|
-bob. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining funksiyalari
|
bet | 11/26 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 63,2 Kb. | | #142144 |
Bog'liq 12-Amaliy12-bob. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining funksiyalari
66. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlashda ishtirok etish.
67. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarni “Hayot faoliyati xavfsizligi” mavzulari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish.
68. Ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya jarayonlarida hayot xavfsizligi asoslarini o‘rgatishni tashkil etish choralarini ko‘rish.
69. O‘quv va ilmiy-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashr etish.
13-bob. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining funksiyalari
70. FVDT tarkibiga kiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining asoslangan takliflariga muvofiq tanlovlar asosida FVDT faoliyatidagi mavjud muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish.
71. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan samarali muhofaza qilish uchun ilmiy va loyiha-konstruktorlik tashkilotlarining ilmiy-texnik salohiyatidan foydalangan holda FVDTning innovatsion faolligini oshirishga ko‘maklashish.
14-bob. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining funksiyalari
72. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya jarayonida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishni tashkil etish choralarini ko‘rish.
73. Tizim tashkilotlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
15-bob. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining funksiyalari
74. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotning tezkorlik bilan olinishi, qayta ishlanishi va taqdim etilishini ta’minlash.
75. Favqulodda vaziyat zonasidagi aholini va evakuatsiya qilingan aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda oziq-ovqat bilan ta’minlashni tashkil etish.
76. Tarmoq tarkibiga kiruvchi obyektlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish hamda amalga oshirish.
77. FVVni, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari hamda aholini oziq-ovqat xavfsizligi, idoraviy mansub obyektlardagi avariyalar hamda halokatlar, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda aholining harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
78. Favqulodda vaziyatlar zonasidagi qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini himoya qilish, o‘simliklar orasida yuqumli kasalliklar (epifitotiyalar) tarqalishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-bob. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining funksiyalari
|