|
-bob. “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining funksiyalari
|
bet | 21/26 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 63,2 Kb. | | #142144 |
Bog'liq 12-Amaliy34-bob. “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining funksiyalari
188. Jamiyat tizimidagi gidroelektrostansiyalar, gidrotexnik va boshqa gidroenergetika obyektlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, ularda avariyalar hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
189. Jamiyat tizimidagi gidrotexnik inshootlarda va ularga yondosh hududlarda lokal darajadagi aholini favqulodda vaziyat ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish.
190. Favqulodda vaziyatlar sharoitida gidrotexnik inshootlardan xavfsiz va samarali foydalanishni ta’minlash, gidroenergetika obyektlarini markazlashtirilgan tarzda texnologik boshqarishni amalga oshirish.
191. FVDT boshqaruv organlarini gidroelektrostansiyalar, gidrotexnik va boshqa gidroenergetika obyektlarida yuzaga kelgan avariyalar va halokatlar, ularning oqibatlari, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
35-bob. “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining funksiyalari
192. Tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli xos xususiyatlari bilan izohlanadigan avariyalar hamda halokatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
193. Kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalarning yuzaga kelishi ehtimoli va oqibatlarini prognoz qilishni, favqulodda vaziyatlar sharoitida ularning barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.
194. Kimyoviy xavfli obyektlar va ularga yondosh hududlardagi aholini lokal darajadagi favqulodda vaziyat ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish.
195. Kimyoviy xavfli obyektlardan kimyoviy zararlanishi ehtimoli bo‘lgan zonalarni aniqlash.
196. FVDT boshqaruv organlari va aholini avariyalar va halokatlar, ularning oqibatlari, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda aholining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishi tartibi to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
197. Idoraviy ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarining tarmoq obyektlaridagi favqulodda vaziyatlar sharoitida qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishda qatnashishini ta’minlash.
198. FVDT funksional quyi tizimining Tarmoq obyektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmatini tashkil etish va uning faoliyatiga rahbarlik qilish.
|
| |