|
-bob. O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligining funksiyalari
|
bet | 19/26 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 63,2 Kb. | | #142144 |
Bog'liq 12-Amaliy28-bob. O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligining funksiyalari
165. Geologik va gidrometeorologik xavfli uchastkalarda o‘rmonzorlar barpo etilishining oldi olinishini nazorat qilish.
166. O‘rmonlarni yong‘inlardan muhofaza qilish va epifitotiyaga qarshi kurashish.
167. O‘rmon xo‘jaligi sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlarni va prognoz ma’lumotlarni FVVga taqdim etib borish.
29-bob. O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining funksiyalari
168. Xavfli gidrometeorologik hodisalar prognozini tayyorlash va ularni kuzatib borish.
169. Sel va qor ko‘chkilariga qarshi tadbirlarni o‘tkazish zarurati bo‘lgan mintaqalar va hududlarni aniqlash.
170. Atrof tabiiy muhit (atmosfera, tuproq va yer usti suvlari)ning ifloslanishi, gidrologik rejim va daryolar qayirlari hamda o‘zanlaridagi toshqinlar xavfi monitoringini tashkil etish va o‘tkazish.
171. FVVga, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlariga gidrometeorologik axborot taqdim etish, ularni atrof tabiiy muhit ifloslanishining ekstremal yuqori darajalari to‘g‘risida xabardor qilish.
172. Favqulodda vaziyatni bartaraf etishga rahbarlik qiluvchi shaxsni favqulodda vaziyat ro‘y bergan joyga eng yaqin bo‘lgan meteorologik kuzatuv punkti ma’lumotlariga asosan mavjud gidrometeorologik sharoitlar to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
173. FVDT funksional quyi tizimining Tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yuza suvlari ifloslanishi ustidan gidrometeorologik kuzatishlar olib borish xizmatini tashkil etish va uning faoliyatiga rahbarlik qilish.
30-bob. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining funksiyalari
174. Turizm xizmatlarini tashkil etishda, turistik obyektlarda, turistlar vaqtincha joylashtiriladigan, ovqatlanadigan va harakatlanadigan joylarda, respublika hududi bo‘ylab harakatlanishda va turizm obyektlariga tashriflarni uyushtirishda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan noxush holat (favqulodda vaziyat)larning oldini olish tadbirlarini muvofiqlashtirish va nazoratini amalga oshirish.
175. Turizm obyektlari va yo‘nalishlari, shuningdek, sohada ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlar va prognoz ma’lumotlarni FVVga taqdim etib borish.
|
| |