-bob. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatining funksiyalari




Download 63,2 Kb.
bet15/26
Sana20.01.2024
Hajmi63,2 Kb.
#142144
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
12-Amaliy

21-bob. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatining funksiyalari
113. Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan joylarda va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solishni ta’minlash.
114. Shaharsozlik, loyihalash va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirishda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini tashkil etish.
115. Shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertiza qilishni, shuningdek, xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar, texnik jihatdan murakkab va noyob obyektlarning loyiha hujjatlari favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan maxsus vakolatli davlat organi tomonidan davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlash.
116. Shaharsozlik vositalari orqali O‘zbekiston Respublikasi, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilish choralarini ko‘rish.
117. Favqulodda vaziyatlar natijasida obyektlarga hamda fuqarolarning turar joylariga yetkazilgan zararni hamda qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy resurslarga ehtiyojlarni hisob-kitob qilishda ishtirok etish.
118. Favqulodda vaziyatlar oqibatida binolar va inshootlarga yetkazilgan zararni baholash, shuningdek, ularning mustahkamlik holatini tekshirish tadbirlarini amalga oshirish.
119. Uy-joy kommunal xo‘jaligi faoliyatining barqarorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
120. Favqulodda vaziyatlarda shikastlangan ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini tiklash, shuningdek, ularning favqulodda vaziyatlar sharoitlarida barqaror ishlashini ta’minlash.
121. Favqulodda vaziyatlar oqibatida shikastlangan uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarini tiklash va ularning to‘laqonli faoliyatini ta’minlash, jabrlangan aholini belgilangan me’yorlar miqdorida ichimlik suvi bilan ta’minlash.
122. FVDT funksional quyi tizimining:
Shaharlar, aholi punktlari va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhandislikka doir muhofaza qilish xizmatini;
Ichimlik suvi ta’minoti xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.

Download 63,2 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Download 63,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatining funksiyalari

Download 63,2 Kb.