-bob. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining funksiyalari




Download 63,2 Kb.
bet16/26
Sana20.01.2024
Hajmi63,2 Kb.
#142144
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
12-Amaliy

22-bob. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining funksiyalari
123. Respublika aholisini, ishlab chiqarishga oid hamda ijtimoiy obyektlarni kundalik rejimda va favqulodda vaziyatlar sharoitlarida yoqilg‘i-energetika resurslari bilan uzluksiz ta’minlash ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish.
124. Atom energetikasini rivojlantirish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tegishli bo‘lgan atom energetik reaktorlari, yadro-fizik qurilmalar, yadroviy materiallar va radiatsiyaviy manbalarni hamda radiofaol chiqindilarni saqlash punktlarining xavfsizligini ta’minlash.
125. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni ta’minlash, ularda radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ixtisoslashgan kuchlarning harakat qilishga shayligini ta’minlash, shuningdek, ta’sir ko‘rsatish sohalari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish.
126. Tarmoq obyektlarida ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan avariyalar va halokatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
127. Tarmoq obyektlarida avariyalar kelib chiqishi ehtimolini va oqibatlarini prognoz qilish, tarmoqning birlashmalari va obyektlarida ularning favqulodda vaziyatlar sharoitida ishlarning barqarorligini oshirish.
128. Idoraviy mansub yirik gidrotexnik inshootlardan chiqarib yuborilayotgan suv hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni FVDT boshqaruv va tezkor-boshqaruv organlariga hamda mutasaddi xizmatlarga taqdim etib borish.
129. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar, shu jumladan, yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining yirik gidrotexnik inshootlari, neft va gazni qayta ishlash va boshqa xavfli obyektlarda hamda ularga yondosh hududlarda aholini favqulodda vaziyat ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabar berish va xabardor qilishning lokal darajadagi avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish.
130. Ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarini doimiy tayyorlik holatida saqlashni hamda tarmoq obyektlaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etishini ta’minlash.
131. FVDT boshqaruv organlari va aholini tarmoq obyektlarida avariyalar va halokatlar yuzaga kelishi xavfi mavjudligi yoki ro‘y berganligi, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlar sharoitida aholining harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
132. Favqulodda vaziyatlar natijasida shikastlangan energetika tizimlarini tiklash va ularni ta’mirlashni amalga oshirish.
133. Qutqaruv va avariya-tiklash ishlari uchun yetarli miqdorda yoqilg‘i-energetika resurslarini ajratish.
134. Issiqlik va gidravlik elektr stansiyalari, elektr va issiqlik tarmoqlari asbob-uskunalaridan ishonchli va xavfsiz foydalanishga oid, shuningdek, iqtisodiyot obyektlari va respublika aholisini elektr energiyasi hamda issiqlik bilan uzluksiz ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
135. FVDT funksional quyi tizimining:
Energetika xizmatini;
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini ta’minlash xizmatini;
Yoqilg‘i-energetika tarmog‘i obyektlarida ishlarni olib borishning holati va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.

Download 63,2 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Download 63,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining funksiyalari

Download 63,2 Kb.