|
-bob. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining funksiyalari
|
bet | 17/26 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 63,2 Kb. | | #142144 |
Bog'liq 12-Amaliy23-bob. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining funksiyalari
136. FVDTning barcha rejimlarida respublika va mahalliy darajalardagi kommunikatsiyalar va markazlashtirilgan xabar berish tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
137. Aholini favqulodda vaziyat ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratishga ko‘maklashish.
138. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir ishlarga rahbarlikni amalga oshiruvchi FVDT boshqaruv organlarini umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlari bilan ustun darajada ta’minlash.
139. Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash va FVDT boshqaruv organlariga uzatishni texnik ta’minlash.
140. Xabar berish, aloqa va axborot bilan ta’minlashning statsionar vositalariga foydalanish-texnik xizmat ko‘rsatishni shartnomaviy shartlarda amalga oshirish.
141. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni amalga oshirish chog‘ida kommunikatsiyani va axborot almashishni ta’minlash.
142. Aholiga favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berganligi haqida o‘z vaqtida xabar berish uchun mobil aloqa operatorlari orqali axborot (ma’lumot) yetkazilishini tashkil etish.
143. FVDTning funksional quyi tizimining Aloqa va xabar berish xizmatini tashkil etish va uning faoliyatiga rahbarlik qilish.
24-bob. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining funksiyasi
144. Keng ko‘lamli favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki ro‘y berganda ularni bartaraf etish bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilish uchun FVV so‘roviga asosan hududlarning kosmik suratlarini Agentlikka davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida bepul taqdim etish.
25-bob. O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining funksiyalari
145. Xavfli tabiiy geologik jarayonlar (ko‘chish, qulash, suffoziol, karst)ning rivojlanish mintaqalari (zonalari)ni aniqlash, ularning faollashishini o‘rganish va ogohlantirish, tog‘ yonbag‘irlarining tabiiy barqarorligini saqlash bo‘yicha ko‘chkiga qarshi va boshqa oldini oluvchi tadbirlar birinchi navbatda o‘tkaziladigan zonalarni belgilash.
146. Aholi punktlarida, tog‘li va tog‘oldi mintaqalarda sog‘lomlashtirish obyektlari va boshqa jamoat obyektlari joylashgan hududlarda xavfli geologik jarayonlar monitoringini tashkil etish va olib borish (iqtisodiyot obyektlari, shu jumladan, liniyali inshootlar (yo‘llar, kanallar, elektr uzatish liniyalari, quvurlar va shu kabilar), kon-ruda korxonalari xo‘jalik faoliyati hududi bundan mustasno).
147. FVVni, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini xavfli geologik jarayonlarning rivojlanishi ehtimollari to‘g‘risidagi geologik axborot bilan ta’minlash, ko‘chki xavfi bo‘lgan mintaqalardagi hududlardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish.
148. Yer osti suvlarining radioaktiv, kimyoviy va boshqa zaharli moddalar bilan ifloslanishini kuzatish va nazorat qilib borish.
149. Transchegaraviy hududlarda radioaktiv va zaharli elementlar bilan ifloslanish o‘choqlarini aniqlash va o‘rganishni amalga oshirish.
150. O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda xavfli zonalarda joylashgan aholini vaqtincha evakuatsiya qilish yoki bosqichma-bosqich xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko‘chirish shart bo‘lgan xo‘jaliklar ro‘yxatini belgilash hamda FVVga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish.
151. Yangidan qurilayotgan aholi punktlari va obyektlar uchun yer ajratishni tegishli tartibda kelishish.
152. Xavfli geologik jarayonlar bo‘yicha ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirish va ularning ta’siridan ko‘rilgan zararlarni fizik baholash.
153. FVDT funksional quyi tizimining Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
|
| |