• 32-bob. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining funksiyalari
  • 33-bob. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining funksiyalari
  • -bob. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining funksiyalari




    Download 63,2 Kb.
    bet20/26
    Sana20.01.2024
    Hajmi63,2 Kb.
    #142144
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
    Bog'liq
    12-Amaliy

    31-bob. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining funksiyalari
    176. Seysmik xavf-xatarni turli ko‘lamlarda baholash, hududlarning seysmik xavfi va seysmik xatariga doir har xil masshtabli xaritalarni tuzish, zilzilalarni vaqt kesimida prognoz qilish, binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligini ta’minlash bo‘yicha metodikalarni ishlab chiqish.
    177. Kuchli zilzila ro‘y bergan taqdirda, zilzila kuchini va uning hududlar bo‘yicha o‘zgarishini aniqlash, binolar va inshootlarning shikastlanish darajasini baholash uchun zilzila epitsentri hududida makroseysmik hamda boshqa tadqiqotlar o‘tkazish.
    178. Kuchli zilzilalarda aholi va hududlardagi talafotlarni kamaytirish hamda ularning oqibatlarini yumshatish, seysmik xavfsizlikni ta’minlashda seysmik xatarni baholashning ilmiy uslublarini ishlab chiqish.
    32-bob. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining funksiyalari
    179. Favqulodda vaziyatlar natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash hamda baholash ishlarini tashkil etish.
    180. FVVga zarur ma’lumotlarni taqdim etish.
    33-bob. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining funksiyalari
    181. FVV, FVDTning hududiy quyi tizimlari rahbarlari buyurtmanomalari bo‘yicha aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalariga oid teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish.
    182. Aholining ommaviy axborot vositalari orqali favqulodda vaziyat ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabardor qilinishini FVV bilan birgalikda tashkil etish.
    183. FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari bilan birgalikda aholi o‘rtasida favqulodda vaziyat zonasida qolgan odamlarning birinchi navbatdagi harakatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish.
    184. Inqirozli va favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda FVV tashabbusi bilan aholiga tezkor va xolis axborot yetkazish maqsadida maxsus axborot tadbirlarini tashkil etishga ko‘maklashadi.
    185. Yuqori darajadagi xavfga ega bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy va favqulodda vaziyatlarning axborot monitoringini ta’minlash (tabiiy, texnogen, antropogen ofatlar, halokatlar va h.k.) va bunday voqealarga mas’ul tashkilotlar tomonidan tezkorlik bilan munosabat bildirilishi yuzasidan zarur choralar ko‘radi.
    186. Aholining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida muntazam ravishda xabardor qilinishini ta’minlash.
    187. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan birgalikda aholini dastlabki tibbiy o‘zaro va o‘ziga o‘zi yordam ko‘rsatishga o‘qitish bo‘yicha maxsus eshittirishlarni tashkil etish.

    Download 63,2 Kb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




    Download 63,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining funksiyalari

    Download 63,2 Kb.