10-Mavzu. Nizo va stressni boshqarish




Download 157.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana11.12.2022
Hajmi157.45 Kb.
#34180
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-Mavzu. Nizo va stressni boshqarish

Ruhiy sabablarga - qattiq qo’zg’alish, ishtahani yo’qotish, vo-qealarga, odamlarga 
nisbatan e’tiborsizlik kabilar kiradi. Hayot-da ruhiy sabablar tufayli vujudga kelgan stresslar 
judd tez-tez uchrab turadi. Masalan, odam o’zining (xudbinona) ehtiyojini xud-binlarcha 
qrndirsa, ya’ni shuhratparasglik, hasadgo’ylik farovonlikka erishuv yo’lidagi qo’rquv, 
hokimiyatga intilish tufayli nopok faoliyat ko’rsatsa va uning bu holati o’zini mard va olija-nob 
deb bilgan tushunchalarga mos kelmasa - shu holatda u o’z-o’zi bilan ziddiyatga, jazavaga 
tushgan holatda bo’ladi. 
YOKI 
boshqa bir ruhiy sabab - bu hissiy zo’riqish, ya’ni ehtiyojlarni qondirishga to’sqinlik 
qiluvchi omillar yoki taqtsir zarbalari: 
- eng yaqin kishisining o’limi; 
- urush, janjal, nizo va hokazolar; qanday sabablar bo’lishidan qat’i nazar - ichki yoki 
tashqi ta’sirdanmi baribir odamda asabiy holatni yuzaga keltiradi. 
Organizm uchun salbiy tuyg’ular bo’lgan quyqdagilar ham asa-biylashish uchun ruhiy 
sabablar rolini o’ynashi mumkin. 
- baxillik
- qahr-xunoblik 
- rashk
- dahshat
- ikkilanish
- shubha
- uyat
- sarosimalik
- jahl
- nafrat
- qoniqmaslik
- achinish
- toqatsizlik
- vijdon azobi
- makr
- norozilik
- xafagarchilik
- g’am
- noumidlik
- ranjish
- tashvish
- ozor
- qo’rqish
- xo’rlik
- haqorat
- yomon ko’rish
- adovat
Asabiy holatning vujudga kelishi va uning o’tib ketishi, ruhiy halovatsizlikni bilish, uni 
bartaraf etish kabilar rahbarlik faoliyatining diqqat markazida turishi kerak. Asabiylashgan 
holatda: 
- ongli faoliyatdagi ayrim tomonlar to’xtashdan qoladi; 


- idrokda, xotirada anglashilmovchiliklar paydo bo’ladi; 
- kutilmagan qo’zg’alishlarga nisbatan ayni bir xil bo’shagan ta’sirlar yuzaga chiqadi; 
- diqqat va idrok ko’lami torayib, halovatsizlik kuchayadi va boshqalar. 
SHunday vaziyatlarda noxush holatning oldini olish, ya’ni uni boshqarish kerak. Buning 
uchun rahbar ishini nimadan boshlashi kerak? 
Eng avvalo u asabiylashgan odamga nisbatan kamsituvchi mu-nosabatda bo’lmasdan, 
unga ziddiyat, halovatsizlik har bir shaxs hayotining ajralmas bo’lagi ekanligini, bunday holat 
nafaqat unda, boshqalarda ham bo’lishi mumkinligini, buni esa bartaraf qilishning iloji borligani 
anglatishi kerak. Bu asabiy holat-ni boshqarish va shunday vaziyatdan chiqishning eng qulay va 
oqilona yo’lidir. 
Hammadan ham xodim Sizning yordam berishga tayyor ekanli-gingazni sezishi kerak. Bu 
unga birinchi qadam qo’yishiga yordam bvradi. Balki gapni shunday boshlagan ma’quldir: 
"Sezishimcha, Sizni nimadir qiynayotganga o’xshaydi, agar Sizga yordamim tegsa, men buni jon 
deb bajaraman. Marhamat, istagan vaqtingizda menga murojaat qilishingiz mumkin ". 

Download 157.45 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 157.45 Kb.
Pdf ko'rish