|
12-Amaliy mashg’ulot Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini faoliyatini o’rganish
|
bet | 23/26 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 63,2 Kb. | | #142144 |
Bog'liq 12-Amaliyavtoyo‘l xizmati — favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yo‘l-ko‘prik ta’minotini tashkil etish va amalga oshirish, yo‘llar va ko‘priklarni ta’mirlash va tiklash;
avtotransport xizmati — temir yo‘l va havo transporti organlari bilan birgalikda aholini joylashtirish va favqulodda vaziyatlar zonalaridan evakuatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuchlar va vositalarni yetkazib berish, ishchi smenalarini olib kelish (olib ketish), moddiy va tarixiy-madaniy boyliklar, noyob asbob-uskunalar, oziq-ovqat, qurilish materiallarini va boshqa moddiy vositalarni evakuatsiya hududiga olib chiqib ketish;
gaz ta’minoti xizmati — gaz ta’minoti inshootlari va tarmoqlarining barqaror ishlashini va ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash, ularda avariya-tiklash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
suv ta’minoti xizmati — suv ta’minoti inshootlari va tarmoqlarida avariya-tiklash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, suv manbalarining radioaktiv, kimyoviy va zaharli moddalar hamda bakteriyali vositalar va og‘ir metallar bilan ifloslanish (zararlanish)dan muhofaza qilinishini ta’minlash. Ichimlik suvi sifati va oqova suvlarni tozalash ustidan nazoratni ta’minlash;
veterinariya nazorati va hayvonlarni muhofaza qilish xizmati — hayvonlarda yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi (epizootiyalar)ning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar zonalarida sanitariya-veterinariya va epizootiyalarga qarshi tadbirlarni amalga oshirish. Epizootiyalarni tugatish. Rahbariyatga favqulodda vaziyatlar zonasidagi sanitariya-veterinariya holati to‘g‘risida axborot taqdim etish;
o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo nazorati xizmati — epifitotiyalarning oldini olish, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish. O‘simliklarni himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror ishlashini ta’minlash. Fitopatologik qidiruv ishlarini, qishloq xo‘jaligi yerlarining radioaktiv va zaharli moddalar bilan ifloslanishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish. Ekinzorlar, yaylovlar hamda chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlarini zararsizlantirish. Epifitotiyalarni tugatish;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
12-Amaliy mashg’ulot Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini faoliyatini o’rganish
|