• 11-bob. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining funksiyalari
  • -bob. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining funksiyalari




    Download 63,2 Kb.
    bet10/26
    Sana20.01.2024
    Hajmi63,2 Kb.
    #142144
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
    Bog'liq
    12-Amaliy

    10-bob. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining funksiyalari
    49. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan shartnoma asosida chet davlatlarga ishga yuborilayotgan fuqarolar bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha FVV bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish.
    50. Favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish chog‘ida hayot faoliyatini tiklashga doir ishlarni bajarishga band bo‘lmagan aholini jalb etish.
    51. Favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qilingan aholi bandligini ta’minlash maqsadida ularni vaqtinchalik ish bilan ta’minlash.
    52. Mahalla fuqarolar yig‘inlari darajasida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni hal etishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga hamda boshqa tashkilotlarga ko‘maklashish.
    53. Mahalla fuqarolar yig‘inlarining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash.
    54. “Mahalla fuqaro muhofazasi” yig‘ma guruhlarini tuzish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
    55. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga aholini ixtiyoriy ravishda jalb etish.
    56. Aholining favqulodda vaziyat zonasidan xavfsiz joylarga evakuatsiyasini tashkil etishda ishtirok etish.
    57. Evakuatsiya qilingan aholini hisobga olishda va vaqtinchalik joylashtirishda ishtirok etish.
    58. Tizim obyektlarida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish.
    59. Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish.
    11-bob. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining funksiyalari
    60. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlarini xorijiy davlatda ro‘y bergan favqulodda vaziyat hududidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, ushbu hududdagi vaziyatning rivoji to‘g‘risida xabardor qilish.
    61. Xorijiy davlatlar hududida va transchegaraviy hududlarda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi bo‘lganda yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda, shu jumladan, epidemiyalar va pandemiyalarda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda xorijiy (chegaradosh) davlat hududida turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish.
    62. Favqulodda vaziyat ro‘y bergan xorijiy davlatlarning mas’ul davlat organlari bilan birgalikda jabrlanganlarga tibbiy va boshqa ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash.
    63. Xorijiy davlatlar hududida va transchegaraviy hududlarda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi bo‘lganda yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda chegaradosh davlat hududida turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsiz joylarga evakuatsiya qilinishini tashkil etish yoki ularni O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish, shuningdek, halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini O‘zbekiston Respublikasiga jo‘natish choralarini ko‘rish.
    64. O‘zbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarda jarohatlangan yoki halok bo‘lgan chet el fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlarning tegishli diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga yuborish.
    65. Konsullik ustavi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunchilik hujjatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish.

    Download 63,2 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




    Download 63,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining funksiyalari

    Download 63,2 Kb.