sanitariya ishlovini berish va zararsizlantirish xizmati




Download 63,2 Kb.
bet25/26
Sana20.01.2024
Hajmi63,2 Kb.
#142144
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
12-Amaliy

sanitariya ishlovini berish va zararsizlantirish xizmati — zararlanish joylaridan chiqqan odamlarga sanitariya jihatidan ishlov berish, ularning kiyim-boshlari va yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini zararsizlantirishni tashkil etish va amalga oshirish;
aloqa, xabar berish va axborotlashtirish xizmati — boshqaruv organlarini barqaror va uzluksiz aloqa bilan ta’minlash, aloqa va xabar berishning turg‘un vositalariga foydalanish-texnik jihatdan xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va ularni nazorat qilish, shuningdek, ularni doimiy tayyor holatda saqlash, hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining ko‘rsatmalariga binoan xabar berish signallarini uzatish va qabul qilishni texnik jihatdan ta’minlash;
jamoat tartibini saqlash xizmati — favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazishda jamoat tartibini saqlash;
qo‘riqlash xizmati — favqulodda vaziyatlar zonalarida obyektlar, hududlar, moddiy va madaniy qimmatliklarni, shuningdek, aholi evakuatsiya qilingan joylarni qo‘riqlash;
yong‘in xavfsizligini ta’minlash xizmati — yong‘inlar profilaktikasini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish, yong‘inlarni o‘chirish, yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish;
yonilg‘i-moylash materiallari ta’minoti xizmati — favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etiladigan avtotransport vositalari va boshqa texnik vositalarni yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashni tashkil etish, ushbu maqsadlar uchun turg‘un va ko‘chma avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalaridan foydalanish;
texnik xizmatlar — texnikani texnik jihatdan soz holatda saqlash va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun jalb etiladigan avtotransport vositalarini texnik ta’mirlash, shikastlangan va nosoz texnikani qutqarish ishlari yo‘nalishlari va uchastkalaridan shikastlangan mashinalarni yig‘ma punktlarga va ta’mirlash korxonalariga evakuatsiya qilish, ta’mirlash korxonalari va tuzilmalarini ehtiyot qismlar va anjomlar bilan ta’minlash hamda ularning zaxirasini shakllantirish;

Download 63,2 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 63,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



sanitariya ishlovini berish va zararsizlantirish xizmati

Download 63,2 Kb.