Nizolarni hal qilishning shaxslararo usullariga




Download 157.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana11.12.2022
Hajmi157.45 Kb.
#34180
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-Mavzu. Nizo va stressni boshqarish

Nizolarni hal qilishning shaxslararo usullariga quyidagilar kiradi: 
• bosh tortish usuli. Rahbar ziddiyatlarni vujudga kelishiga qutqu soluvchi nizoli 
vaziyatlarga tushib qolmaslik, oqibati kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi masalalarni 
muhokama qilishga kirishmaslikka harakat qiladi; 
• silliqlash usuli. Rahbar hamkorlikka ehtiyojga murojaat qilib, nizoli vaziyatdan qochishga 
harakat qiladi. Afsuski, bu usulda ko’pincha nizoning asosida yotgan muammo esdan chiqariladi, 
u esa qoladi. Tuyg’u namoyon bo’lmaydi, ammo yig’ila boradi. Piravordida portlash sodir 
bo’lishi ehtimoli o’sadi; 
• ishontirish usuli; 
• majbur qilish usuli. rahbar o’z nuqtai nazarini qabul qilinishiga majbur qilish uchun 
hukmronlikdan foydalanadi. 
Quyidagilar ushbu usulning kamchiliklari bo’ladilar: 
• qul ostidagilarning tashabbusini bo’g’ish, faqat bitta nuqtai nazar taqdim etilganligi 
sababli barcha muhim omillar ham hisobga olinmas- liklari ehtimoli vujudga keladi
• murosaga kelish usuli, ya’ni boshqa nuqtai nazarni qabul qilinishi. Ushbu usul boshqaruv 
vaziyatlarida yuqori baholanadi, chunki yomon niyatlilikni kamaytiradi va nizoni tez hal qilish 
imkoniyatini beradi. Ammo muhim muammoni hal qilish munosabati bilan vujudga kelgan 


nizoning boshlang’ich bosqichida murosadan foydalanish, mukobillarni qidirib topishga halaqit 
berishi mumkin. 
• muammoni hal qilish usuli. Bu usuldan foydalanayotgan rahbar nizoli vaziyatni hal 
qilishning eng yaxshi variantini topishga harakat qiladi. Tadqiqotlar nizoli vaziyatlarni 
boshqarishga ushbu yondoshuvning yuqori samaradorligini tasdiqlaganlar. 
Menejer tomonidan nizoli vaziyatlarni hal qilishda tashkilotning qadriyatli mo’ljallari 
(hulq me’yorlari)ga o’zgarishlarni tashkiliy kiritish yo’li bo’yicha borish; har xil manfaatlarni 
hisobga olish mexanizmlarini ishlab chiqish; qarashlardagi yagonalikni ishlab chiqish uchun 
tadbirlar kiritish (guruhlar bilan muzokaralar olib borish, ishontirish usulidan foydalanish, 
maslahatlar o’tkazish, rozi bo’lish) tavsiya etiladi. 
Bunda menejerlarga hech qachon faqat nizoda ishtiroq etuvchi bir tomonning o’rganish 
bilan cheklanmaslik va buning asosida qarorlar qabul qilmaslik kerak. 
Nizolarni hal qilishning usullari va vositalari har xil bo’lishi mumkin. 
• shaxsiy (shaxsli yondoshuv); 
• rasmiy (ishlab chiqilgan yo’riqnomalar, qoidalar asosida); 
• ijtimoiy (guruhlarning ijtimoiy holatini hisobga olish bilan); 
• yuridik (qonun doirasidagi harakatlar). 
SHunday qilib, mehnat jamoalaridagi nizoli vaziyatlarni boshqarsa bo’ladi. Ularni bartaraf 
qilishda rahbarlar, menejerlarga katta rolь tegishlidir. 
Turli tuman yondoshuvlar va aniq axborotlar qarorlar qabul qilishga ta’sir ko’rsatuvchi 
muhim omillar bo’lgan murakkab vaziyatlarda menejerlar vujudga kelayotgan nizolarni o’z 
vaqtida aniqlashlari va ularni hal qilishlari, alohida hollarda vujudga kelgan vaziyatlarni 
rag’batlan- tirishlari va ulardan muammolarni hal qilish uchun foydalanishlari kerak. 

Download 157.45 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 157.45 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nizolarni hal qilishning shaxslararo usullariga

Download 157.45 Kb.
Pdf ko'rish