-bob. FVDTning faoliyat ko‘rsatishi tartibi




Download 63,2 Kb.
bet5/26
Sana20.01.2024
Hajmi63,2 Kb.
#142144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
12-Amaliy

4-bob. FVDTning faoliyat ko‘rsatishi tartibi
26. Prognoz qilingan yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatning ko‘lami va holatiga qarab FVDT muayyan hududda quyidagi rejimlardan birida faoliyat yuritadi:
kundalik rejim — muayyan hududda, obyektda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi mavjud bo‘lmaganda;
yuqori tayyorgarlik rejimi — favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi mavjud bo‘lganda;
favqulodda vaziyat rejimi — favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda va favqulodda vaziyatlar davrida.
FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlari ro‘y bergan favqulodda vaziyatning turiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining, shuningdek tegishli obyektlar rahbarlarining qarorlari bilan joriy etiladi.
FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlarini joriy etish bo‘yicha qarorda:
tegishli faoliyat rejimini joriy etish uchun asos bo‘lgan holat;
favqulodda vaziyat ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hudud chegaralari yoki favqulodda vaziyat hududining chegaralari;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish uchun jalb etiladigan kuchlar va vositalar;
favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillarni yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish hamda aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha choralar;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun mas’ul mansabdor shaxslar yoki favqulodda vaziyatni bartaraf etish tadbirlarining rahbari belgilanadi.
Favqulodda vaziyat rejimini joriy etishda favqulodda vaziyatlar turlari, shuningdek, aholining hayot faoliyati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa omillar hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun qo‘shimcha talab etiladigan chora-tadbirlardan kelib chiqib, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishning quyidagi darajalaridan biri amalga kiritiladi:
a) obyekt darajasida bartaraf etish;
b) mahalliy darajada bartaraf etish;
v) respublika va transchegaraviy darajada bartaraf etish.
27. Quyidagilar FVDT faoliyat ko‘rsatish rejimlarida amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar hisoblanadi:
a) kundalik faoliyat rejimida:
atrof tabiiy muhitning holati, xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlardagi va ularga tutash hududlardagi vaziyat ustidan nazorat qilish hamda kuzatish, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotni to‘plash, tahlil qilish va almashish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha maqsadli va ilmiy-texnik dasturlar hamda tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga doir tadbirlarni rejalashtirish;
aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish usullariga va harakat qilishga o‘rgatish;
aholiga xabar berishning va uni xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimi shayligini ta’minlash hamda nazorat qilish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish hamda ularning o‘rnini to‘ldirib borish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
sug‘urtaning maqsadli turlarini amalga oshirish;
b) yuqori tayyorgarlik rejimida:
favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarga xabar berish, shuningdek, aholini xabardor qilish;
atrof tabiiy muhitning holati, xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlardagi va ularga tutash hududlardagi vaziyat ustidan monitoringni kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning ro‘y berishi ehtimolini, ko‘lamlari hamda oqibatlarini prognoz qilish;
favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hududlarda ularning ro‘y berishi xavfini baholash uchun tezkor guruhlarni tashkil etish, tahdid soluvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tezkor tadbirlarni va, zarur bo‘lganda, aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishni amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlar sharoitlarida aholini va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek, turar joy binolarining, hayot ta’minoti tizimlarining, obyektlar hamda iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash choralarini ko‘rish;
FVDT tarkibiga kiradigan davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining kecha-kunduz navbatchiligini tashkil etish;
FVDTga tarkibiga kiradigan davlat organlari va tashkilotlarning tezkor boshqaruv bo‘linmalari o‘rtasida axborot almashinuvini kuchaytirish;
FVDT kuchlari va vositalarini shay holatga keltirish, faoliyatni yuqori tayyorgarlik rejimiga o‘tkazish, ularning harakatlari rejalarini aniqlashtirish hamda zarur bo‘lganda, ularni favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi mumkinligi taxmin qilinayotgan hududga yo‘naltirish;
v) favqulodda vaziyat rejimida:
favqulodda vaziyatlar ro‘y berganligi haqida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarga xabar berish, shuningdek, aholini xabardor qilish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir rejalarni amalga kiritish;
aholining, moddiy va madaniy qimmatliklarning xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinishini tashkil etish;
favqulodda vaziyat zonasining chegaralarini belgilash, o‘rab olish (to‘sib qo‘yish), unga kirish-chiqish rejimini va unda harakatlanish rejimini belgilash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuchlarni jalb etish, mazkur tuzilmalar tomonidan favqulodda vaziyatlarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka va ularning birlamchi sabablarini bartaraf etishga doir ishlarni, qutqaruv ishlarini hamda kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarni amalga oshirish;
iqtisodiyot obyektlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini, shuningdek, jabrlangan aholining hayot faoliyati sharoitlarini ta’minlash ishlarini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlar zonalarida atrof tabiiy muhitning holati, avariya obyektlaridagi va ularga tutash hududlardagi vaziyat yuzasidan monitoring olib borish;
evakuatsiya qilingan aholini vaqtinchalik joylashtirish va uning hayot faoliyatini ta’minlash, tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish hamda aholining vaqtincha bandligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish;
favqulodda vaziyatlar zonalarida epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyena tadbirlarini bajarish;
birinchi navbatda infratuzilma obyektlarini tiklash, ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlarning faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
jabrlangan aholiga moddiy yordam ko‘rsatish, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni kompensatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.
28. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun quyidagi mablag‘lardan foydalaniladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi va davlat zaxirasining moddiy resurslari zaxirasi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan;
idoraviy moliyaviy va moddiy resurslarning zaxirasi — FVDT funksional quyi tizimlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan;
obyektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan;
xalqaro tashkilotlar va xorijiy donorlarning muruvvat yordami.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun birinchi navbatda zarur bo‘lgan tovarlar omborlari va zaxiralari tizimlaridan uning roziligi bilan foydalanish mumkin.
29. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari FVVning harbiy, ixtisoslashtirilgan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari, FVDT tarkibiga kiruvchi davlat organlari va tashkilotlarning tegishli tuzilmalari hamda bo‘linmalarining kuchlari va vositalari bilan amalga oshiriladi.
30. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir ishlarga rahbarlik qilish:
lokal favqulodda vaziyatlarda — hududida favqulodda vaziyat ro‘y bergan tashkilotning rahbari belgilagan mas’ul xodim tomonidan;
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — maxsus vakolatli davlat organi hududiy bo‘linmasining rahbari yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatning xususiyatiga qarab, tegishli sohadagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hududiy bo‘linmasi rahbari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar, shaharlar hokimlarining qaroriga asosan;
respublika miqyosidagi va transchegaraviy favqulodda vaziyatlarda — maxsus vakolatli davlat organining rahbari yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatning xususiyatiga qarab, tegishli sohadagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
31. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun resurslar yetarli bo‘lmagan taqdirda, ular obyekt ma’muriyati, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari rahbarlarining iltimosnomasiga binoan FVDTning respublika darajasidagi boshqaruv organlari zaxiralaridan ajratilishi mumkin.
32. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, tarmoqlar va obyektlarning barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash har bir darajada tegishli budjetlar, FVDTning funksional va hududiy quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash favqulodda vaziyatlar zonalarida joylashgan obyektlarning mablag‘lari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) mahalliy budjetlari hamda FVDTning funksional va hududiy quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ko‘rsatilgan mablag‘lar mavjud bo‘lmagan yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratiladi.
33. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular yuzaga kelganda ziyon va zararlar miqdorini kamaytirish bo‘yicha oldindan choralar ko‘rish maqsadida respublika va idoraviy harakat qilish rejalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va obyektlarning harakat qilish rejalari, shuningdek, FVDTning barcha darajalarida o‘zaro hamkorlikda harakat qilish rejalari ishga solinadi.
34. FVDT harakatlarini rejalashtirishga tashkiliy-metodik rahbarlik qilishni FVV amalga oshiradi.

Download 63,2 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 63,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. FVDTning faoliyat ko‘rsatishi tartibi

Download 63,2 Kb.