• 10.3.Nizolarni boshqarish va ularni bartaraf etish yo’llari.
  • Nizolarni hal qilishning tarkibiy usullari
  • partiyalikning barcha vakillariga asossiz




    Download 157.45 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/8
    Sana11.12.2022
    Hajmi157.45 Kb.
    #34180
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    10-Mavzu. Nizo va stressni boshqarish


    partiyalikning barcha vakillariga asossiz
    to’nkashdan
    iborat bo’lgan xurofiy odatlar.
    Nizolar, agar ularni hal qilishning samarali yo’li topilmasa, quyidagi salbiy oqibatlarga 
    olib kelishlari mumkin: 
    • xodimlar qo’nimsizligini oshishi va mehnat unimdorligini pasayishi; 
    • kelgusida boshqa guruhlar bilan hamqorlik qilishni istamaslik; 
    • o’z guruhlariga haddan tashqari sodiqlik va boshqa guruhlar bilan unimsiz raqobot
    • muammoni hal qilishdan ko’ra, nizodagi “g’alaba”ga kattaroq ahamiyat berishga. 
    10.3.Nizolarni boshqarish va ularni bartaraf etish yo’llari. 


    Nizolarni boshqarish – bu nizo vujudga keltirgan sabablarni bartaraf qilish (kamaytirish), 
    nizo ishtiroqchilari hulqiga o’zgarishlar kiritish, ularning maqsadlarini o’zgartirish bo’yicha 
    maqsadga qaratilgan ta’sir ko’rsatishdir. 
    Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir necha usullari mavjud bo’lib, ular tarkibiy va 
    shaxslararoga bo’linadilar. 
    Nizolarni hal qilishning tarkibiy usullari quyidagilardan iborat: 
    • ishga talablarni tushuntirib berish. Har bir xodim va guruhga ularni qanday natijalar 
    kutilayotganligi, axborotlarni kim taqdim etish va kim olishi, vakolatlar va ma’suliyatning tizimi 
    kandayligi tushun- tirilishi kerak; 
    • vakolatlar (vazifalar)ni nizolashuvchi bo’linmalar orasida tegishli qoidalarga muvofiq 
    to’la, asoslangan va mustahkamlangan holda taqsimlanishi; 
    • nizolashuvchi bo’linmalar uchun maxsus muvofiqlashtiruvchi va integratsiyalovchi 
    mexanizmlardan foydalanish. Vakolatlar ierarxiyasini o’rnatish odamlarning o’zaro hamkorligini 
    tartibga solishga imkon beradi. Nizolarni boshqarishda xizmat guruhlari (maqsadiy guruhlar
    kengashlar), bilimlari, xodimlar o’rtasida aloqani amalga oshiruvchi xizmatlar muhim rolь 
    o’ynaydilar; 
    • umumtashkilotiy majmuaviy maqsadlarni belgilash. Bu maqsadlarni amalga oshirish 
    uchun ikkita yoki ko’proq xodimlar yoki bo’limlarning birgalikda harakat qilishi talab qilinadi. 
    Masalan, agar savdo bo’limining uchta sektori bir birlari bilan nizolashsalar, unda umuman 
    bo’lim uchun maqsadlarni shakllantirish kerak. Umuman korxona uchun aniq shakllangan 
    maqsadlarni shunday tartibda belgilanishi bo’limlar rahbarlari faqat o’zlarining bo’limlarini 
    emas, balki korxonaning maqsadlariga erishish uchun zarur bo’lgan qarorlarni qabul qilishlariga 
    yordam beradi; 
    • tashkilot boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini o’zgartirish, bo’linmalarni nizoni to’xtatish 
    maqsadida bo’lish yoki qo’shib yuborish; 
    • mukofatlash tizimidan foydalanish. Umumiy tashkiliy maqsadlarga erishishga o’z 
    ulushini qo’shayotgan, boshqa guruhlarga yordam berayotgan va muammolarni hal qilishga 
    majmuaviy yondashuvga harakat qilayotgan xodim- lar va bo’linmalar mukofotlanishlari kerak. 
    SHuning bilan bir vaqtda mukofotlash tizimi alohida shaxslar va guruhlarning noma’qul hulqini 
    rag’batlantirmasligi kerak. 

    Download 157.45 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 157.45 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    partiyalikning barcha vakillariga asossiz

    Download 157.45 Kb.
    Pdf ko'rish