-bob. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining funksiyalari




Download 63,2 Kb.
bet13/26
Sana20.01.2024
Hajmi63,2 Kb.
#142144
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
12-Amaliy

18-bob. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining funksiyalari
88. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holati ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash.
89. Suv omborlari, daryolar va kanallarning gidrologik rejimi, toshqinlar, halokatli suv bosishlar, gidrotexnika inshootlari holatiga tabiiy va texnogen ta’sirlar monitoringini tashkil etish va olib borish.
90. Suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidrotexnika inshootlaridan foydalanish xavfsizligini, ularda avariyalar va halokatlarning yuzaga kelishi xavfi ehtimolini prognoz qilish.
91. Suv xo‘jaligi obyektlarining ish rejimini o‘zgartirish yoki keyinchalik ulardan foydalanish zaruratini belgilash, suv omborlaridan suvni avariyaning oldini olish maqsadida chiqarib yuborish.
92. FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari bilan birgalikda suv bosishi, toshqinlar, sellarning oldini olish va ularning halokatli oqibatlarini kamaytirish hamda toshqin suvlari va sellarning avariyasiz o‘tkazilishini ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar kompleksini tashkil etish, ishlab chiqish va amalga oshirish.
93. Xavf-xatar darajasi yuqori suv xo‘jaligi obyektlarida signalizatsiya va xabar berishning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish.
94. Aholini hamda tegishli tashkilotlarni suv omborlarida va boshqa gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berganligi haqida xabardor qilish.
95. Favqulodda vaziyatlar zonalaridagi gidrotexnika inshootlarini, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini tiklashni, toshqin suvlarining xavfsiz o‘tkazib yuborilishini ta’minlash.
96. FVDT funksional quyi tizimining:
Suv xo‘jaligi xizmatini;
I, II va III sinfga mansub xavf darajasi yuqori bo‘lgan, shuningdek, respublika va mintaqa suv xo‘jaligi hamda energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi holatini nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.

Download 63,2 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Download 63,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining funksiyalari

Download 63,2 Kb.