixologiyaning asosi deb baholab, uning 
oqibati jamiyatda qator ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarayotganligini ochiq e`tirof etadi.
Gedonizmning ma`nosi shundayki, shaxs va uning xulq-atvori motivlarida faqat nimalardandir 
lazzatlanish, qoniqish olish va o`zidagi ichki ruhiy iztiroblardan xoli bo`lishga intilish ustivor 
bo`ladi. To`g`ri, aslida insonning to`q va farovon hayotga intilishi, boy-badavlat yashashni 
xohlagani ayb emas, lekin bunday to`kinchilik insoniylikka qarshi bo`lishi mumkin emas. 
Muallifning tashvishi va uni xavortirga solgan narsa shuki, bunday ong va shuurdagi o`zgarishlar 
evropa xalqlarining eng zarur va muhim qadriyatlarga nisbatan salbiy munosabatlarda ifodalanadi. 
Masalan, bugungi Yevropada tug`ilayotgan bolalarning har uchtasidan bittasi nikohsiz 
tug`ilayotganligi, tug`ilishning keskin kamayib ketganligini, umuman ayollar o`zidan sog`lom 
zurriyod qoldirishni istamayotganligi, mablag`i etarli bo`la turib, farzand tug`ilishi va uni 
tarbiyalashga ketadigan mablag`ni qizg`anayotganligi yaqqol namoyon bo`lmoqda. Umuman 
G`arb ayollarining aksariyati turmushga chiqib, o`zidan munosib zurriyod qoldirish niyatidan 
tobora uzoqlashib bormoqda. 
Olimlarni mavjud ahvolni ijobiy tomonga o`zgartirish uchun farzand tug`ilishi uchun 
davlat tomonidan ajratiladigan nafaqalarning, suyunchi pullar miqdorining orttirilishi, onalar 
uchun alohida imtiyozlarning joriy etilishi yoki bola soni ortgani uchun oilaga ko`rsatiladigan 


muruvvat ayollarni sog`lom oila qurib, unda sog`lom farzandlarni tarbiyalashga undarmikin, 
degan savol o`ylantirmoqda va mulohazalar mantig`idan shu narsa ayon bo`lmoqdaki, zamonaviy 
yevropaliklarni bunday imtiyozlardan ko`ra, mansab pog`onalaridan ko`tarilib, o`z manfaatinigina 
o`ylab yashash ko`proq qiziqtiradi. Chunki zamonaviy G`arb yoshlari, xotin-qizlar uchun bu kabi 
imtiyozlar bola tug`ilishi va bu bilan bog`liq tashvishlar oldida hech gap emas. Shu kabi gedonistik 
psixologiya bizning yoshlarimiz ongida paydo bo`lmasligi, ochiq axborotlar makonida bemalol 
turli ma`lumotlarni qabul qilish imkoniyati paydo bo`lgan hozirgi sharoitda ularni ezgu 
maqsadlarga yqnaltirish, ularda sog`lom dunyoqarash, ertangi kunga ishonch, sobit g`oya, sog`lom 
hissiyotlar, el-yurt oldida, oilasi va yaqinlari oldida insoniy javobgarlik va yuksak mas`uliyat 
hislarini tarbiyalash millat manfaatiga bevosita aloqador vazifamizdir. Bunday aloqalarning 
kengayishi haqiqiy ma`naviy va madaniy qadriyatlarni munosib baholash imkonini berdi. Hozirgi 
yoshlar ham, ularning ota-onalari ham uchragan kinoni ko`rib, duch kelgan maza-matrasi yo`q 
kitoblarni o`qib ketayotgani yo`q. Ataylab yurtimizga olib kelinayotgan g`arbning 
sun`iylashtirilgan san`atidan, «keng iste`mol»dagi madaniyatidan norozilik sezilib turibdi. Bunday 
mahsulotning ilgarigi «man etilgan ne`mat»ga xos «lazzati», jozibadorligi deyarli qolmagan. 
Hozirgi kunda xorijning madaniy qadriyatlaridan foydalanishga ancha jiddiy va tanlab yondashish 
ehtiyoji kuchayib bormoqda. Lekin ochiq ommaviy axborot vositalari orqali tinimsiz ma`lumotlar 
quyulib kelayotgan sharoitda aynan hali ongi shakllanib ulgurmagan yoshlar uchun tahdid ham, 
ataylab uyushtirilayotgan mafkuraviy tajovuzlar ham bor.
Shunday sharoitda birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning fikrlari biz uchun hamisha 
dalda bo`ladi: «Eng muhimi, qalbimizda g`ururimiz, bilagimizda kuchimiz bor ekan, biz tinchlikni 
himoya qilishga, unga xavf solayotgan kuchlarga qarshi kurashishga, qaddimizni tik tutib, 
boshimizni baland ko`tarib yashashga qodirmiz. Bizni qo`rqitmoqchi bo`layotgan g`alamislar 
shuni bilib qo`ysinki, biz hech kimga bosh egmaganmiz va hech qachon bosh egmaymiz. Bunda 
bizga milliy g`oyamiz va mafkura g`oyaviy tayanch va asos bo`ladi (2001 yil 10 oktyabr). 
Zero, milliy mafkura xalqning maqsad-muddaolarini ifodalaydi, tarix sinovlaridan o`tishda uning 
ruhini ko`tarib, suyanch va tayanch bo`ladi, shu millat, shu jamiyat duch keladigan ko`plab hayotiy 
va ma`naviy muammolarga javob izlaydi. U insonga faqat moddiy boyliklar va ne`matlar uchun 
emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e`tiqod tufayli yuksak ma`naviyatga 
erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning 
taraqqiyot yo`lini yoritib beradi. Istiqlol mafkurasi ko`pmillatli O`zbekiston xalqining ezgu g`oya 
- ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo`lidagi asriy orzu-intilishlari, hayotiy 
ideallarini o`zida aks ettiradi. 
Darhaqiqat, davlatimiz rahbari ta`kidlaganlaridek, «Milliy g`oya va istiqlol mafkurasi 
haqida gap borar ekan, biz nihoyatda keng qamrovli, murakkab, ser-qirra, insoniyat tarixida aniq 
va mukammal ifodasi, tugal namunasi hali-hanuz yaratilmagan tushunchalarni o`zimizga tasavvur 
qilishimiz kerak, deb o`ylayman. Bu tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi 
kabi yuksak g`oyalarning ma`no-mazmunini teran anglab etishga xizmat qiladi. Bu mafkura xalqni 
xalq, millatni millat etadigan, uning sha`nu sharafi, or-nomusi, ishonch-e`tiqodini ifodalaydigan, 
jamiyatimizning o`ziga xos taraqqiyot yo`li, turmush tarzi, tub manfaatlariga tayangan holda 
muttasil rivojlanib, takomillashib boradigan g`oyalar tizimidir. 
Xalqni buyuk kelajak va ulug`vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, 
millati, tili va dinidan qat`i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo 
mas`uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va 
an`analarimizga munosib bo`lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, 
ularni yaratuvchilik ishlariga da`vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga 
aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. 


Davlatimiz rahbarining ko`rsatmalari va istiqbolli g`oyalaridan kelib chiqib, hozirgi murakkab 
sharoitda xalqimiz, avvalo, o`sib-unib kelayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy 
immunitet hosil qilish muhim va dolzarb ahamiyat kasb etgan vazifalarimizdandir. Bu ishni 
bamisoli niholga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog`bondek noziklik va mehr 
bilan, oqilona yo`l bilan amalga oshirish lozim. 

Download 0,62 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Rasizm» so`zi «rasa» (irq) atamasidan kelib chiqqan

Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish