|
-bob. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining funksiyalari
|
bet | 14/26 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 63,2 Kb. | | #142144 |
Bog'liq 12-Amaliy19-bob. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining funksiyalari
97. Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavf darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining (keyingi o‘rinlarda — xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlari) xavfsizligini, ishonchli ishlashini hamda qo‘riqlanishini nazorat qilish.
98. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarini joylashtirish va loyihalash bo‘yicha topshiriqlarni hamda ulardan foydalanish bo‘yicha qoidalarni kelishish, shuningdek, ularning xavfsizligi qoidalari va mezonlarini ishlab chiqish.
99. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ularni foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish ishlarida ishtirok etish hamda tegishli xulosalar berish.
100. Favqulodda vaziyatlarda xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarining aholiga va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
20-bob. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining funksiyalari
101. Avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropolitendan xavfsiz foydalanish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
102. Yo‘l va yo‘l inshootlarining texnik holati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni FVDT kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlar mintaqalariga tashish uchun tayyorlash.
103. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qutqaruv tuzilmalarining, kuchlar va vositalarning, harbiy bo‘linmalarning, maxsus texnika resurslarining hamda moddiy resurslarning birinchi navbatda tashilishini ta’minlash.
104. Yong‘in va avariya-tiklash poyezdlari, ixtisoslashgan va qutqaruv tuzilmalari shaxsiy tarkibining temir yo‘l transportida favqulodda vaziyatlarni tugatishda qatnashishini ta’minlash.
105. Qidiruv-qutqaruv havo kemalari va ekipajlari hamda qidiruv va avariya-qutqaruv tuzilmalarining qutqaruv ishlarini olib borishda ishtirokini ta’minlash.
106. O‘zbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiyasida qidiruv va avariya-qutqaruv ishlarini olib boruvchi xizmatlar ustidan nazorat olib borish.
107. Favqulodda vaziyatlardagi evakuatsiya tadbirlari davrida tashishlarni amalga oshirish uchun evakuatsiya poyezdlari, avtotransport vositalari ajratilishini tashkil etish, buzilgan avtomobil yo‘llarini, shuningdek, transport infratuzilmasi obyektlarini tiklash.
108. Portlovchi, yong‘in xavfi bo‘lgan yuklar va kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalarni tashishda xavfsizlikni ta’minlash.
109. FVDT boshqaruv organlarini, yo‘lovchilar hamda aholini avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari va metropolitenda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi mavjudligi yoki yuzaga kelganligi to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek, ularning kutilayotgan oqibatlari, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
110. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
111. FVVga zarur axborotlarni taqdim etish.
112. FVDT funksional quyi tizimining:
Avtotransport xizmatini;
Avtoyo‘l xizmatini;
Qidiruv va parvozlarni avariya-qutqaruv jihatdan ta’minlash xizmatini;
Temir yo‘l va temir yo‘l transportida yong‘in, portlash xavfi bo‘lgan yuklar, kimyoviy moddalar va kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalar tashilishini nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-bob. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining funksiyalari
|