• Erituvchida eritilgan ohor bilan ohorlash
  • Qizdirib eritilgan ohor bilan ohorlash




    Download 213,79 Kb.
    bet5/8
    Sana23.01.2024
    Hajmi213,79 Kb.
    #143731
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    All Document Reader 1705912835438

    Qizdirib eritilgan ohor bilan ohorlash
    AQShda «Purlington» firmasi tomonidan iplarni qizdirib eritilgan ohor eritmasi bilan ohorlash usuli yaratilgan va unga patent berilgan «Vest Point» firmasi
    bu usulda ohorlash uchun uskuna yaratdi. Tandalash mashinasida 550‒600 M/min tezlikda harakat qilayotgan iplar qizdirib eritilgan ohor etritmasi bilan qoplanadi. Qizdirib eritilgan ohor bilan ohorlash moslamasi 2000C gacha qizdirilgan
    tarnovsimon quvurdan iborat. U tandalash romi va o‘lchovchi val orasida joylashgan bo‘ladi.
    Tarnovsimon val iplarining harakati tomonga 10 min-1 tezlikda aylanadi. Har bir ip valning alohida ariqchasida joylashadi va shu yerda unga qizdirib eritilgan ohor beriladi.
    Qizdirilgan qaynoq ohor eritmasi bilan ohorlash uchun tanda iplarining
    zichligi va chiziqli zichligiga qarab ariqchalarining eni va chuqurligi har xil bo‘lgan vallar kerak bo‘ladi.
    Qaynoq eritma tanda iplari tarnovsimon valdan chiqishda tezda qotadi, shuning uchun iplarni quritishga ehtiyoj qolmaydi.
    Qaynoq eritmada ohorlash quyidagi afzalliklarga ega: - jarayonni tandalash mashinasida o‘tkazish mumkin;
    - ohorlash jarayoni bartaraf etilganligi oqibatida issiqlik va elektr
    energiyaning sarfi 80%ga kamayadi;
    - pishitilmagan yakka xom iplardan to‘qima ishlab chiqarish imkoniyati
    ortadi;
    - pardozlash jarayonida ohorni yuvib tashlash erituvchi moddalardan
    foydalanmagan holda mavjud texnologiya asosida amalga oshiriladi.
    Erituvchida eritilgan ohor bilan ohorlash
    Buyuk Britaniyaning «Platt» firmasi tomonidan erituvchi moddada ohorni
    eritib ohorlash texnologiyasi va uni amalga oshirish uchun “Vaporumaster”
    mashinasi yaratilgan. Mashina trixloretilen bilan ishlashga mo‘ljallangan, lekin perxloretelen ham ishlatish mumkin. Mashina erituvchi moddani bug‘lantirish va


    regeneratsiya qilish uchun alohida tizim va zanglamaydigan moddalardan tayyorlangan yopiq turdagi ohorlash tog‘orasi bilan jihozlangan. Ohor tanda ipiga sovuq holda beriladi, ortiqchasi siqib tashlanadi va tanda iplari dastlabki quritish zonasiga jo‘natiladi. Bu yerda aylanayotgan chiviqlar narxlar bo‘lib, ular iplarni bir-biridan ajratadi. Iplar bug‘ yordamida quritiladi. Bu yerda erituvchining asosiy qismi bug‘lantiradi. So‘ngra tanda iplari quritish barabaniga o‘tadi va quritish jarayoni yakunlanadi. Erituvchini regeneratsiya qilish uchun maxsus moslama o‘rnatilgan. Bu yerda bug‘langan erituvchi suyuq holga keltiriladi va saqlash uchun alohida sig‘imga o‘tkaziladi. Quritilgan tanda iplari nax maydoni, yo‘naltiruvchi vallardan o‘tib, to‘quv g‘altagiga o‘raladi. Ohorlash mashinasida Fexmaster o‘rovchi moslamasi o‘rnatilgan. U iplarni 300 m/min. tezligida o‘rash imkoniyatini beradi. Ohor xona haroratida tayyorlanadi.
    Erituvchi yordamida ohorlash quyidagi afzalliklarga ega:
    - dastlabki quritish zonasi mavjudligi uchun ohor quritish barabanlarning yuzasiga o‘tmaydi;
    - tolalarning namlanish yaxshilanganligi va eritma yumshoq bo‘lganligi sababli ohor ipning yuzasida bir tekis taqsimlanadi;
    - tandani quritishga sarflanadigan energiya kamayadi. (suv eritmasida ohorlangan iplarni quritish uchun umumiy energiyaning 90% sarflanadi).
    - suv eritmasida ohorlanganga ohorlanish miqdori nisbatan kamroq bo‘ladi; - ohorning 80 %ga yaqini qaytadan ishlatiladi;
    - bu usulda ohorlanganda erituvchi modda alohida moslamada aylanib yuradi: Erituvchi yordamida ohorlanishning kamchiligi‒bu usulda ishlov berilgan iplarning pishiqligi birmuncha kamayishidir.
    Erituvchi qo‘llanilganda pardozlash jarayonida ohorni yuvib tashlash osonlashadi.

    Download 213,79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 213,79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qizdirib eritilgan ohor bilan ohorlash

    Download 213,79 Kb.