12-Laboratoriya ishi Mavzu: Oxor tayyorlash




Download 213,79 Kb.
bet7/8
Sana23.01.2024
Hajmi213,79 Kb.
#143731
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
All Document Reader 1705912835438

Ohorlash moddalari
Ohorlash moddalari kerakli xususiyatlar bilan birga ba'zi qo‘shimcha
xususiyatlarga ham ega bo‘lishi kerak. Ohorning plyonka hosil qilish xususiyati
hisobiga ipning tashqi yuzasi yupqa plyonka bilan qoplanib, uning silliq bo‘lishini ta'minlaydi. Ipni qoplagan plyonka nafaqat ipdan chiqib turgan tolalarni ip o‘zagiga
jipslashtiradi, balki, ipning to‘quvchilik jarayonidagi ko‘p sonli ishqalanishlarga
chidamliligini va to‘kilib ketmasligini ta'minlaydi. Yupqa plyonka yetarlicha
egiluvchan bo‘lishligi talab etilib, u ip dastgoh anjomlaridan o‘tishida (lamel, gula,
tig‘) va xomuza hosil qilish jarayonidagi deformatsiyalarga chidamli bo‘lishi kerak.
Tanda iplarini sifatli ohorlash, ip uzilishlarini kamaytirish va to‘quvchilik jarayonining samarali kechishi uchun ohorlash moddalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1.Tarkibida yopishqoq moddalar bo‘lishi lozim, ma’lum miqdorda quyuq
bo‘lishi va qurigandan keyin ipning sirtida plyonka hosil qiluvchi xossaga ega bo‘lishi kerak.
2.Ipni silliq qilish uchun bir me'yorda ohorlash lozim.
3.Tayyor ohor rangsiz, tiniq modda bo‘lishi kerak.
4.To‘quv dastgohida tanda iplaridan ohor uqalanib tushib ketmasligi kerak. 5.Ohor to‘qimadan tez va yengil tozalanishi lozim.


6. Ohorga ishlatiladigan xomashyolar arzon bo‘lishi va tanqis bo‘lmasligi kerak.
7.Ohor bilan ip kimyoviy reaksiyaga kirishmasligi lozim.
Ohorlash moddalarini tanlashda quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: - Tola turi (paxta, viskoza, neylon, jun, polister va x.k.).
- Ip turi (halqali, rotor, ishqalanishli, pnevmatik va x.k.).
- To‘quv dastgohining turi va tezligi (mokili, mitti mokili, rapirali, pnevmatik, gidravlik va x.k.).
- To‘qima turi (o‘rilishi, ipning chiziqli zichligi, taxtlash omillari).
- ipning tukdorlik darajasi.
- ohor tayyorlashda foydalaniladigan suv (qayta ishlangan yoki toza).
- talab etilgan ohorlash miqdori.
- ipning ohor tog‘orasida bo‘lish vaqti.
- ohorni to‘qimadan yuvib tashlash rejimi.
- ohor tog‘orasining soni.
- ekologik talablar.
Ohor tayyorlashda quyidagi moddalar ishlatiladi: yelimlovchi moddalar, parchalovchilar, yumshatgichlar, antistatiklar, gigroskopik moddalar,
mog‘orlatmovchilar (antiseptiklar), erituvchi moddalar, ko‘pik yo‘qotuvchi moddalar.

Download 213,79 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 213,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-Laboratoriya ishi Mavzu: Oxor tayyorlash

Download 213,79 Kb.