|
12-Amaliy mashg’ulot Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini faoliyatini o’rganish
|
bet | 1/26 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 63,2 Kb. | | #142144 |
Bog'liq 12-Amaliy
12-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini faoliyatini o’rganish.
Ishdan maqsad: O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini batafsil o’rganib chiqish va uni tahlil qilishni o’rganish.
Kerakli hujjat va adabiyotlar.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-son qarori O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida nizom.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 754-son qarori Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi to‘g‘risida.
Ishni bajarish tartibi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida nizom qachon tasdiqlanganligi va u necha bob, qancha moddadan iboratligi haqida to’xtalish kerak bo’ladi.
2. Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi to‘g‘risida. nizom qachon tasdiqlanganligi va u necha bob, qancha moddadan iboratligi haqida to’xtalish kerak bo’ladi.
1. Umumiy ma’lumotlar.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-son qarori
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining (keyingi o‘rinlarda — FVDT) tarkibini, asosiy maqsadi va vazifalarini, tashkiliy-funksional tuzilmasini hamda faoliyat ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. FVDTning tarkibi aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida vakolatlarga ega bo‘lgan yoki ushbu sohada majburiyatlar yuklangan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning tarkibiy bo‘linmalari, kuchlari va vositalaridan iborat.
3. FVDT tarkibiga kiruvchi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig‘i, favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari, ko‘rsatmalari va ushbu Nizom asosida olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mazkur Nizomda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
12-Amaliy mashg’ulot Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini faoliyatini o’rganish
|