• 1-bob. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining funksiyalari
  • 2-bob. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining funksiyalari
  • 12-Amaliy mashg’ulot Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini faoliyatini o’rganish




    Download 63,2 Kb.
    bet6/26
    Sana20.01.2024
    Hajmi63,2 Kb.
    #142144
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    12-Amaliy

    5-bob. Yakunlovchi qoida
    35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
    Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining funksional quyi tizimi doirasidagi aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha
    FUNKSIYALARI
    1-bob. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining funksiyalari
    1. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda — FVDT) faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirish va davlat nazoratini amalga oshirish.
    2. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilishga doir ishlarni muvofiqlashtirish va FVDT tarkibidagi tashkilotlarning samarali hamkorligini tashkil etish.
    3. Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognoz qilishning yagona tizimini boshqarish va nazoratini olib borish.
    4. Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish va amalga oshirish.
    5. FVDT boshqaruv organlari va aholini seysmik jarayonlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
    6. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlarini, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun jalb etiladigan kuchlarni favqulodda vaziyatlar sharoitlarida harakat qilishga tayyorlashni tashkil etish.
    7. FVDT funksional quyi tizimining:
    Yong‘in xavfsizligini ta’minlash xizmatini;
    Seysmik xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
    2-bob. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining funksiyalari
    8. Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish.
    9. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish chog‘ida jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish.
    10. Favqulodda vaziyatlar zonalarida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, obyektlar, hududlar, moddiy va madaniy qimmatliklarning qo‘riqlanishini hamda muhofaza qilinishini ta’minlash.
    11. FVDT funksional quyi tizimining Qo‘riqlash xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.

    Download 63,2 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 63,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12-Amaliy mashg’ulot Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini faoliyatini o’rganish

    Download 63,2 Kb.