|
-bob. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining funksiyalari
|
bet | 9/26 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 63,2 Kb. | | #142144 |
Bog'liq 12-Amaliy7-bob. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining funksiyalari
41. Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida moddiy resurslar zaxirasini yaratish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash.
42. FVV bilan birgalikda zaxira jamg‘armasidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun ajratilgan mablag‘larning hisobi yuritilishini tashkil etish hamda ulardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
43. Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari asosida xorijiy davlatlar hududida ro‘y bergan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish hamda ularni va halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish tadbirlarini, mutaxassislarning xorijiy davlatga voqea joyiga yetib borishini va O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelishini moliyalashtirish.
44. FVV bilan birgalikda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi obyektlarini qurish yuzasidan o‘rta va uzoq muddatli strategiyalar va dasturlarni ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash.
8-bob. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining funksiyalari
45. Aholi va atrof tabiiy muhit uchun radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik), yong‘in xavfini tug‘diradigan tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi va uning hududidan olib chiqib ketilishini nazorat qilish va hisobini yuritish.
46. FVDT funksional quyi tizimining Yong‘in chiqishi, portlovchi-radiatsiyaviy xavfli yuklar (tovarlar), zaharli va kimyoviy moddalar, shuningdek, kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalar olib kirilishi va olib chiqilishi ustidan kuzatish hamda nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
9-bob. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining funksiyalari
47. Favqulodda vaziyat ro‘y bergan joylar hamda favqulodda vaziyat ta’siriga tushuvchi hududlar relyefining kompyuter modullarini ishlab chiqish.
48. FVVni hamda favqulodda vaziyatni bartaraf etishga rahbarlik qiluvchi shaxsni favqulodda vaziyat ro‘y bergan hudud to‘g‘risidagi geodezik va kartografik axborot, shuningdek, yer-kadastr xaritalari bilan ta’minlash.
|
| |