|
12-Amaliy mashg’ulot Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini faoliyatini o’rganish
|
bet | 18/26 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 63,2 Kb. | | #142144 |
Bog'liq 12-Amaliy26-bob. O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining funksiyalari
154. Kimyoviy, portlovchi hamda boshqa yuqori darajada xavfli obyektlarning holatini nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish, ularda avariyalar va halokatlar yuzaga kelishi ehtimolini prognoz qilish.
155. Texnogen avariyalar va halokatlarning oldini olish, radioizotop priborlarini saqlash hamda ulardan foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish.
156. FVV, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini sanoat obyektlarida yuzaga kelgan avariyalar va halokatlar, ularning ko‘lamlari, rivojlanishi, yetkazishi mumkin bo‘lgan zarari hamda favqulodda vaziyatlarni tugatish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
157. Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismlari bo‘linmalarining kon qazish ishlaridagi nafas olish organlarini muhofaza qilish vositalarini qo‘llashni hamda maxsus jihozlarni talab etuvchi gaz portlashlari, otilib chiqishlar va to‘lib qolishlar bilan bog‘liq avariyalarni tugatishda qatnashishini ta’minlash.
158. FVDT funksional quyi tizimining kon-ruda, kimyo, neft va gazni qayta ishlash hamda qayta ishlash sanoatida va “Toshmetroqurilish” obyektlarini qurishda yer osti o‘tish ishlarini bajarishda ishlarning holati hamda xavfsiz olib borilishini nazorat qilish xizmatini tashkil etish va uning faoliyatiga rahbarlik qilish.
27-bob. O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining funksiyalari
159. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar hamda intensiv sanoat va qishloq xo‘jaligi faoliyati obyektlari joylashgan mintaqalarda ekologik vaziyat ustidan davlat nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish, uni yaxshilash tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish.
160. Sanoat chiqindilari to‘plagichlari, chiqindi omborlari, zaharli moddalar ko‘miladigan joylar va boshqalarning joylashtirilishi hamda ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
161. Suvdan foydalaniladigan joylarda ochiq suv havzalaridagi suvning ifloslanishi, sanoat, baliqchilik xo‘jaliklari va boshqa tarmoqlarning chiqaradigan oqovalar, shuningdek, zararli moddalarning atrof tabiiy muhitga tashlamalari hamda chiqindilarning joylashtirilishi ustidan monitoring olib borish.
162. Favqulodda vaziyatlar zonasida ochiq suv havzalaridagi suvning ifloslanishi, sanoat obyektlari hamda boshqa obyektlar tomonidan zararli moddalarning atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi va chiqindilarning joylashtirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish.
163. FVVni, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini ekologik vaziyat, atrof tabiiy muhitga zaharli moddalarning tashlanishi va chiqarib yuborilishi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
164. FVDT funksional quyi tizimining Atrof tabiiy muhit muhofazasi hamda ekologik xavfsizligi bo‘yicha nazorat-inspeksiya xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
12-Amaliy mashg’ulot Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini faoliyatini o’rganish
|