|
-bob. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining funksiyalari
|
bet | 8/26 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 63,2 Kb. | | #142144 |
Bog'liq 12-Amaliy6-bob. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining funksiyalari
20. Favqulodda vaziyatlarning xususiyatini hisobga olib zarar ko‘rgan aholiga tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish, zarar ko‘rganlarga tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash.
21. Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, favqulodda vaziyat zonasiga dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika tezkor yetkazib berilishini ta’minlash.
22. Zarar ko‘rgan va transportda tashish mumkin bo‘lmagan kasallarni hisobga olish va ularning favqulodda vaziyatlar zonalaridan evakuatsiya qilinishiga doir ishlarni muvofiqlashtirish.
23. Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi vositalar zaxiralarini yaratish hamda ularni zarur darajada saqlashni ta’minlash.
24. Aholini favqulodda vaziyatlar sharoitida dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishga o‘qitish va tayyorlashning metodik asoslarini ishlab chiqish.
25. Xorijiy davlatlar hududida ro‘y bergan yoki transchegaraviy favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlanganlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilish tadbirlarining tibbiy ta’minotini amalga oshirish.
26. Tashish mumkin bo‘lmagan jabrlanganlarga chet elda tibbiy yordam berish tadbirlarini amalga oshirishda xorijiy davlatning tegishli tibbiyot muassasalariga ko‘maklashish.
27. Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlarda halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning ro‘yxatini yuritish.
28. Xorijiy davlatlar hududida yoki transchegaraviy favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga malakali va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni, shuningdek, ularning tibbiy reabilitatsiyasini ta’minlash.
29. Respublika hududida favqulodda vaziyatlarda jarohatlangan va halok bo‘lgan chet el fuqarolari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berish.
30. Obyektlarning sandrujina (postlari) soni, tarkibi va moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlanish me’yorlarini O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqish.
31. O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan birgalikda sanitariya drujinalari va postlarini dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyorlash.
32. Respublika hududidagi sanitariya-epidemiyaga oid ahvolni kuzatish, nazorat qilish va prognoz qilishni ta’minlash.
33. Sanitariya-epidemiologiya sohasida yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, respublika hududidagi yuqumli kasalliklar tabiiy o‘choqlari ustidan epidemiologik monitoring va epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar majmuini amalga oshirish.
34. Epidemiyalar va pandemiyalar sharoitlarida karantin tadbirlarini tashkil etish, tibbiy, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish.
35. Favqulodda vaziyat zonalarida sanitariya-gigiyena, radiatsion gigiyena, fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tashxisi bo‘yicha laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
36. Favqulodda vaziyatlar zonasidagi atrof-muhitning radioaktiv, kimyoviy, zaharlovchi moddalar va bakterial (biologik) vositalar bilan ifloslanishini nazorat qilish.
37. Inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.
38. Tibbiy profilaktika bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlash.
39. FVDT boshqaruv organlari va aholini favqulodda vaziyatlar mintaqalaridagi sanitariya-epidemiologik ahvol to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
40. FVDT funksional quyi tizimining:
Tibbiy yordam xizmatini;
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
|
| |