12-Amaliy mashg’ulot Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini faoliyatini o’rganish




Download 63,2 Kb.
bet24/26
Sana20.01.2024
Hajmi63,2 Kb.
#142144
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
12-Amaliy

suv xo‘jaligi xizmati — suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidrotexnika inshootlarining barqaror ishlashini va ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash, ularda avariyalar va halokatlar yuz berishi mumkinligini prognoz qilish. Suv xo‘jaligi obyektlarining ish rejimini yoki ulardan bundan keyin foydalanish rejimini o‘zgartirish zarurligini belgilash, suv omborlaridan suvni avariya yuzasidan chiqarib tashlash. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv omborlari va ularga yondosh hududlarda lokal darajadagi aholini favqulodda vaziyat ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabar berish va xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish. Toshqinlar, suv bosishlari, sel oqimlaridan himoya qilish va ularning halokatli oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish, ishlab chiqish va amalga oshirish hamda toshqin suvlari va sel oqimlarini avariyasiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash;
muhandislik xizmati — tinchlik davrida himoya inshootlari fondi to‘planishi va mavjud bo‘lishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish, boshlang‘ich hududlarda zararlangan joylar tomonga harakat qilinganda, halokatli suv bosishi zonalarida va ishlar olib boriladigan obyektlarda, yirik yong‘inlarni o‘chirishda, tabiiy ofatlar, yirik avariyalar va halokatlar oqibatlarini tugatishda FVDTning kuchlari harakatlarini muhandislik jihatdan ta’minlash uchun favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga jalb etiladigan tegishli tuzilmalarni tayyorlash va ularning harakat qilishini tashkil etish;
kommunal-texnika xizmatlari — kommunal xo‘jaligi inshootlari va tarmoqlari ishlarining barqarorligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, ulardagi avariyalarni bartaraf etish, halok bo‘lganlarga maxsus ishlov berish, tashish va ommaviy ko‘mish shoxobchalarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish;
moddiy-texnika ta’minoti xizmati — evakuatsiya qilinadigan aholini eng zarur buyumlar va anjomlar (kiyim-bosh, poyabzal va shu kabilar) bilan ta’minlashni tashkil etish, tuzilmalarning shaxsiy tarkibini anjomlar va maxsus kiyim-bosh, shuningdek, iqtisodiyot obyektlarini ularning barqaror faoliyat ko‘rsatishi va buzilgan ishlab chiqarishni tiklash uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika vositalari va qurilish materiallari bilan ta’minlash;
tibbiy xizmat — aholi va tegishli tuzilmalarning shaxsiy tarkibi sog‘lig‘ini saqlashga, jabrlanganlar va bemorlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam berishga yo‘naltirilgan davolash-evakuatsiya, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;

Download 63,2 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 63,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-Amaliy mashg’ulot Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini faoliyatini o’rganish

Download 63,2 Kb.