Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar




Download 157.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana11.12.2022
Hajmi157.45 Kb.
#34180
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-Mavzu. Nizo va stressni boshqarish

10.2.Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar. 
SHuni ta’kidlash kerakki, nizolarni turlarga bo’lish yetarlicha shartlidir. Nizolarning har xil 
turlari o’rtasidagi qat’iy chegaralar mavjud emas va amaliyotda quydagicha nizolar vujudga 
keladilar: tashkiliy vertikalli shaxslararo, gorizontalli ochiq guruhlararo va boshqalar. 
Quyidagilar nizolarning asosiy sabablari bo’ladilar: 
1. 
Hamma vaqt cheklangan bo’lgan resurslarni xodimlar yoki bo’linmalar o’rtasida 
taqsimlanishi. Rahbariyat materiallar, odam resurslari va moliyaviy mablag’larni har xil guruhlar 
o’rtasida shunday taqsimlashga harakat qiladiki, u tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishishga 
yordam bersin. Bunda har bir guruh kamroq emas, balki ko’proq olishni istaydi, natijada nizo 
vujudga keladi. 


2. 
Vazifalarning o’zaro bog’likligi. U bir odam yoki guruh vazifani bajarishda 
boshqa odam yoki guruhga bog’lik bo’lgan barcha yerda mavjud bo’ladi. 
3.Maqsadlardagi farqlar. Korxona borgan sari ixtisoslashayotgan bo’linmalarga bo’lingan 
vaqtda nizoli vaziyatlar vujudga keladilar. Ular o’z maqsadlarini o’zlari shakllantiradilar va 
ularga erishishga, butun tashkilot maqsadlariga erishishga qaraganda ko’proq e’tibor qaratishlari 
mumkin. 
4.Vaziyat va fikrlarni baholashdagi farqlar. Qandaydir vaziyat haqidagi tasavvur ma’lum 
maksadga erishish istagiga bog’liqdir. Vaziyatni ob’ektiv baholashning o’rniga, odamlar, 
ularning fikrlariga ko’ra, faqat o’zlarining guruhlari va shaxsiy extiyojlari uchun qulayroq 
vaziyatning muqobilligi va jihatlarini kurib chiqishlari mumkin. Masalan, qo’l ostidagi kishi 
o’zini hamma vaqt ham o’z fikrini ifodalash huquqiga ega deb hisoblaydi, shu bilan bir vaqtda 
rahbar, qo’l ostidagi kishi faqat undan so’ralgan paytdagina o’z fikrini ifodalash huquqiga ega va 
unga aytilgan narsani so’zsiz bajarishi kerak deb hisoblaydi. 
5.Hulqning odatlar va hayot tajribasidagi farqlar. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadilarki, har xil 
hayot tajribasi (ma’lumot, ish staji, yoshi va ijtimoiy ta’riflar)ga ega odamlar hamma vaqt ham 
to’liq o’zaro bir birlarini tushunishga erisha olmaydilar. Ularning hamkorlik qilishlarida nizolar 
vujudga keladi. 
6. Qoniqarsiz kommunikatsion aloqa. Axborotlarga ega bo’lmagan xodimlar vaziyat yoki 
boshqalarning nuqtai nazarini tushina olmaydilar, bu nizoning sababi bo’ladi. 
7. Xodimlarning lavozimli yo’riqnomalari, hamda bo’linmalar haqi- dagi qoidalarning 
yo’qligi, noaniqligi yoki takrorlanishi. 
8. Xodimning huquqlari, uning faoliyat natijalari uchun javobgarligining mutanosib yetarli 
emasligi. 
9. Jamoa a’zolari mehnatini baholashning o’ylab ko’rilmagan mezon- lari. 
10. Mehnatni yomon tashkil qilinishi va sharoitlari. 
11. Rahbarlik lavozimiga yangi kelgan odamda rahbarlik faoliyati, odamlar bilan ishlash 
qobiliyati va ko’nikmalarini yo’qligi. Bunday rahbar odamlarni uyushtira olmaydi. Xatto uning 
qo’l ostidagilarga ko’pgina qonuniy talablarni ham e’tiroz, salbiy reaktsiyani, ba’zida esa nizoni 
keltirib chiqadi. 
12.SHaxsning atrofdagilar bilan to’qnashuvga beriluvchi barqaror sifatlari, xarakteri 
alomatlarining mavjudligi, masalan o’z so’zida qattiq turib olishga moyillik, boshqalarning 
kamchiligiga chidamaslik, o’zini o’zi tanqid qilishni pasayishi, manmanlik va tarbiyasizlik. 
13.Boshqa odamning hususiyatlari yoki hulqiga nisbatan yanglish munosabatga asoslangan 
psixologik chidamaslik. Masalan, qandaydir kamchi- liklarni u yoki bu yosh, millat, kasb, 
Download 157.45 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 157.45 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar

Download 157.45 Kb.
Pdf ko'rish