|
-bob. “O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining funksiyalari
|
bet | 22/26 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 63,2 Kb. | | #142144 |
Bog'liq 12-Amaliy36-bob. “O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining funksiyalari
199. Qurilish va qurilish-montaj tashkilotlari negizida ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tashkil etish hamda ularning favqulodda vaziyatlar zonalarida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarishda qatnashishini ta’minlash.
200. Favqulodda vaziyatlar zonalariga qurilish materiallari yetkazib berilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
37-bob. Sug‘urta tashkilotlarining funksiyasi
201. Suv toshqini, ko‘chkilar, sel xavfi mavjud bo‘lgan va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda yashaydigan fuqarolarni, ushbu hududlardagi binolar va inshootlarni, qishloq xo‘jaligi ekinlari va hayvonlarini hamda boshqa mol-mulkini sug‘urtalashni ta’minlash.
38-bob. O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining funksiyalari
202. FVV, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, FVDTning boshqa funksional quyi tizimlari bilan birgalikda aholini favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha tayyorlash.
203. FVDTning funksional va hududiy quyi tizimlarida sanitariya drujinalarini tuzish, ularni jihozlash va yuklangan vazifalarni bajarishga tayyorlash, tayyorgarlik holatini nazorat qilishda ko‘maklashish.
204. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida sanitariya postlarini tuzish va o‘qitishni tashkil etish.
205. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, birinchi navbatda, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlarini, kursantlar, haydovchilar va yo‘l-transport xizmatlari xodimlarini birinchi yordam ko‘rsatish amaliyotiga shartnoma asosida o‘qitishni tashkil etish.
206. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aholini birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, o‘ziga o‘zi va o‘zaro yordam berish hamda zarar ko‘rganlarga g‘amxo‘rlik qilishga o‘qitish bo‘yicha maxsus teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish.
207. O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining otryadlari va boshqa ko‘ngillilar bo‘linmalarini tashkil etish, o‘qitish, jihozlash hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish.
208. Favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining eng zarur tovarlar omborlari va zaxiralari tizimini tashkil etish.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-son qaroriga
3-ILOVA
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining hududiy quyi tizimi doirasidagi aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha
FUNKSIYALARI
1. Tegishli hududda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga rahbarlik qilish.
2. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qarorlar qabul qilish.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda — FVDT) hududiy quyi tizimlarini tashkil etish, faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
4. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholini, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni, shuningdek, tizimidagi tashkilotlarning rahbarlari, ishchi va xizmatchilarini tayyorlash tadbirlarini tashkil etish va nazorat qilish.
5. Favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqishni tashkil etish hamda tegishli hudud bo‘yicha rejani tasdiqlash.
6. Aholini va hududlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi axborotni to‘plash hamda almashish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berganligi haqida aholiga o‘z vaqtida xabar berish va axborot uzatish.
7. Xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlar monitoringini yuritish.
8. FVDT xizmatlarining umumiy va maxsus vazifalari hududiy tuzilmalarini, yig‘ma mexanizatsiyalashgan otryadlarni, yig‘ma qutqaruv komandalarini, avtosanitariya otryadlarini tashkil etish va boshqarishga rahbarlik qilish.
9. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuchlarning shayligi ustidan nazoratni amalga oshirish.
10. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga doir tadbirlarni moliyalashtirish.
11. Tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda ishlash barqarorligini oshirishga ko‘maklashish.
12. Aholini xabardor qilish va aholiga axborot uzatishning maxsus texnik vositalarini o‘rnatish uchun joylar, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida efir vaqti ajratilishini tashkil etish va nazorat qilish.
13. Mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda, FVDTning hududiy quyi tizimi uchun yuqori tayyorgarlik rejimini yoki favqulodda vaziyat rejimini joriy etish haqida, shuningdek, aholini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
14. Qutqaruv ishlarini va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarni tashkil etish hamda amalga oshirish, shuningdek, bunday ishlar o‘tkazilishi davomida jamoat tartibi saqlanishini tashkil etishga ko‘maklashish.
15. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish hamda aholini muhofaza qilish uchun barcha hududiy kuchlar va vositalarni jalb etish.
16. Favqulodda vaziyat zonasida qutqaruv ishlarini va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarni amalga oshirish uchun avariya-qutqaruv kuchlarining (shu jumladan, tezkor harakat bo‘linmalarining) va maxsus tuzilmalarning doimiy shayligini tashkil etish.
17. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga volontyorlarni jalb etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.
18. Favqulodda vaziyat zonalaridagi zarar ko‘rgan aholi hamda ular joylashtirilgan tumanlarda evakuatsiya qilingan aholini ta’minlash uchun tegishli hududning mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat va eng zarur tovarlar yetkazib berilishini tashkil etish.
19. Favqulodda vaziyatlar zonalaridagi obyektlar va aholini elektr energiyasi, gaz, yoqilg‘i va ichimlik suv bilan uzluksiz ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
20. Aholi punktlari va iqtisodiyot obyektlari faoliyatini tiklash ishlarini tashkil etish.
21. Favqulodda vaziyatlar oqibatida zarar ko‘rgan aholi hayot faoliyatini tiklash, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha choralar ko‘rish.
22. Quyidagi FVDT hududiy quyi tizimlari faoliyatiga rahbarlik qilish:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat FVDT xizmatlari va tuzilmalari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, tuman (shahar)lar hamda iqtisodiyot obyektlarining umumiy va maxsus vazifalar yuklangan hududiy tuzilmalari.
23. Mahalliy sharoitlarga, favqulodda vaziyatlarning xususiyatiga va viloyatlar (shaharlar va tumanlar)ning moddiy-texnik bazasiga qarab fuqaro muhofazasi boshlig‘i o‘z vakolatlari doirasida FVDTning tegishli hudud va obyektlar bo‘yicha quyidagi xizmatlarini tashkil etishi hamda vazifalarini belgilashi mumkin:
|
| |