|
12-Laboratoriya ishi Mavzu: Oxor tayyorlash
|
bet | 3/8 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 213,79 Kb. | | #143731 |
Bog'liq All Document Reader 1705912835438Pyu=(Gk-Go)100/ Go %,
bu yerda:Gk ‒tanda iplarining ohorlanishdan keyingi og‘irligi, kg;
Go‒tanda iplarining ohorlashgacha bo‘lgan og‘irligi, kg;
2. Haqiqiy ohorlanish miqdorini aniqlashda tanda iplarining ohorlashgacha va ohorlashdan keyingi namligi hisobga olinadi va u quyidagicha topiladi:
Pxaq=Pyu-(Wk-Wo)%,
bu yerda:Pyu‒yuzaki ohor miqdori, %;
Wk‒tanda iplarining ohorlashdan keyingi namligi, %; Wo‒tanda iplarining ohorlashdan oldingi namligi, %.
Yangi assortiment ishlab chiqarishda ohor miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:
P = a·Kp·Kz·Kb·Kr·Kt%,
bu yerda:a ‒etalon to‘qima uchun qabul qilingan ohorlanish miqdori; Kp‒to‘qima yuzasini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
Kz‒10 sm to‘qimaga to‘g‘ri keladigan xomuzalar sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
Kb‒tig‘dan o‘tgan iplar zichligini hisobga oluvchi koeffitsiyent; Kr‒gulalar zichligini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
Kt‒to‘qimani xususiyatlarini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Paxta tolali iplar uchun ohor miqdori 5‒12%, jun iplar uchun 6‒11%, viskoza iplar uchun 2‒3%, kanop iplar 4‒10% ni tashkil etadi.
Ohorlanish miqdori ohor konsentratsiyasiga, uning qovushqoqligiga, siqish darajasiga, ipning ohorda bo‘lish vaqtiga, uning turiga, naviga, chiziqli zichligi va
eshilganligiga, to‘qimaning tanda va arqoq bo‘yicha zichligiga, o‘rilish turiga bog‘liq.
|
| |